45
7-mavzu.Tutdoshlar (Moraceae) va Gazandadoshlar (Urticaceae) oilasi
Tutdoshlar
(Moraceae)
oilasi 60 ga yaqin avlodni va 1550 ta turi o‘z ichiga oladi.
Oila vakillari daraxt, buta o‘simliklari bo‘lib, sut shirasiga boy bo‘ladi. O‘tsimon
turlarida sut shirasi bo‘lmasligi mumkin. Barglari oddiy, butun, qirrali, o‘yilgan
yoki qirqilgan, yon bargchali poyaga navbatlashib joylashgan. To‘pgullari barg
qo‘ltigida o‘rnashgan. Gullari ayrim jinsli, bir yoki ikki uyli. Gulqo‘rg‘oni oddiy
yashil rangda, gulkosasimon 4 ta bargchali. Changchilar soni gulkosachabarglar
soniga teng. Mevasi to‘pmeva.
Dostları ilə paylaş: