S. X. Babadjanova, X. M. Bobojonova Dorivor o‘simliklar florasi va sistematikasi



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/115
tarix28.11.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#169447
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115
1 Dorivor o\'simliklar florasi va sistematikasi oquv qollanma 2

Omonqora- Glaucium elegans.
Dorivorlik xususiyati
: Bu oilaning amaliy jihatdan eng muhim o‘simligi afyun 
olish va moyli urug‘i ekiladigan ko‘knoridir. Afyun va uning tarkibidagi 25 ga 
yaqin har xil alkaloid (papaverin, morfin, kodein, pantopon va boshqalar) 
tibbiyotda narkotik uxlatuvchi va og‘riqni bosadigan dori vositasi sifatida 
ishlatiladi. 
Shotaradoshlar (Fumariaceae ) Bu oila morfologik belgilari jihatidan 
ko‘knordoshlarga juda yaqin. Lekin changchisining 6 ta bo‘lishi bilan farq qiladi. 
Bu oilaga 17 ta turkumga mansub, 470 ta tur kiradi. Barglari asosan ildiz 
bo‘g‘izida joylashadi. Gullari shingilsimon to’pgulda joylashgan, ikki jinsli, 
zigomorf, kosachabargi 2 ta, gultojbargi 4 ta, changchisi 6 ta, urug‘chisi 2 ta 
mevachi bargdan iborat. Mevasi ko‘sakcha. Ular O’rta Osiyo sharoitida baland 
tog‘larda namli yerlarda, eriyotgan qor atroflarida o‘sadi. Oilaning Seversov 
burmaqorasi (Corydalis severzowii) va Turkiston shotarachasi (Fumari 
turkestanica) nomli turlari O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob» iga kiritilgan 
 
 


43 
Sistematikasi 
Bo‘lim. Magnoliyatoifa (gulli, yopiq urug‘li) o‘simliklar (Magnoliophyta yoki 
Angyospermae) - Магнолиевые или Цветковые, или Покрытосеменные 
Ajdod (sinf). Magnoliyasimonlar (ikki urug‘pallalilar) (Magnoliopsida yoki 
Dicotyledones) 
-
Магнолиевые или Двудольные 
Ajdodcha (sinfchA.. Ayiqtovonkabilar (Ranunculidae)
-
Лютиковые 
Qabila. Ko‘knornamolar (Papaverales) 

Маковые 
Oila. Shotaradoshlar (Fumariaceae DC.) 
-
Дымянковые 
Oila. 
Shotaradoshlar (Fumariaceae DC.) 
-
Дымянковые 
Turkum. Burmaqora (Corydalis Vent.) — Хохлатка
. Shimoliy yarim sharning 
mo‘tadil zonasida tarqalgan 320 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. O‘zining biologik 
xususiyatlari va madaniy tarixiga bo‘lgan o‘simliklar kiradi. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin