Zaxiradagi kunda turli treninglarda ishtirok etishi zarur •
Tayyor zaxira uchun, odatda, yetishmayotgan kasbiy
bilimlarni olish va yangi ko‘nikmalarni egallashga qaratilgan
individual ta’lim rejalari tuziladi, istiqbolli zaxira uchun
mahoratni oshirish, yetakchilik fazilatlari va ijodiy qobiliyatlarni
rivojlantirishga qaratilgan rejalar tuziladi.
•
Zaxiradagi shaxslarni albatta o‘qitish, belgilangan
tartibda ta’lim berish kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini
oshirish uchun maxsus muassasalarda amalga oshirilishi kerak.
Talabalar uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish savollari 1. «Kadrlar siyosati» tushunchasini ifodalang va uning
mohiyatini qanday tushunishingizni aytib bering?
54
2. «Kadrlar siyosati» tushunchasining maqsadi va zamonaviy
ma’nosi nimadan iborat?
3. Kadrlar siyosatining ta’sir darajasi korxonaning rahbariyati
tomonidan nazorat turlariga ko‘ra qanday tasniflanadi?
4. Har bir turdagi kadrlar siyosatining xususiyatlarini
tavsiflab bering.
5. Kadrlar siyosatining asosiy yo‘nalishlarini aytib bering.
6. Samarali kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun tashkilot
yuqori rahbarlarining vazifalari nimalardan iborat?
7. Kadrlar siyosatini shakllantirish uchun korxonaning qaysi
xizmati tahliliy axborotni rahbarga tayyorlab beradi?
8. Kadrlar siyosatini shakllantirishga qanday omillar ta’sir
qiladi?
9. Kadrlar strategiyasi nima?
10. Kadrlar siyosatining vazifalarini belgilab beruvchi kadrlar
strategiyasida birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratilishi
zarur?
55
II BOB. KORXONADA KADRLAR SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH BOSQICHLARI VA YO‘LLARI