49
6.2. Tanlov komissiyasi zaxiradagi nomzodga taqdim etilgan
materiallarni ko‘rib chiqadi, tahlil qiladi va zaxira tarkibiga
nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi.
6.3. Tanlov
komissiyasi
nomzodlarni
zaxiraga kiritish
to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga amal qiladi:
egallagan lavozimda ishning ijobiy natijalari;
ta’lim, malaka, boshqaruv tayyorgarlikning tegishli darajasi;
nomzodning kasbiy, ishchanlik,
shaxsiy fazilatlari, uning
kelgusi rahbarlik ishiga potensial imkoniyatlar va qobiliyatlari;
nomzod bilan bevosita ishlovchi shaxslarning fikri;
attestatsiya komissiyasining ijobiy natijalari va tavsiyalari;
muayyan yosh va sog‘liq holati;
zaxira tarkibiga kirish shaxsiy istagi.
6.4. Suhbatdan so‘ng tanlov komissiyasi xodimlarning
ularning hozirgi lavozimda namoyon etayotgan kasbiy, ishchanlik,
shaxsiy va hokazo fazilatlarini baholaydi va qaror qabul qilishga
o‘tadi.
6.5. Zaxira tarkibiga nomzod har tomonlama o‘rganilgach,
tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
zaxiraga qabul qilish uchun tavsiya etiladi (iloji boricha
muayyan rahbarlik lavozimi ko‘rsatilgan holda);
zaxiraning maxsus guruhiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi;
zaxiraga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan
lavozim talablariga
javob bermaydi.
6.6. Tanlov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yo‘li
bilan qabul qilinadi. Agar yig‘ilishda qatnashayotgan komissiya
a’zolarining kamida yarmi unga ovoz bergan bo‘lsa, qaror qabul
qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda rais ovoz
bergan qaror qabul qilingan deb hisoblanadi.
6.7. Tanlov komissiyasining qarori rais va tanlov komissiyasi
a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylash-
tiriladi va nomzodga taqdim etilgan hujjatlar bilan o‘n
kunlik
muddatda korxonaning kadrlar xizmatiga o‘tkaziladi.
6.8. Tanlov komissiyasi qaroriga binoan, shuningdek, kadrlar
xizmati xulosasi asosida korxona rahbari nomzodni zaxiraga kiritish
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Xodimga zaxira tarkibiga kiritilish
50
haqida xabar beriladi. Zaxira tarkibiga kiritish to‘g‘risidagi
qaror
xodimning shaxsiy hujjatlari tarkibiga (delosiga) kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: