44
2. Zaxira bilan bilan ishlashni tashkil etish
2.1. Zaxiradagi
kadrlar bilan ishlash, uning sifat tarkibi va
foydalanish samaradorligiga shaxsiy javobgarlikni korxona
rahbari o‘z zimmasiga oladi.
Zaxira bilan ishlashni tashkil etish rahbar o‘rinbosarlaridan
biriga topshiriladi.
2.2. O‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va
shaxsiy fazilatlari bilan
rahbarlik lavozimlarini egallashga qodir nomzodlarni tanlash bo‘yicha
ishni korxonadagi rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha
tadbirlarni tanlov komissiyasi olib boradi. Tanlov komissiyasini
tuzish, ishlash va hay’at tarkibi korxona rahbarining qarori bilan
belgilanadi. Tanlov komissiyasining tarkibiga korxonadagi rahbar
xodimlar va yuqori malakali mutaxassislar kiradi.
Tanlov
komissiyasining soni besh kishidan kam bo‘lmasligi lozim.
Komissiyaning a’zolari qabul qilinuvchi qarorning xolisonaligi va
axborotni sir tutish uchun javobgar. Tanlov komissiyasi raisi
kadrlar bilan ishlashni tashkil etish uchun korxona rahbarining
o‘rinbosari
etib tayinlanadi, raisning o‘rinbosari esa korxona
kadrlar xizmatining rahbari bo‘lishi shart. Tanlov komissiyasi
yig‘ilishilarning davriyligi zaxirani yangilash zaruriyatini hisobga
olib, kadrlar xizmati rahbarining taklifiga binoan belgilanadi.
Tanlov komissiyasining yig‘ilishlari tarkibdagi a’zolardan uchdan
ikki qismi hozir bo‘lganida o‘tkaziladi.
Tanlov komissiyasi faoliyatining tashkiliy-texnik jihatlari
kadrlar xizmati hisobidan amalga oshiriladi.
2.3. Kadrlar xizmati korxonadagi
personalga tezkor rahbarlik
qiladi va zaxira bilan bevosita doimiy ishlaydi, Shu jumladan:
zaxirani
shakllantirish
bo‘yicha barcha joriy ishni
rejalashtiradi va tashkil etadi;
rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha tanlov
komissiyasining ishini tashkillashtiradi;
zaxiradagilarni ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatdan chiqarish,
Shuningdek yangi lavozimga taklif qilish to‘g‘risida
takliflarni
kiritadi;
45
zaxira bilan ishlash bo‘yicha tadbirlar rejasining bajarilishini
nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
zaxiraga olingan shaxslarning mehnat faoliyati natijalarini
tahlil qilib boradi va baholaydi;
zaxiradagi shaxslarni o‘qitish, qayta tayyorlash,
malakasini
oshirish, stajyorlikni tashkil qilish va hokazo professional
rivojlanish shakllari, tashkiliy tadbirlarni amalga oshiradi;
zaxira bilan ishlash bo‘yicha korxonaning barcha bo‘linmalar
rahbarlari kadrlar xizmatiga tashkiliy-metodik yordam ko‘rsatadi;
zaxirada bo‘lgan shaxslarni tayyorlash jarayonini va
natijalarini aks ettiruvchi hujjatlarni yuritish,
rasmiylashtirish,
hisobga olishni amalga oshiradi, tegishli ma’lumotlar bazasini
shakllantiradi va olib boradi;
zaxira bilan ishlash tashkiliy samaradorligini oshirishga
qaratilgan
ijtimoiy, ruhiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etadi
hamda ularning o‘tkazilishida bevosita ishtirok etadi;
zaxira bilan ishlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
kiritadi;
zarur hollarda direktorning zaxira ro‘yxatiga kiritish
to‘g‘risidagi qarorini xodimlarga ma’lum qiladi;
zaxira bilan ishlash bo‘yicha
boshqa rahbarlik qiluvchi
hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
2.4. Korxona tarkibiy bo‘linmasining rahbari:
kadrlar zaxirasiga bo‘lajak nomzodlarni tanlab olishda
bevosita ishtirok etadi;
o‘z bo‘linmasida zaxira bilan ishlashni tashkil etish va uning
tayyorgarligiga javob beradi;
zaxiradagilarni
kasbiy
rivojlantirish
(mustaqil
o‘qish)
bo‘yicha shaxsiy rejalarni tuzishda ishtirok etadi;
tarkibiy bo‘linmada zaxiradagilarning stajyorlik faoliyatini
tashkil etib, nazorat qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: