1.6. Kadrlar siyosatini ishlab chiqish uchun tashkilotda personalni baholash tizimining SWOT-tahlil natijalarini qo‘llash Dastlabki ma’lumotlar Metall konstruksiyalarni ishlab chiqarish va sotish bilan
Shug‘ullanuvchi kompaniya bozorda olti yildan buyon faoliyat
yuritmoqda. Tarkibida: bosh ofis (37 kishi), ishlab chiqarish
inshootlari (490 kishi), omborxona (26 kishi), yirik shaharlardagi
kompaniyaning 5 ta filiali (39 kishi) mavjud. Kompaniya yuqori
sur’atlar bilan rivojlanmoqda, ishlab chiqarish miqdori o‘sgan sayin
personal xarajatlari ham oshib bormoqda. Bir vaqtning o‘zida
so‘nggi yarim yil davomida sotish bo‘limining xodimlari va
boshqaruvning o‘rta bo‘g‘inidagi menejerlarning qo‘nimsizligi
oshishi kuzatila boshladi (tegishlicha 23%dan 46 %gacha).
Rahbariyat bu vaziyatdan xavotirda edi: korxonadan ketganlar
raqobatdagi kompaniyalarga ishga joylashdilar. Personalni boshqa-
rish tizimi auditini o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi. Shu
jumladan, personalni baholash tizimi ham tahlil qilindi. Natijada
quyidagilar aniqlandi:
37
1. Tashkilot rahbariyati e’lon qilinayotgan kadrlar siyosati
doirasida baholashni personalni boshqarish tizimining bir qismi
hisoblagan, ammo uning boshqa qismlari bilan bog‘liqligini aniq
ko‘rsatmagan.
2. Kadrlar xizmati rahbar xodimlar va mutaxassislarni amaldagi
qoidalar asosida attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etgan. Kadrlar
xizmati boshlig‘i yangi baholash texnologiyalarini o‘zlashtirishga
intilmaydigan iste’fodagi harbiy kishi edi. U attestatsiya to‘g‘risida
namunaviy qoidani (hujjatni) tayyorlagan va Shunga asosan
personalni baholash o‘tkazilgan.
3. Attestatsiya to‘g‘risidagi qoidalar, uning natijalari, rahbar va
mutaxassislar so‘rovini tahlil qilish davomida baholash jarayoni
rasmiylashtirildi va ish jarayonining mehnattalabligi aniqlandi.
4. Tarkibiy bo‘linma rahbarlari ularning baholovchilarga
qaratilgan tavsiyalariga e’tibor bermaganligiga ishonch hosil qilib,
attestatsiya jarayoni bevosita ish jarayonidan alohida deb hisoblay
boshlaganlar. Ularning attestatsiya qilish maqsadi - faqat bo‘y-
sunuvchi xodimlar bo‘yicha hisobda yanglishishni ko‘rsatishdan
iborat. Ular, o‘z navbatida, attestatsiyadan ijobiy natija ola olmay,
mavjud personalning har bir toifasi uchun faoliyatni alohida baholash
mezonlari ishlab chiqilmagan deb, xulosa chiqardilar. Attestatsiya ish
haqi, malakani oshirish va karera oshishi uchun emas, balki
navbatdagi «tanbeh» uchun qo‘llanilgan degan xulosaga kelindi.
2. «SWOT-tahlil» korxonaning mavjud ichki va tashqi
imkoniyatlaridagi kuchli, zaif tomonlari, bo‘lajak zaxiralari, xavf-
xatarlar va sezilarli taxdidlardan kelib chiqib tayyorlanuvchi
strategik rejalashtirish uslubi.
Korxona personalini baholash jarayonida mavjud bo‘lish ehti-
moliga ega asosiy muammolar:
–
e’lon qilingan maqsadlar bo‘yicha o‘tkazilgan attestat-
siyaning pirovard maqsadlarga zid kelishi;
–
rahbar xodimlarni baholash personalni boshqarish
tizimining quyi bo‘g‘inlari bilan bog‘lanmaganligi;
–
personalni baholashda kuyi bo‘g‘inlarning kompaniya
umumiy faoliyat natijalariga qo‘shgan hissasining aniq emasligi;
38
–
attestatsiyaning personalni baholashning bir qismi sifatida
tashkilotni yanada rivojlantirish talablariga javob bermasligi.
3-jadval