136
Mashhur “Z nazariyasi” kitobining muallifi U.Ouchi
Yaponiyada kadrlar joylashtirilishi haqida shunday ta’kidlaydi:
“Ehtimol, eng muhim fakt – bu har bir xodim lavozimi o‘sishi
davomida o‘z firmasining bir bo‘linmasidan boshqasiga, hatto
turli geografik joylashuvdagi bo‘linmalarga o‘tishini
oldindan
bilib, unga ishonib va iqror bo‘lib, o‘z mehnat faoliyatini yuritib
boradi. Bundan tashqari, ko‘plab yapon firmalarida butun mehnat
faoliyati davomida rotatsiyalar barcha xodimlarga tegishli bo‘ladi.
Chizmalar
loyihalashtirilishidagi
muhandis-elektrik
ishlab
chiqarishga yoki yig‘uv sexiga yuborilishi, texniklarni har yili
olingan innovatsion talablarga
muvofiq dastgoh yoki boshqa
bo‘linmalarga, rahbarlar – biznesning barcha tarmoqlari bo‘yicha
o‘tkazilishi mumkin. Kishilar uzoq vaqt bir mutaxassislikda
ishlasalar-da,
ularda
firma
emas,
balki
faqat
Shu
mutaxassislikning kelajagi bilan bog‘liq barcha tor maqsadlarni
shakllantirish tendensiyalari yuzaga keladi”.
Lavozim o‘sishining “ilon” modelining salbiy tomonlari
ham mavjud: melanxolik yoki flegmatik
temperamentiga ega
xodimlar jamoa yoki lavozim o‘zgarishiga ko‘pincha moyil
bo‘lishmaydi. Shu jihatdan jamoaning ushbu vakillari bu modelni
og‘ir qabul qiladilar va jamoada har xil ijtimoiy qarama-
qarshiliklar paydo bo‘lishiga olib kelishidan xoli bo‘lmaydi.
Lavozimda o‘sishning “chorraha” modeli muayyan belgi-
langan yoki o‘zgaruvchan mehnat muddati yakunlanganidan keyin
rahbar yoki mutaxassisning attestatsiyadan o‘tishini,
uning
natijalariga ko‘ra esa, lavozim o‘zgarishi, pasaytirilishi yoki
o‘sishi to‘g‘risida qaror qabul qilinishini ko‘zda tutadi.
1. Korxona direktori – jamoa tomonidan saylanishi yoki
yuqori boshqaruv bo‘g‘ini tomonidan tayinlash yo‘li bilan
belgilanadi.
2. Sex boshlig‘i – faqat direktor (yoki boshqaruvchi)
tomonidan tayinlanadi.
3. Uchastka boshlig‘i – faqat direktor tomonidan tayinlanishi
yo lavozimi pasaytirilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu
lavozim egalari muayyan muddat, masalan, sex
boshlig‘i lavozimida 5 yil ishlagach, u menejerlar maktabida
137
kerakli izlanishlar to‘liq majmui bilan qayta tayyorgarlikdan
o‘tadi. Agar
kasbiy bilimlari va mahorati, sog‘lig‘i va ishga
layoqatliligi yuqori bo‘lsa, jamoadagi o‘zaro munosabati
mojarosiz bo‘lsa, saylash yoki tayinlash yo‘li bilan yuqoriroq
lavozimni egallash tavsiya etiladi.
Agar kasbiy salohiyat o‘rtacha bo‘lib,
lekin egallab turgan
lavozim uchun yetarli kasbiy bilimlarga ega bo‘lsa, u boshqa ishga
o‘tkaziladi. Masalan, boshqa sex boshlig‘i lavozimiga. Xalq
maqolida aytilgandek, “Yangi supurgi yangicha supuradi”.
Agar rahbarning reytingi past, kasbiy tayyorgarligi egallab
turgan lavozimiga muvofiq bo‘lmay, jamoada mojarolar yuzaga
kelsa, uning lavozimini pasaytirish yoki korxona tartibini qo‘pol
tarzda
buzganlik uchun, hatto ishdan haydash masalasi ham
ko‘rilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: