S xolmuratov korxonada kadrlar


 Korxonada xodimlarning mehnatini baholash uslublari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/90
tarix03.12.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#72168
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
Кадрлар сиёсати (2)

5.7. Korxonada xodimlarning mehnatini baholash uslublari 
Xodimlarning mehnatini baholash milliy iqtisodiyotimizning 
innovatsion bosqichiga o‘tish davrida alohida ahamiyatga ega. 
Xodimlarni baholash jarayoni korxona jamoasi orasida muntazam 
ravishda amalga oshirilishi hamda ushbu jarayonni hozirgi zamon 
kompyuter texnologiyalari asosida olib borish zarur. Xodim-
larning mehnatini baholash, avvalo, xodimning professional 
salohiyatini oshirishga undovchi jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, 
yangi ishchining korxonadagi mavjud bo‘sh ish o‘ringa olish yoki 
xodim egallab turgan lavozimga malakaviy talab jihatidan 
muvofiqligini aniqlash uch usulda bajariladi: 
1. Xodimning professional va intellektual salohiyatini 
baholash. Bo‘sh ish o‘rnini egallashda xodimning professional va 
intellektual salohiyatini, ya’ni kasbiy bilim darajasi va kasbiy 
mahorati, ishlab chiqarish va xizmat borasidagi tajribasi, insoniy 
xususiyatlari, shaxsiy ruhiyati, dunyoqarashi, sog‘lig‘ining 
mustahkamligi, mehnatga layoqatliligi, umumiy madaniyat 
darajasini belgilash muhim. 
2. Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoniga xodimning 
individual hissani baholash. Muayyan xodim mehnatining ish 
miqdori va mehnat sifati, ishlab chiqarish va xizmat sohalaridagi 
murakkablik darajasi, mehnatining unum va samaradorligi 
ko‘rsatkichlari hamda uning egallab turgan lavozimiga muvo-
fiqligini maxsus uslublar yordamida belgilashga yordam beradi. 
3. Kadrlarni attestatsiya qilish jarayoni talablari. Bu jarayon 
xodimning mehnat natijalariga o‘ziga xos majmuaviy baho berish 
uslubi hisoblanib, xodimning professional va intellektual 
salohiyati hamda mehnatining yakuniy natijadagi alohida hissasini 
hisobga olgan holda baho beriladi. 


146 
Attestatsiya jarayonini baholash uslublari 
11-jadval 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin