S xolmuratov korxonada kadrlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/90
tarix03.12.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#72168
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Кадрлар сиёсати (2)

3-amaliy mashg‘ulot 
O‘zbekiston bo‘ylab filiallar tarmog‘iga ega yirik nodavlat 
ishlab chiqarish kompaniyasi 20 yildan buyon o‘z faoliyatini olib 
boradi. So‘nggi uch yil davomida korxonaning kadrlar sohasida 
ayrim muammolar yuzaga keldi: xodimlar qo‘nimsizligi biroz
ko‘paydi, xodimlarning korxonaga sadoqati pasayib ketdi, yuqori 
darajadagi rahbar va mutaxassislar munosib ish haqiga ega bo‘lishiga 
qaramay, kompaniyani tark etdilar. Yuqori malakali kadrlar orasida 
raqobatbardosh ustunlik yo‘qolishi xavfi mavjud edi. Bu boshqaruv 
kengashini bezovta qildi, majlisda bosh direktor o‘rinbosari va bosh 
texnologning shu mavzudagi ma’ruzalari eshitildi. Rasmiy nuqtayi 
nazardan, hamma narsa tartibli olib borilayotgandek edi: davlat 
mehnat inspeksiyasining tekshiruvlari korxonada mehnat qonunlari 
qo‘pol ravishda buzilishini aks ettirgani yo‘q, xodimlarning 
malakaga doir vakolati haqida shubha yo‘qligi va hatto kompani–
yaning kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat mukammal ishlab 
chiqilganligini qayd etdi. Biroq direktor o‘rinbosari tomonidan o‘z 
vaqtida ishlab chiqilgan va jamoa majlisida o‘z tasdig‘ini olgan 
hamda amalga oshirilgan kadrlar siyosati bir qator muhim 
kamchiliklarga ega bo‘lganligi ham aniqlandi: asosiysi kadrlar 
siyosati korxona biznes strategiyasiga bog‘liq emas edi. 
Kadrlar siyosatini ishlab chiqishda direktorlar kengashi, o‘rta 
bo‘g‘in boshqaruvchilari jalb qilinmagan, bosh korxonada yoki 
uning filiallarida xodimlarni boshqarish samaradorligi monitoring 
qilinmagan. Munozara yakunlari bo‘yicha yetakchi kengash,
direktorlar kengashi va shaxsan bosh direktor ko‘p hollarda vaziyat 
uchun aybdor bo‘lib, kadrlar siyosati va kadrlar strategiyasini ishlab 
chiqishda ishtirok etishdan chetda qolgan deb paradoksal (ziddiyatli) 


78 
xulosaga kelishdi. Shu sababdan korxonaning kadrlar siyosati 
bo‘yicha Kengashni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Direktor o‘rinbosari barcha rahbarlarni jalb etish uchun o‘zaro 
aloqa 
mexanizmini 
ishlab 
chiqish, 
korxonaning 
biznes 
strategiyasidan kelib chiqib, uning muhim tarkibiy qismiga aylanib 
boruvchi kadrlar siyosatining yangi loyihasini ishlab chiqish 
jarayonini taklif etdi. U keyinchalik kadrlar siyosatini monitoring 
qilish natijalari va kadrlar boshqaruvi tizimining samaradorligini 
muntazam baholash asosida ehtimoliy tuzatishlar bo‘yicha taklif va 
tashabbuslarning muvofiqlashtiruvchi mutaxassisi bo‘lishi kerak, 
degan taklifni kiritdi. Ushbu vaziyatdan kelib chiqib quyidagi 
muammolarga e’tiboringizni qaratamiz va savollarga javob 
tayyorlash borasida bu vaziyatdan chiqib ketish yo‘llarini topamiz. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin