S xolmuratov korxonada kadrlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/90
tarix03.12.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#72168
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Кадрлар сиёсати (2)

 
 
1.4. Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro 
aloqasi
Ko‘pchilik rahbar xodimlar kadrlar siyosati tushunchasini 
zamonaviy kadrlar strategiya tushunchasi bilan adashtiradilar. U 
strategik menejmentni rivojlantirish bilan bog‘liq maxsus 


20 
adabiyotga kiritilgan. Qadim zamonlarda strategiya deganda 
jangda qo‘mondonning xulq-atvori san’ati, harbiy amaliyotlar 
maqsadlarini aniq belgilash qobiliyati, kuchlarni eng muhim 
yo‘nalishlarga kerak holatda kerakli miqdorda tarqatishi deb 
tushunilgan. 
Hozirgi O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiyotga o‘tish davrida 
kadrlar strategiyasi deganda istiqbolli maqsadlar, tashqi muhit
shuningdek vositalar, usullar, qarorlar va mavjud mehnat resurslarini 
hisobga olgan holda personalni boshqarish vazifalarini belgilash 
tushuniladi. Yuqorida qayd etilganlar yordamida faoliyat eng yaxshi 
tarzda amalga oshiriladi, aniq belgilangan maqsadlarga erishiladi va 
vazifalar hal etiladi, korxonaning iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligi
qo‘llab-quvvatlanadi. Kadrlar siyosatining yuqorida ko‘rsatilgan 
ta’rifidan umuman olganda farq qilmaganligi strategiyaning bunday 
tushunilishi to‘g‘ri hisoblanadi. 
“Kadrlar siyosati” va “kadrlar strategiyasi” tushunchalarini aj-
ratish, ehtimol, nazariy jihatdan ko‘proq ahamiyatga ega. Ular 
o‘zaro chambarchas bog‘langan. Amaliyotchilarga qaysi atama 
qo‘llanilganligi muhim emas, avvalo ularni qanday mazmun qo‘-
yilganligi va muayyan korxonaning personalini boshqarishda 
qanday amalga oshirilishi mumkinligi qiziqtiradi. 
Kadrlar strategiyalari, fikrimizcha, rejalar, resurslar, vositalar 
birligidir, ular yordamida tashkilotning mavjudligi, korxona 
rivojlanishining muayyan bosqichida kadrlar siyosati talablaridan 
kelib chiquvchi personalni boshqarishning aniq maqsadlarga 
muvofiqligidir. 
Strategiyalar korxonaning iqtiqbol maqsadlariga erishishga 
qaratilgandir, ammo yanada tor va ishchanroq rejaga qaratilgan 
kadrlar siyosatida amalga oshirishga va barcha joriy maqsadlarni 
haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qiluvchi 
kadrlar strategiyasi turli xil bo‘lishi mumkin, masalan: 
– 
kadrlarni yoshartirish strategiyasi; 
– 
kadrlarni saralash va tanlashga ketuvchi xarajatlarni 
kamaytirish strategiyasi; 


21 
– 
kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlanishtirish va ularning 
bilim darajalarini oshirib borish strategiyasi; 
– 
rahbar xodimlarning zaxirasini yaratish strategiyasi; 
– 
har bir xodimning ish faoliyatini obyektiv baholash 
strategiyasi; 
– 
personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar 
rahbarlari mas’uliyatini oshirish strategiyasi; 
– 
yuqori samara bilan ishlovchi jamoalarni yaratish 
strategiyasi; 
– 
boshqa xodimlarga namuna bo‘luvchi “yetuk professio-
nal” – mutaxassislarni yetishtirish strategiyasi; 
– 
mavjud personalni qisqartirish va personal o‘zaro alma-
shinuvi strategiyasi; 
– 
rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini ularning ish nati-
jalariga javobgarligini oshirish bilan birga kengaytirish strate-
giyasi. 
Kadrlar strategiyasini tanlashda turli omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
– 
korxonaning joriy rivojlanish bosqichidagi maqsad va 
vazifalari; 
– 
kadrlar masalasi bo‘yicha ichki tashkiliy muammolar; 
– 
mehnat bozoridagi bosim vaziyati; 
– 
kadrlar sohasidagi raqobat tendensiyalari; 
– 
korxonaning boshqaruv va moliyaviy imkoniyatlari va 
hokazo.
Kadrlar strategiyalari kadrlar siyosati singari turli davrlar 
hususiyatlaridan kelib chiqqan holda qaytadan ishlab chiqilishi 
mumkin va odatda, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallanib qabul 
qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash ko‘pgina omillar: 
korxonaning rivojlanish bosqichlari, bozor sharoitidagi o‘zgarib 
turuvchi tashkiliy maqsadlari, boshqa ichki va tashqi omillarga 
bog‘liq. 


22 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin