10
ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qiladi, ularni bartaraf etish profilaktik
choralarini ko‘radi.
Ogohlantiruvchi kadrlar siyosatida korxona rahbariyati kadrlar
holati haqida asoslangan prognozlarga ega bo‘lib, kadrlar
salohiyati belgilangan vazifalar darajasiga ko‘ra baholanadi.
Qisqa va o‘rta muddatli kadrlarga talablar prognozlari mavjud.
Personalni rivojlantirish va o‘qitish bo‘yicha vazifalar shakl-
langan.
Korxona rahbariyati kadrlar holatini prognoz qiladi va uning
doimiy monitoringini olib boradi, zarur hollarda maqsadli kadrlar
dasturlarini ishlab chiqadi.
Kadrlar siyosatining bunday turida korxonalarda kadrlarga
talablarni rejalashtirish qisqa va o‘rta
muddatli davrlarda amalga
oshiriladi, personalni o‘qitish bo‘yicha vazifalar ham o‘sha
muddatlarda qo‘yiladi.
Faol kadrlar siyosatida tashkilot rahbariyati nafaqat kadrlar
prognozi, balki kadrlar holatiga ta’sir etuvchi vositalarga ham ega
bo‘lib, zarur hollarda maqsadli kadrlar dasturini ishlab chiqishi
mumkin. Ushbu turdagi kadrlar siyosatida korxonada ishlab chi-
qarish muhiti, personalni rag‘batlantirish monitoringi o‘tkaziladi.
Faol kadrlar siyosati oqilona va avantyuristik bo‘lishi mum-
kin. Tashkilot rahbariyati oqilona kadrlar
siyosatida kadrlar ho-
latini rivojlantirish borasida asosli prognozga ega va vaziyatni
rivojlantirish (inqirozgacha) turli xil ssenariyalari asosida kadrlar
bilan olib boriladigan faoliyat bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq
muddatli ish rejalariga ega bo‘ladi.
Avantyuristik kadrlar siyosatida tashkilot
rahbariyati kadrlar
holatini rivojlantirish borasida asosli prognozga ega emas, ammo
unga ta’sir ko‘rsatishga intiladi. Natijada korxonaning vakant
joylarini kadrlar bilan to‘ldirish va ularni rivojlantirish bo‘yicha
yetarli darajada asoslanmagan ish rejalari tuziladi.
Kadrlar siyosatining tashqi yoki ichki muhitiga,
personalning
tarkibini shakllantirishda korxonaning ixtisosiga qarab yana ochiq
va yopiq turi ajratiladi.