S xolmuratov korxonada kadrlar


  Zaxirani shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

6.  Zaxirani shakllantirish bo‘yicha tanlov komissiyasining 
faoliyatini tashkil etish 
 
6.1.  Tanlov  komissiyasi  ish  rejasiga  ko‘ra  yoki  kerak 
bo‘lganda  yig‘ilishlarni  o‘tkazadi.  Zaxiraga  kiritish  uchun  tanlov 
komissiyasiga  har  bir  nomzod  uchun  korxona  kadrlar  xizmati 
tomonidan quyidagilar taqdim etiladi: 
zaxiradagilar shaxsiy varaqasi; 
nomzodni  tavsiflovchi,  turli  shakl  va  usullar    yordamida 
olingan materiallar;  
ishlab chiqarish tavsifnomasi. 


49 
6.2. Tanlov  komissiyasi  zaxiradagi  nomzodga  taqdim  etilgan 
materiallarni  ko‘rib  chiqadi,  tahlil  qiladi  va  zaxira  tarkibiga 
nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. 
6.3. Tanlov 
komissiyasi 
nomzodlarni 
zaxiraga  kiritish 
to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga amal qiladi:   
egallagan lavozimda ishning ijobiy natijalari; 
ta’lim, malaka, boshqaruv tayyorgarlikning tegishli darajasi; 
nomzodning  kasbiy,  ishchanlik,  shaxsiy  fazilatlari,  uning 
kelgusi rahbarlik ishiga potensial imkoniyatlar va qobiliyatlari;  
nomzod bilan bevosita ishlovchi shaxslarning fikri; 
attestatsiya komissiyasining ijobiy natijalari va tavsiyalari;  
muayyan yosh va sog‘liq holati; 
zaxira tarkibiga kirish shaxsiy istagi. 
6.4. Suhbatdan  so‘ng  tanlov  komissiyasi  xodimlarning 
ularning hozirgi lavozimda namoyon etayotgan kasbiy, ishchanlik, 
shaxsiy  va  hokazo  fazilatlarini  baholaydi  va  qaror  qabul  qilishga 
o‘tadi. 
6.5. Zaxira  tarkibiga  nomzod  har  tomonlama  o‘rganilgach, 
tanlov komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: 
zaxiraga  qabul  qilish  uchun  tavsiya  etiladi  (iloji  boricha 
muayyan rahbarlik lavozimi ko‘rsatilgan holda); 
zaxiraning maxsus guruhiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi; 
zaxiraga  qabul  qilinishi  mumkin  bo‘lgan  lavozim  talablariga 
javob bermaydi. 
6.6. Tanlov  komissiyasining  qarori  ochiq  ovoz  berish  yo‘li 
bilan  qabul  qilinadi.  Agar  yig‘ilishda  qatnashayotgan  komissiya 
a’zolarining  kamida  yarmi  unga  ovoz  bergan  bo‘lsa,  qaror  qabul 
qilingan deb hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda rais ovoz 
bergan qaror qabul qilingan deb hisoblanadi. 
6.7. Tanlov  komissiyasining  qarori  rais  va  tanlov  komissiyasi 
a’zolari  tomonidan  imzolanadigan  bayonnoma  bilan  rasmiylash-
tiriladi  va  nomzodga  taqdim  etilgan  hujjatlar  bilan  o‘n  kunlik 
muddatda korxonaning kadrlar xizmatiga o‘tkaziladi. 
6.8.  Tanlov  komissiyasi  qaroriga  binoan,  shuningdek,  kadrlar 
xizmati xulosasi asosida korxona  rahbari nomzodni zaxiraga kiritish 
to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi.  Xodimga  zaxira  tarkibiga  kiritilish 


50 
haqida  xabar  beriladi.  Zaxira  tarkibiga  kiritish  to‘g‘risidagi  qaror 
xodimning shaxsiy hujjatlari tarkibiga (delosiga) kiritiladi.  
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin