5. Nomzodlarni zaxiraga saralash tadbirlarini tashkil etish 5.1. Nomzodlarni zaxiraga saralashni tashkil etish quyidagi-
larni o‘z ichiga oladi:
nomzodlarni zaxiraga saralash bo‘yicha ishlarni rejalashtirish;
kasbiy, ishchan, shaxsiy fazilatlarga talablarni belgilash;
nomzodlarni tegishli lavozimga tayinlash natijalarini baholash
va ularni zaxiraga kiritish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul
qilish.
5.2. Zaxira tarkibiga potensial nomzodlar to‘g‘risidagi kerakli
axborotni kadrlar xizmati xodim haqida yozma manbalarni
o‘rganish jarayonida: pasport, mehnat daftarchasi, kadrlarni hi-
sobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa, tarjimai hol, diplom,
attestatsion tavsifnomalar, Shuningdek zaxira tarkibiga nomzod
bilan, uning rahbarlari, hamkasblari, bo‘ysunuvchilar bilan
suhbatlashish natijasida oladi.
Zarur hollarda zaxiradagi nomzodlarning kasbiy, ishchan,
shaxsiy fazilatlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun kadrlar
xizmati turli shakl va usullardan foydalanishi mumkin. Kasbiy,
ishchan va shaxsiy fazilatlar va ularning belgilangan talablarga
muvofiqligini baholash uchun quyidagilar qo‘llanishi mumkin:
- baholash usuli «360 daraja»;
- sinash;
- boshqa baholash usullari.