S xolmuratov korxonada kadrlar


 Tadbirkorlik sohasida xodimlar mehnatini  baholash



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

3.5. Tadbirkorlik sohasida xodimlar mehnatini  baholash 
 
Xodimlarning ish sifatini baholash tizimi kadrlar siyosatining 
muhim  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Muhandislik-texnik  xodimlar 
va ishchilar uchun biznes tavsiflarini olish tizimi joriy etilmoqda. 
Tavsiyanomalar  tezkor  rahbarlar  tomonidan  tuziladi  va  yuqori 
menejment  tomonidan tasdiqlanadi.  Xodimlarni  qayta  attestatsiya 
qilish  har  1-1,5  yilda  o‘tkaziladi.  Kadrlarni  baholash  tizimini 


93 
takomillashtirishning    ikki  yo‘nalishi  mavjud.  Bu  xodimlarning 
istiqbollarini  hisobga  olgan  holda  muntazam  so‘rov  o‘tkazish  va 
obyektiv,  ko‘p  tomonlama  baholash,  jumladan,  bilim  va  ko‘nik-
malar,  malaka,  nostandart  qarorlar  qabul  qilish  va  faoliyatning 
yangi yo‘nalishlarini o‘rganishdan iborat. 
Kadrlar siyosati sohasida barcha darajadagi xodimlarni baho-
lash  usullariga  alohida  ahamiyat  beriladi,  masalan,  Fransiyadagi 
korxonalar  xodimlarini  baholashda  qo‘llanuvchi  usullar  murak-
kabligi  bilan    Yevropaning  boshqa  davlatlaridan    farq  qiladi. 
Boshqarma  direktori  o‘rta  korxonalar  tomonidan  tasdiqlangan 
holda bo‘lim boshliqlari har yili xodimlarning salohiyat va  imko-
niyatlarini  aniqlash  uchun  bo‘g‘inlar  bilan  muntazam  ravishda 
intervyu  o‘tkazadilar.  Boshqa  korxonalarda  o‘z-o‘zini  baholash 
usullaridan foydalanadilar. 
Quyi 
va  o‘rta 
bo‘g‘in  boshqaruv  tizimida  yuqori  
lavozimlarga  nomzodlar  tanlashning  muhim  xususiyatlari  amalga 
oshiriladi va uning asosiy vazifasi - baholash markazlari, xolisona 
o‘z  qobiliyatini  baholash,  boshqarish  imkoniga  ega  xodimlarni 
aniqlashdir. 
Baholash 
natijalariga 
ko‘ra,  nomzodning  lavozimga 
qo‘yilgan  sifatlari  to‘g‘risida  batafsil  hisobot  tayyorlanadi,  uning 
kuchli  va  zaif  tomonlari  izohlanadi,  bu  ma’lumotlar  shaxsiy 
elektron fayllarda saqlanadi. Bunday dasturda ishtirok etish uchun 
tavsiyalar,  odatda,  arizachini  bevosita  biluvchi  yuqori  lavozimli 
shaxslar  tomonidan  beriladi,  biroq  bir  qator  yirik  kompaniyalar 
bunday testdan o‘tishni istagan har bir kishiga ruxsat beradi. 
Odatda  xorijiy  kompaniyalarda  quyidagi  baholash  tizim  va 
usullari qo‘llaniladi: 
- xodimlarni muntazam yillik sertifikatlash; 
- ishlash uslub va miqdorlarini baholash; 
-  har  bir  xodimni  belgilangan  maqsadlarga  erishish  natijasi 
bo‘yicha baholash. 
Baholash  vositalari  orasida:  psixologik  testlardan  o‘tish, 
grafikalar,  hayot  ssenariysi  variantlari,  maxsus  ishlab  chiqilgan 
anketalarga javob berish. 


94 
Har  bir  xodimning  ishini  baholash  odatda  yiliga  bir  marta 
amalga  oshiriladi.  Baholash  natijalari  xodim  va  rahbarlar 
tomonidan muhokama qilinadi va har ikki tomon ham imzolaydi. 
Ular ishdagi kamchiliklar ro‘yxatini muhokama qiladilar va ularni 
bartaraf  etish  yo‘llarini  topadilar.  Zarur  bo‘lganda  xodim  bilan 
mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risida  ogohlantiradi  yoki 
davom  ettiriladigan  bo‘lsa,    ishini  takomillashtirishi  yuzasidan 
topshiriqlar beradi.  
Baholash  usuli  xorijiy  kompaniyalarning  kadrlar  siyosati  va 
kadrlar 
boshqaruvini 
takomillashtirishda 
muhim 
vosita 
hisoblanadi. 
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin