1.5. Xodimlar mehnatidan qoniqish darajasini aniqlash bо‘yicha sо‘rovnomalar 1-savolnoma Taklif etilayotgan savolnoma korxonani boshqarishning ba’zi
jihatlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Sizning javoblaringiz
yopiq tarzda tahlil qilinadi. Hamkorligingiz uchun rahmat!
1. Siz ushbu korxonada qancha vaqtdan beri ishlayapsiz?
1) bir yilgacha;
2) 1–2 yil;
3) 2 yildan ortiq.
2. Siz qisman yoki to‘liq ishingizdan qoniqmayotgan
bo‘lsangiz, sababi nimada deb o‘ylaysiz?
(Ahamiyat darajasini raqamlar bilan belgilab qo‘ying, 1-eng
muhim va hokazo)
1) ish haqining kamligi;
2) ish haqini to‘lashdagi doimiy kechikishlar;
3) bajarayotgan ishim mening malaka va mutaxassisligimga
mos kelmaydi;
4) ishning yomon tashkil etilishi (ish vazifalarim aniq emas,
kerakli jihozlar, axborot vositalari mavjud emas);
5) og‘ir va zararli mehnat sharoitlari (qishda sovuq, yozda
issiq);
6) ish bo‘yicha ortiqcha yuklama;
7) noqulay ish tartibi;
8) professional va mansab bo‘yicha ko‘tarilish uchun
imkoniyatlar cheklangan;
9) jamoadagi psixologik muhit nosog‘lomligi;
10) boshqaruvchilar bilan munosabatlar beqarorligi.
3. Quyida keltirilgan ish sharoitlaridan qanchalik qoniqarsiz?
(Har bir satrda bitta javobni tanlang, o‘ng tomonda joylashgan
uchta raqamdan birini doira qilib chizib oling.)