S xolmuratov korxonada kadrlar



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

 
 
1.4. Kadrlar siyosati va korxona strategiyasining o‘zaro 
aloqasi   
 
Ko‘pchilik  rahbar    xodimlar    kadrlar  siyosati  tushunchasini 
zamonaviy  kadrlar    strategiya  tushunchasi  bilan  adashtiradilar.  U 
strategik  menejmentni  rivojlantirish  bilan  bog‘liq  maxsus 


20 
adabiyotga  kiritilgan.  Qadim  zamonlarda  strategiya  deganda 
jangda  qo‘mondonning  xulq-atvori  san’ati,  harbiy  amaliyotlar 
maqsadlarini  aniq  belgilash  qobiliyati,  kuchlarni  eng  muhim 
yo‘nalishlarga  kerak  holatda  kerakli  miqdorda  tarqatishi  deb 
tushunilgan. 
Hozirgi O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiyotga o‘tish davrida 
kadrlar  strategiyasi  deganda  istiqbolli  maqsadlar,  tashqi  muhit, 
shuningdek vositalar, usullar, qarorlar va mavjud mehnat  resurslarini 
hisobga  olgan  holda  personalni  boshqarish  vazifalarini  belgilash 
tushuniladi. Yuqorida qayd etilganlar yordamida faoliyat eng yaxshi 
tarzda amalga oshiriladi, aniq belgilangan maqsadlarga erishiladi va 
vazifalar hal etiladi, korxonaning  iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligi  
qo‘llab-quvvatlanadi.  Kadrlar  siyosatining  yuqorida  ko‘rsatilgan 
ta’rifidan umuman olganda farq qilmaganligi strategiyaning bunday 
tushunilishi to‘g‘ri hisoblanadi. 
“Kadrlar siyosati” va “kadrlar strategiyasi” tushunchalarini aj-
ratish,  ehtimol,  nazariy  jihatdan  ko‘proq  ahamiyatga  ega.  Ular 
o‘zaro  chambarchas  bog‘langan.  Amaliyotchilarga    qaysi  atama 
qo‘llanilganligi muhim emas, avvalo ularni qanday mazmun qo‘-
yilganligi  va  muayyan  korxonaning  personalini  boshqarishda 
qanday amalga oshirilishi mumkinligi qiziqtiradi. 
Kadrlar  strategiyalari,  fikrimizcha,  rejalar,  resurslar,  vositalar 
birligidir,  ular  yordamida  tashkilotning  mavjudligi,  korxona 
rivojlanishining  muayyan  bosqichida  kadrlar  siyosati  talablaridan 
kelib  chiquvchi  personalni  boshqarishning    aniq  maqsadlarga 
muvofiqligidir. 
Strategiyalar  korxonaning  iqtiqbol  maqsadlariga  erishishga 
qaratilgandir,  ammo  yanada  tor  va  ishchanroq  rejaga  qaratilgan 
kadrlar  siyosatida  amalga  oshirishga  va  barcha  joriy  maqsadlarni 
haqiqiy mujassamlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.  
 Kadrlar siyosati zimmasiga yuklangan vazifalarni hal qiluvchi 
kadrlar strategiyasi  turli xil bo‘lishi mumkin, masalan: 
– 
kadrlarni yoshartirish strategiyasi; 
– 
kadrlarni  saralash  va    tanlashga  ketuvchi  xarajatlarni 
kamaytirish strategiyasi; 


21 
– 
kadrlarni  uzluksiz  kasbiy  rivojlanishtirish  va  ularning 
bilim darajalarini oshirib borish strategiyasi; 
– 
rahbar xodimlarning   zaxirasini yaratish strategiyasi; 
– 
har  bir  xodimning  ish  faoliyatini  obyektiv  baholash 
strategiyasi; 
– 
personalni samarali boshqarish uchun tarkibiy bo‘linmalar 
rahbarlari mas’uliyatini oshirish strategiyasi; 
– 
yuqori  samara  bilan  ishlovchi  jamoalarni  yaratish 
strategiyasi; 
– 
boshqa  xodimlarga  namuna    bo‘luvchi  “yetuk  professio-
nal” – mutaxassislarni yetishtirish strategiyasi; 
– 
mavjud  personalni  qisqartirish  va  personal  o‘zaro  alma-
shinuvi strategiyasi; 
– 
rahbar va mutaxassislarning vakolatlarini ularning ish nati-
jalariga  javobgarligini  oshirish  bilan  birga  kengaytirish  strate-
giyasi. 
Kadrlar strategiyasini tanlashda turli omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
– 
korxonaning  joriy    rivojlanish  bosqichidagi  maqsad  va 
vazifalari; 
– 
kadrlar masalasi bo‘yicha ichki tashkiliy muammolar; 
– 
mehnat bozoridagi bosim vaziyati; 
– 
kadrlar sohasidagi raqobat tendensiyalari; 
– 
korxonaning    boshqaruv  va  moliyaviy  imkoniyatlari  va 
hokazo.  
Kadrlar  strategiyalari  kadrlar  siyosati  singari    turli  davrlar 
hususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  qaytadan    ishlab  chiqilishi 
mumkin va odatda, o‘rta va uzoq muddatlarga mo‘ljallanib qabul 
qilinadi. Ularning amal qilish muddatini tanlash ko‘pgina omillar: 
korxonaning  rivojlanish  bosqichlari,  bozor  sharoitidagi  o‘zgarib 
turuvchi  tashkiliy  maqsadlari,  boshqa  ichki  va  tashqi  omillarga 
bog‘liq. 


22 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin