S12-20 Bajardi: Aliyeva Pokiza Vodorod olishning sanoat usullari


Vodorod energetikasini rivojlantirishning jahon tendensiyasi va xorijiy tajribasi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə3/10
tarix16.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aliyeva Pokiza-12

Vodorod energetikasini rivojlantirishning jahon tendensiyasi va xorijiy tajribasi


Parij bitimi doirasida atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” asoslarini faol shakllantirish maqsadida an’anaviy energiya manbalari o‘rniga vodorod energetikasini joriy etish zarurati ortib bormoqda.
Vodorod kelajakda insonning energetikaga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ideal variantga aylanishi uchun barcha sifatlarga ega [1].
Bugungi kunda vodoroddan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari – neftni qayta ishlash va kimyo sanoatida (turli tovarlar, birinchi navbatda ammiak va metanol ishlab chiqarish uchun) mujassam bo‘lgan. Vodorodning energetik foydalanishi, “ARENA” ma’lumotlariga ko‘ra, uning iste’moli umumiy hajmining atigi 1-2%ga baholanadi [2].
Ene-Farm loyihasi doirasida 2019 yilda Yaponiyada yoqilg‘i elementlari (YoE)da 50 mingta uy kogeneratsion mikroelektr stansiyalari o‘rnatildi, ularning umumiy soni 300 mingtagacha ko‘paydi. Yaponiyaning vodorod dasturi 2020 yilga borib 1,4 mln. YoE, 2030 yilga borib – 5,3 mln. YoE joriy etishni ko‘zda tutadi.
Yaponiya hukumati 2020 yilda vodorod yoqilg‘isi batareyalarida 40-50 ming yengil avtomobil va avtobuslar va 90-100ta vodorod avtoyoqilg‘i quyish stansiyalari (VAYoQS)dan foydalanish bilan vodorod avtomobillarida Olimpiadaning barcha mehmonlariga xizmat ko‘rsatishga va’da berdi. 2025 yilga kelib, mamlakatda ro‘yxatga olingan vodorod bilan
ishlaydigan avtomobillar soni 200 minggacha, 2030 yilga kelib esa 800 minggacha oshishi kutilmoqda.
Janubiy Koreya, ayrim AQSh shtatlari (Kaliforniya) va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlatning faol qo‘llab-quvvatlashida mikroelektr stansiyalari bozori ham faol tarazda rivojlanmoqda. 2017 yilda Yevropaning 89ta mintaqalari va 22ta mamlakatidan shaharlarni birlashtirgan FuelCellsandHydrogenJointUndertaking (FCh JU) umumyevropa tashabbusi ishga tushirildi. Uning ishtirokchilari besh yil davomida umumiy qiymati 1,8 mlrd. yevrolik loyihalarni amalga oshirish orqali “energetik o‘tish” doirasida o‘z strategiyalarida vodorod texnologiyalaridan foydalanadilar. 2018-2019 yillarda Avstraliya, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk Britaniya va AQShning ayrim shtatlari vodorod strategiyasini qabul qildi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin