S12-20 Bajardi: Aliyeva Pokiza Vodorod olishning sanoat usullari


Vodorod energetikasi va ishlab chiqarish texnologiyalari



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə6/10
tarix16.10.2022
ölçüsü1,39 Mb.
#65262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Aliyeva Pokiza-12

Vodorod energetikasi va ishlab chiqarish texnologiyalari


"WoodMackenzie" tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda katta uglerod izini yaratgan holda 99% vodorod "kulrang" va "zangori" hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, vodorodning ayrim turlaridan vodorod energiyasining kelajakdagi strategiyasi sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
Vodorodni ishlab chiqarish, yangi gaz quvurlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish ko‘p energiya sarfini talab qiladi va anchagina qimmatga tushadi [4]. Bugungi kunda vodorodni ishlab chiqarishning eng maqbul va eng arzon usuli bug‘ konversiyasi hisoblanadi. Vodorod bug‘ tabiiy gazini isloh qilish yo‘li bilan yengil uglevodorodlardan olinadi. Biroq global isish davrida bu turdagi vodorod ("kulrang") kelajak vodorod energetikasi doirasida ishlatilaolmaydi, chunki metanning bug‘ga aylanishi 10 kg SO2/ kg H2 – karbonat angidridning emissiyasiga olib keladi [5].
CCS texnologiyasi tufayli yon mahsulot karbonat angidrid (CO2) ushlab olinadi va maxsus saqlash joylarida saqlanadi. Bunday usul bilan tabiiy gazdan "zangori" vodorod ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya hali dunyo bo‘ylab keng tijoratlashtirilmagan. O‘z ishlanmalariga metanning bug‘ konversiyasi va CCS texnologiyasidan qisman
foydalanishni kiritgan 3 ta loyiha mavjud – AQShda "PortArthur", Kanadada "Quest" va Yaponiyada "Tomakomai".
2019 yilning aprel oyida Yaponiya Avstraliya bilan birgalikda "HydrogenEnergySupplyChain" "zangori" vodorodni olish bo‘yicha pilot loyihani muvaffaqiyatli tarzda taqdim etdi. Loyiha 2030 yildan keyin tijorat bosqichiga kiradi. "Zangori" vodorod Avstraliyadagi qo‘ng‘ir ko‘mirning katta zaxiralaridan olinadi.
"Yashil" vodorod elektroliz jarayonida ishlab chiqariladigan eng ekologik va toza yoqilg‘i hisoblanadi, uning uchun elektr energiyasi qayta tiklanadigan manbalardan olinadi.
Qayta tiklanadigan energiya manbalari (QTEM) ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri Ispaniya hisoblanadi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin