Кatalizatorlar – bu kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etuvchi va uning tezligini va yo’nalishini o’zgartiruvchi, reaksiya oxirida ham sifatiy va hasm miqdoriy o’zgarishlarsiz ajralib chiqadigan moddalardir.
Katalitik bo’lmagan reaksiyalar: Katalitik bo’lmagan reaksiyalar – bu katalizator ishtirokisiz boradigan
reaksiyalardir:
2HgO ⭢t 2Hg + O ⭡
2Al + 6HCl ⭢t 2AlCl + 3H ⭡
3 2
Katalitik reaksiyalar:
Katalitik reaksiyalar – katalizator ishtirokida boradigan reaksiyalar:
H2O
4Al + 3I2 ⭢ 2AlI3
t,MnO2
2KClO3 ⭢ 2KCl + 3O2⭡
P,t
CO + NaOH ⭢ H-CO-ONa
Geterogen reaksiyalar:
Ta’sirlashuvchi moddalarning agregat holati bo’yicha reaksiyalar (faza tarkibiga ko’ra): Geterogen reaksiyalar – bunday reaksiyalarda ta’sirlashuvchi moddalar va reaksiya mahsulotlari turli agregat holatida bo’ladi (turli fazalarda):
FeO(qattiq) + СО(gaz) ⭢ Fe(qattiq) + СО2(gaz) + Q 2Al(qattiq) + 3СuСl2 (eritma) = 3Сu(qattiq) + 2AlCl3 (eritma) CaC2(qattiq) + 2H2O(suyuq) = C2H2⭡ + Ca(OH)2(eritma) Gomogen reaksiyalar: Gomogen reaksiyalar – bunday reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalar va reaksiya mahsulotlari bir xil agregat holatida bo’ladi (bitta fazada):
2С2Н6(gaz) + 7О2(gaz) ⭢ 4СО2(gaz) + 6Н2О(gaz) 2 SO2(gaz) + O2(gaz) = 2SO3(gaz) +Q H2(gaz) + F2(gaz) = 2HF(gaz)
Issiqlik samarasi bo’yicha kimyoviy reaksiyalar:
Ekzotermik reaksiyalar: Ekzotermik reaksiyalar – bu tashqi muhitga issiqlik chiqishi bilan boradigan reaksiyalardir. Ularga asosan hamma birikish reaksiyalari kiradi. Yorug’lik chiqishi bilan boradigan ekzotermik reaksiyalar yonish reaksiyalariga misol bo’ladi, masalan: