239. Sho‘rga chidamsiz sabzavot ekinlari qaysilar, toping?
A) lavlagi, boyimjon, karam, qovun, tarvuz, qovoq;
B) bodring, sabzi, makkajo‘xori, rediska va barcha ekinlar ko‘chati;
C) piyoz, pomidor, turp
D) kartoshka, bodring, rediska, pomidor, turp.
240.Asosan himoyalangan inshootlar, maydonlar tuzilishining murakkabligi va ekinlar uchun qulay sharoit yaratish usullariga qarab 3 turga bo‘linadi, qaysilar toping?
A) isitilmaydigan yer, gidroponika, aeroponika;
B) parniklar, teplisalar (issiqxonalar), gidroponika;
C) isitilgan yer, parniklar, teplisalar (issiqxonalar);
D) ochiq dala, isitilmaydigan yer.
241.Ekinlarni tuproqsiz, neytral substratlar yoki substratlarsiz, sun’iy oziq eritmalarda o‘stirishga nima deyiladi?
A) gidroponika; B) aeroponika; C) agregatoponika; D) parniklar.
242.Ekinni suvda o‘stirish uchun substratsiz oziq eritmalardan foydalaniladi. Bu usulda o‘simliklarning ildizlari eritma ichida bo‘lib, 1 m2 maydonganecha litr eritma talab qilinadi?
A) 200-300; B) 100-200; C) 350-400; D) 450-500.
243.Himoyalngan yerlarda sabzavot ekinlarini yetishtirishda oziq eritmadagi tuzlarning o‘simliklar uchun zaharli ta’siri bo‘lmasligi va bir litr eritmada necha grammdan oshmasligi lozim?
A) 1,5-2,0 g. B) 2-2,5 g. C) 2,5-4,0 g. D) 3,5-4,0 g.
244.Himoyalngan yerlarda sabzavot ekinlari ko‘chatlarini yetishtirishda lotok yoki kassenta tarzidagi qattiq plastmassadan tayyorlangan necha yacheykali bloklardan foydalaniladi?
A) 40-70 yacheykali; B) 30-40 yacheykali; C) 70-90 yacheykali
D) 100-140 yacheykali.
245.O‘zbekistonda issiqxona uchun bodringning qanaqa geterozisli duragaylari asalari changlaydigan navlari ekiladi, toping?
A) Syurpriz-66, Manul (TSXA-211); B) Sentyabrskiy, Navbahor
C) Kristina, Nafis; D) Kondor.
246.O‘zbekistonda qishki issiqxonalarda bodring kuz-qishki muddatda urug‘ni ekishning eng qo‘lay muddati?
A) 1-5, 5-10 avgustda; B) 10-15, 15-20 avgustda, avgust oxirida
C) 10-15, 15-20 iyulda, iyul oxirida; D) 1-5, 5-10 iyulda, iyul oxirida;
Dostları ilə paylaş: |