Sadok suvlikda joylashtirilgan hamda atrofi va pastki qismi to’rdan iborat bo’lgan, ko’p tomonlama qulayliklarga EGA bo’lgan, baliq etishtiriladigan yirik xaltadir
Mustaqil diyorimiz, tobora rivojlanib uning mustaqilligi mustahkamlanib borayotgan bugungi kunda, xalqimizda yangicha dunyoqarash va zamon bilan hamnafas yashash tuyg’usi, o’zi yetishtirgan mahsulotdan zavqlanish, ilxomlanish o’z hayotimizni yangichasiga qurish, faravon umrguzaronlik qilish, xalqimizda yangi –yangi daromad manbalarini topish va undan samarali foydalanishga chog’lantiryapti. Ma’lumki bugungi kunda har bir sohada alternativa yo’nalishlarda ish olib borish tegishli sohaning rivojiga, uni yanada taraqqiy etishiga zamin bo’ladi va aynan baliqchilik sohasida ham allaqachonlardir xulosaga kelingan baliq ovlashdan baliq etishtirishga o’tish, xalqning bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirishi shubhasizdir. Shunday ekan bu borada ham yangi imkoniyatlarni hisobga olishni joiz deb bildik va sadok usulida baliq etishtirish nima ekanligini, uni ahamiyati haqida to’xtaldik.
Sadok – suvlikda joylashtirilgan hamda atrofi va pastki qismi to’rdan iborat bo’lgan, ko’p tomonlama qulayliklarga ega bo’lgan, baliq etishtiriladigan yirik xaltadir. Sadoklarni sun’iy suvliklarda –suv omborlari, kanal, zovur, hovuz xo’jaliklarida o’rnatib baliq mahsuloti olsa bo’ladi. Lekin eng yaxshi natija ko’l va suv omborlarida olinishi mumkin. Bunda xo’jalik uchun suvlikning geografik xususiyatini aniqlab sadok uchun joy tanlash, muhim ahamiyatga ega. Tog` va tog`oldi hududlarda – forel, pelyad, osyotr kabi sovuqsevar baliqlar etishtirish maqsadga muvofiq bo’lsa, respublikamizning g’arbida hamda shimolida, karp hattoki laqqa (kanal laqqasi), do’ngpeshonalarni boqish imkoniyati mavjud. Shunday qilib forel, pelyad, osyotr uchun asosiy kriteriy bo’lib (o’rtacha dekada) suv haroratining 200 S dan oshmasligi, etiborga olinsa, va shu bilan birga qisqa muddatli 230 S bo’lishi ehtimolini ham nazardan qochirmaslik kerak.
Sadokda baliq boqish qachon rentabelli bo’ladi, qachonki siz baliq boqishni jadal ravishda olib borsangiz albatta. Sadokda baliq etishtirishni maqsad qildingizmi, darhol balanslashtirilgan to’la qimmatli omuxta yemga asoslanishingiz kerak. Ammo bu oziqa nihoyatda qimmatga tushadi. Agarda Respublika suvliklarida sadokda baliq etishtirish yaxshi rivojlansa unda sadoklarga xos bo’lgan yangi baliq turlari va texnologiyalar tavsiya etiladi. Sovuqsevar baliq ob’ektlaridan sadokda etishtirish hozirgi kunda yaxshi natija berayotgan tur bu kamalak rang forel – Onsorhynchus mybiss, daryo foreli - Salmo trutta yoki kumja lardir. Chunki ular qimmatbaho baliqlardandir. Issiqsevar baliqlardan esa laqqa, daryo laqqasi va karplar eng yaxshi obektlar hisoblanadi. Sadoklarda 6-7 oy baliq boqish imkoniyati bor. Sadokda eng qulay variant tovar baliq etishtirishdir. O’zbekiston sharoitida taxminan 210-240 kun baliq boqiladi. Agarda karp segoletkasi o’rtacha bir sutkada 3g dan o’sganda 630g dan 720g bo’lishi mumkin.
Agarda har bir sadokga 1000 dona karp boqilsa – taxminan har bir sadokdan 630 kg tavar baliq olish mumkin. Bular taxminiy hisob-kitoblar. Tovar razmeriga yetmagan baliqlar suvlikning o’ziga quyib yuboriladi va bunda ko’lni baliqlashtirish rejasi ham bajariladi. Sadok usulida baliq boqishning ahamiyatli tomonlaridan qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
1) Sadokda etishtirilgan baliqni qayiq orqali va sadoklarni yaxshilab bog`lab quyilgan joydan ovlash mumkin.
3) Sadokda asosan karp, forel, bufalo, oddiy laqqa, kanal laqqachasi boqilsa yaxshi natija beradi. Har bir baliq zoti uchun alohida sadok quriladi. Baliqchi o’z tajribasiga asoslanib, ishonchi bo’lsa oq va chipor do’ngpeshona boqsa bo’ladi.
Ammo sadoklar uchun ham talab va cheklangan so’roqlar bo’ladi, bular :
1) Balanslashgan yuqori darajali qo’shimcha omuxta yemdan foydalanish zarurligi;
2) Suv sifatini hamma vaqt monitoring qilib turish (suv harorati, suv tiniqligi, suvdagi erigan kislorod miq dori, suv muhiti (ph) va boshqalar;
3) Baliq kasal bo’lmasligi uchun profilaktik chora – tadbirlar. Agarda kasallik uchrab qolsa, darhol oldini olish va baliqlarni davolash;
Sadoklar jarohatlanishi mumkin yoki brakonerlar tomonidan baliqlar ovlanishi mumkin.Shuning uchun sadoklarni nihoyatda qattiq qo’riqlash kerak. Sadoklarda boqiladigan ayrim baliq turlari biologiyasiga qisqa qisqa xarakteristika beramiz.
a) Laqqa- Silurus glanus.Laqqalar issiq suvni sevadigan issiqsevar baliq – sevimli suv harorati 240 S .Laqqa etishtirish O’zbekiston sharoitida unchalik uzoq muddatni talab qilmaydi, bor yo’g’i 4 oy. Bizda laqqalar oilasidan ikkita tur O’zbekiston suvliklari uchun qulay hisoblanadi, bu oddiy yoki yevropa laqqasi – Silurus glanus va kanal laqqasi Jctalurus punctatus. Ikkinchi tur Toshkentga 1980 yilda keltirilgan va hozirgi kunga qadar muvafaqiyati bilan nasl bermoqda. Oddiy laqqa – yirtqich baliq. Uni etishtirish uchun balanslashgan sanoatbob omuxta yem nihoyatda zarur. Oddiy laqqa ko’p hususiyati bilan karpga o’xshaydi, chunki karp ham balanslashgan omuxta yemni xush ko’radi.Oddiy laqqa mahalliy ozuqadan dukkaklilarni xush ko’radi. Shu xususiyati bilan oddiy laqqa baliqshunoslar uchun ancha qiziq. Oddiy laqqa odatda tez o’sadi. Segoletkalarning o’rtacha og`irligi 175-250 gramm keladi. Voyaga etish yoshi 4-5. bu davrda uning og`irligi 1.5-2 kg bo’ladi. Oddiy laqqani ko’paytirish va boqish ishtiyoqida bo’lgan xo’jaliklar zotdor ota-onalarni tabiiy suvliklarda tayyorlaydilar. Bir yil oldin tayyorgarlik ko’riladi. Bu ishlarni kuzda yoki bahor fasllarida amalga oshiriladi. Bu vaqtda laqqalar suv tubidagi chuqur joylarida konstentrastiyalanadi. Avvaliga ovlangan laqqalar oqar suvdagi sadoklarda saqlanadi. Iloji boricha besh – to’qqiz yoshli zotlarni tanlab olish maqul. Bunday zotlarning tana uzunligi 80-100 sm keladi. Qishda laqqalar oziqlanmaydi . Shuning uchun ham qishda yoki qishlashda hovuzida boshqa baliqlar bilan birga saqlansa bo’ladi.