Juftlama qadamlar bilan orani ochish. « O‗rtadan (o‗ngga, chapga) ikki qadamga juftlama qadamlar bilan - orani oching!» buyruq berilgandan keyin, o‗qituvchi orani ochish tugagunga qadar «bir- ikki» deb sanab turadi. Orani ochishni chetdagi qatorlar (yoki qator) boshlaydi. Keyinchalik navbatma- navbat har ikki sanoqdan keyin, qolgan qatorlar orani ochadilar. Orani yaqinlashtirish uchun quyidagi buyruq beriladi: « 0 ‗rtalikka (o‗ngga, chapga) juftlama qadamlar bilan-yig‗iling!». Hamma qator baravariga yaqinlasha boshlaydi. O‗qituvchi yaqinlashish tugagunga qadar «bir- ikki» deb sanab turadi.
Topshiriq bo ‘yicha orani ochish.Masalan: «Bir- biringizdan ikki qadam masofada turing!», «Qoilarni yonga uzatib orani oching!» va hokazo.
O‗qituvchi qatorlarda zarur bolgan masofaga qo‗ygan boshlovchilarga qarab orani ochish mumkin.
Yoysimon ochilish.Mashqlarning bu guruhi darsda o‘tiladigan umumrivojlantiruvchi yoki boshqa mashqlami bajarish oldidan qulay joylashtirish va mashqlami o‗rganishni osonlashtirish maqsadida qo‘llaniladi.