Uzunlik o’lchovi birligi. 1960 yilgacha uzunlik birligi 1 m ning xalqaro etaloni sifatida kesimi X shaklida bo'lgan va platina (90%) hamda iridit (10%) qotishmasidan yasalgan brusning ikki shtrixi (chiziqchasi) o'rtalari orasidagi masofa (°S da) qabul qilingan edi. Bu etalonda ikki shtrix o'rtalari orasidagi masofani yo 0,1 mkm. dan ortiq aniqlik bilan o'lchash mumkin bo'lmaganligi uchun fan va texnikaning talablariga javob bermay qoldi. Uning yana bir kamchiligi tabiiy ofat (zilzila, suv toshqinni) vaqtida yo'qolishi mumkin edi. Shuning uchun 1960 yilda ISO ning oliy organi XI Bosh anjumani metrning yangi aniqlanishini qabul qildi. Yangi tizimda 1 metr kripton (gaz) yorug'lik to'lqinlarining uzunliklari yordamida ifodalangan, ya'ni bu tushuncha tabiiy miqdorga bog'langan, ya'ni "metr, vakkumda kripton-86 spektrining to'q sariq chizig'iga mos nurlanish to'lqinlarining 1650763,73 tasiga teng uzunlikdir."
Haroratni o`lchash birligi. Kelvin gradusitermodinamik harorat shkalasi bo'yicha haroratni o'lchash birligidir. Bu harorat shkalasi ingliz fizigi U. Tomson (lord Kelvin) tomonidan 1848 yildayoq taklif etilgan edi. Bu shkalaga muvofiq haroratning nol qiymati absalyut nolga (-273,15°S ga) teng. Suvning uchlik nuqtasining harorati 273,16 K yoki Tselsiy bo'yicha 0,01°S ga teng. Suvning uchlik nuqtasi deganda uning qattiq, suyuq va gazsimon fazadagi muvozanatlik nuqtasi tushuniladi. Bunday nuqta muz harorati yo 0,0001°S gacha aniqlik bilan yo 0,01°S gacha yetganda hosil bo'ladi. 1742 yildan buyon mavjud bo'lgan va keng tarqalgan selsiy shkalasida muzning erish nuqtasi 0°S deb qabul qilinadi, suvning qaynash nuqtasi 100°S esa o'lchashning zaruriy aniqligini ta'minlay olmaydi. Suvning qaynay boshlash nuqtasini aniqlashdagi xato amaliy ravishda 0,01 dan 0,02°S gacha oraliqda ekani aniqlangan.
O'lchash vositalarining asosiy ko'rsatkichlariga shkala bo'linmasining intervali, yo'l qo'yilgan xatolik, o'lchash chegaralari, o'lchashdagi zo'riqishlar kiradi (O'z RST 8.010-93).
Shkala bo`limining qiymati deb, o'lchanadigan miqdorning shkaladagi bir bo'limiga mos qiymatga aytiladi. Masalan, soat tipidagi indikator shkalasidagi bir bo'limning qiymati 0,01 mm ga teng.