Saidov oybek



Yüklə 206,92 Kb.
səhifə4/5
tarix29.03.2023
ölçüsü206,92 Kb.
#90924
1   2   3   4   5
Amaliy mashg\'ulotlar mustaqil ishi — копия (2)

Bilvosita ollchashda izlangan miqdor u bilan ma'lum bog'lanishda bo’lgan boshqa bir miqdorni o’lchash yo’li bilan topiladi. Masalan, katta valning D diametrini topish uchun uni ruletka bilan aylantirib, o’rab olib, ruletkaning valni bir marta o’ralgan qismini uzunligi topiladi. Geometriyadan esa aylananing I uzunligi pD ga teng ekani ma’lum;
Kontaktli o’lchash usuli bilan o’lchashda o’lchanadigan buyum va o’lchash asbobining sirti bir biriga tegadi (masalan, val o’lchamini shtangensirkul bilan oichanganda shunday bo’ladi).
Kontaktsiz o’lchash usuli bilan o’lchaganda o’lchanayotgan buyum va o’lchash asbobining sirti bir-biriga tegmaydi (masalan, optik yoki pnevmatik o’lchash asboblari yordamida o’lchaganda shunday bo’ladi).
Detallarning yaroqli yoki yaroqsiz ekanini aniqlash maqsadida ishlab chiqarishda ba’zan detallarni nazorat qilish degan tushunchadan foydalanadilar. Nazorat qilish deganda o’lchamning haqiqiy qiymati emas, balki detalning o’lchami yo’l qo’yilgan eng katta va eng kichik o`lchamlaridan, ya’ni joizlik chegaralaridan og’masligini qayd qilish tushuniladi.
Differensial o’lchash usulida detalning har bir elementi alohida boshqasiga bog’liqsiz o’lchanadi yoki nazorat qilinadi. Masalan, tashqi yoki ichki diametrlarni aniqlash, shlitsali birikmada shlitsaning enini aniqlash. Detalning yaroqliligi haqidagi xulosa hamma o’lchashlardan keyin qilinadi.
Kompleksli o’lchash usuli yoki nazoratini amalga oshirish uchun maxsus asboblar yoki kalibrlar qo’llanilib detalning yaroqliligi haqida darhol xulosa qilinadi. Bunda birdaniga hamma yoki bir nechta parametrlar o’lchanadi yoki nazorat qilinadi. Masalan, shlitsali tiqin yoki halqa bilan nazorat qilishda.

2-taqdimot mavzusi:Metrologiya haqida umumiy tushuncha Reja: 1.Metrologiya haqida tushuncha 2. Metrologiya o’lchashlar


Metrologiya (yunoncha: metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) ni baholash usullari va ifodalash yoʻllari; d) oʻlchashlar bir xilligini taʼminlash; ye) etalonlarni yaratish; j) oʻlchash vositalari va oʻlchash uslublarining tavsiflarini aniqlash va birliklar oʻlchamlarini etalonlardan qolgan barcha oʻlchash vositalariga oʻtkazish usullari. M. turli oʻlchovlar (chiziqli kattaliklar, massa, sigʻim va boshqalar), shuningdek, turli mamlakatlarda koʻllaniladigan tangalar va ular orasidagi nisbatlarni bayon etuvchi fan sifatida ifodalangan. 1975-yil 20-mayda Xalqaro Metrik Konvensiyaning imzolanishi, oʻlchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi ilmiy institutining hukumatlararo darajada taʼsis etilishi M.ning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega boʻldi.
M. yuqori aniklikdagi fizik tajribalarga tayanadi, u fizika, kimyo va boshqa tabiiy fanlar yutuklaridan foydalanadi, shu bilan birga, moddiy dunyo obʼyektlari xossalarining miqdoriy ifodalanishiga imkon beruvchi oʻziga xos qonun va kridalarni belgilaydi. Oʻlchashlarning umumiy nazariyasi va natijalari (nazariy M.) ning haqqoniyligini baholash uzluksiz rivojlanmoqda; unga oʻlchash jarayonlari va bu jarayonlarning elementlari: oʻlchanayotgan kattaliklar, ularning birliklari, oʻlchash vositalari va usullari, oʻlchash sharoitlari, oʻlchash natijalarini tahlil qilish va oʻrganish natijasida olingan maʼlumotlar va umumlashmalar kiradi.
M.da oʻlchanadigan kattalik obʼyekt (tizim, jarayon) ning xususiyati sifatida izohlanadi. U sifat jihatidan ajratilishi va miqdoriy aniqlanishi mumkin, yaʼni xususiyat sifatida kator obʼyektlar uchun umumiy va u bir obʼyekt uchun boshkasiga Karaganda maʼlum son marta katta yoki kichik boʻlishi mumkin. Mas, uzunlik, massa, zichlik, temperatura, kuch va boshqa (obʼyektning fizik xususiyatlarini aks ettiruvchi kattaliklar). Har bir obʼyekt yetarlicha aniqlikdagi xususiyatlarga — uzunlik, massa, zichlik va boshqa ga ega; obʼyekt uchun kattalik tushunchasi aniq boʻladi (mas, stolning uzunligi, tarozi toshining massasi, suyuklikning zichligi va boshqalar). Faqat aniq kattaliklarni oʻlchash mumkin. Katallikka obʼyektiv (miqdoriy) baho berish uchun shu kattalikning birligini (ayrim kattaliklar uchun — shkalani) tanlab olish kerak. Kattalik birligi — sonli qiymati keli-shuv boʻyicha birga teng qilib qabul qilingan (aniq) kattalik. Har xil oʻlchamli (mas, temperatura shkalasi, Brinel boʻyicha qattiqlik shkalasi) bir nomdagi kattaliklar qiymatlarining ketma-ketligi kattalik shkalasi deb ataladi.
Fanning rivojlanishi bilan ayrim birliklar va ularning kattaliklarini tasodifiy tanlashdan birliklar tizimlarini tuzishga oʻtildi. M.da fizik kattaliklar va kattaliklar birliklari tizimlarini tuzish prin-siplari oʻrtasidagi aloqalar, shuningdek, anik, birliklar tizimining nazariy tomonlari koʻriladi. Hozirgi vaqtda yuzdan ortiq davlat rasman qabul qilgan Xalqaro birliklar tizimi SI keng qoʻllaniladi. Nazariy M. oʻlchashlar anikligi (oʻlchashlar xatoligi) ni va noaniqligini baholash usullariga bagʻishlangan. Bunda ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, shuningdek, matematikaning boshqa boʻlimlaridan keng foydalaniladi.
Oʻlchashlarning bir xilligiga erishish uchun qoʻllaniladigan barcha oʻlchash vositalari toʻgʻri darajalanishi va ularni davriy qiyoslash yoki kalibrlashdan oʻtkazish lozim. Buning uchun kattaliklar birliklarining etalonlari — oʻlchash vositalari, kattaliklar birliklarini asliday qaytarish va ularning oʻlchamlarini boshqa oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan barqarorligi yuqori va aniq maxsus texnik vositalar qoʻllanilgan. M. etalonlar yordamida kattaliklar birliklarini qayta tiklash usullarini va ularning aniqligini oshirish yoʻllarini, shuningdek, birliklar oʻlchamlarini oʻtkazish usullari (qiyoslash uchullari) ni ham oʻrganadi.

4-taqdimot mavzusi: Tishli birikmalarda o’zaro almashuvchanlik asoslari Reja 1.Tishli birikma haqida ma’lumot 2. Tishli birikmalarning turlari



Yüklə 206,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin