Shlyuzlar ko`priklarning o`zi, lekin ular zarurat paydo bo`lganda, ma'lu- motlarni bir turdan ikkinchi tarmoq uchun tushunarli boshqa turga aylantiradi.
Internet bo`ylab ma'lumotlar uzatilganda ular uzoq masofaga jo`natilishi mumkin. Bunda esa ma'lumotlarni tashuvchi signallar so`na boshlaydi. Repiterlar signallar so`nib qolmasligi uchun ma'lum masofadan keyin ularni kuchaytiradilar. Marshrutizatorlar esa internetdagi ma'lumotlar oqimini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Ularning vazifasi ma'lumotlar joylangan paketlarni har doim ke- rakli yo`nalishda borishini ta'minlashdir. Agar ma'lumotlar bitta mahalliy tarmoqqa tegishli kompyuterlar orasida uzatilsa, marshrutizatorlarning keragi yo`q, chunki Hubning o`zi mahalliy oqimni boshqara oladi. Marshrutizatorlar ikkita tarmoq orasida ma'lumot uzatilayotganda ishlay boshlaydilar. Marshrutizatorlar paketlarni tekshirib, ularning oxirgi manzillarini aniqlaydi va paketlarni bu manzilga yaqinroq boshqa marshrutizatorga uzatadi.
Yuqoridagi barcha qurilmalar ko`plab tarmoqlarni birlashtiradi va bularning hammasi Internetni tashkil etadi. Korporativ mahalliy tarmoqlar eng kichik tarmoqlardir. Ular birlashib, o`rtacha darajadagi tarmoqlarni tashkil qiladi. Bir geografik hududda joylashgan tarmoqlar birlashib, mintaqaviy tarmoqlarni tashkil etadi. O`z navbatida bu tarmoqlar ham birlashib, keng hududli tarmoqlar (wide area network yoki qisqacha WAN)ni tashkil etadi. Bir mintaqaviy tarmoq ichida
ma'lumotlar marshrutizatorlar yordamida uzatilishi mumkin. Lekin ma'lumotni bir mintaqaviy tarmoqdan ikkinchisiga uzatish kerak bo`lsa, bu ma'lumot tarmoqning kirish nuqtasi (network access point yoki qisqacha NAP)ga jo`natiladi. Bu nuqtadan ma'lumot magistrallar orqali katta tezlikda ikkinchi mintaqaviy tarmoqning kirish nuqtasiga uzatiladi. Bu magistrallarda ma'lumotlar 155 Mb/s va undan katta tezlikda uzatiladi. Hozirgi kunda tezligi 1020 Gigabit/s bo`lgan va multimedia koridorlari deb ataluvchi magistrallar mavjud.
Tarmoqning oraliq tugunlari (marshrutizatorlar)da har bir paketning nazorat yig`indisi qayta hisoblanadi. Zaruriyat bo`lganda, oraliq tugunlarda ma'lumotlarni uzatish marshruti (yo`li) tarmoq kanallarining zo`riqishining oldini olish maqsadida o`zgartirilishi mumkin.
Mahalliy tarmoqdagi kompyuterlar biribiri bilan asosan ikki usulda: yulduzsimon va halqasimon usulda ulanadi. Oxirgi paytda yulduzsimon ulanish juda keng tarqaldi. Bu usulda ulanish uchun har bir kompyuter tarmoqkarta-siga ega bo`lishi kerak. Hozirgi paytda kompyuterlarning asosiy platasiga tarmoq kartasi joylanmoqda va bu yulduzsimon tarmoq turining keng tarqalishiga sabab bo`ldi. Yulduzsimon ulanishda kompyuterlar tarmog`i Ethernet tarmog`i deb ham ataladi. Ethernet – bu ulanish standartini taklif qilgan va tarmoq kartalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya nomi.
Ethernet tarmog`ida tarmoqdagi barcha kompyuterlar birbiri bilan bevosita ma'lumot almashishi mumkin. Ma'lumot almashish tezligi esa sekundiga 10/100/1000/ Megabit bo`lishi mumkin. Bu usulda tarmoq yaratish uchun har bir kompyuterdagi tarmoq kartasidan tashqari, Hub (tarmoq tuguni) deb ataluvchi qurilma ham kerak bo`ladi. Hozirgi kunda 4, 8, 12, 16, 24, 48 tagacha kompyu- terlarni ulash uchun Hub lar ishlab chiqarilmoqda. Ularda ma'lumot almashish tezligi sekundiga 10/100 yoki 10/100/1000 Megabitgacha bo`lishi mumkin. 10 Mb tezlik uchun o’ramajuflik(dbnfzgfhf) deb ataluvchi sodda kabeldan foyda- laniladi. Odatda bunday kabel orqali Hubdan ancha olis bo`lgan qurilmalar masa- lan, xonadan yoki binodan tashqaridagi kuzatuv yoki veb kameralar tarmoqqa ulanadi. 100 Mb tezlik uchun 8 ta simdan iborat RJ45 rusumli kabeldan foyda-
laniladi. 1000 Mb tezlik uchun tarmoq kartalari ko`plab asosiy platalarga o`rna- tilmoqda va yaqin vaqtda bu standartning ham ommaviylashishi kutilmoqda.
Ajratilgan telefon liniyalarda ma'lumotlarni uzatish tezligi 56 Kb/s gacha etadi. Keng polosali telefon kabellari orqali ulanganda T1 rusumli kabellar uchun tezlik 1,544 Mb/s, T3 rusumli kabellar uchun tezlik 44,746 Mb/s gacha etadi. DSL usulida tezlik 64, 128, 256, 512, 1024 Kb/s bo`lishi mumkin va bu usuldan yakka tartibda ulangan foydalanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.
Ma'lum hududda joylashgan tarmoqlar mintaqaviy tarmoqqa birlashishi mumkin. Mintaqaviy tarmoqlarda ma'lumot almashish marshrutizatorlar yordamida amalga oshiriladi. Mintaqaviy tarmoqlar birbiri bilan magistrallar orqali birlashtiriladi. Magistralda tezlik 155 Mb/s va undan yuqori bo`lishi mumkin.