Faylserverxizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o‘z ma’lumotlarini aso- siy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin;
Printserverxizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o‘z ma’lumotlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog‘ozga chop qilishi mumkin;
Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;
Kompyuter vafoydalanuvchiboshqaruvixizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o‘zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Kompyuter tarmoqlarida ma'lumotlarni uzatish
Internet orqali ma'lumot jo`natganingizda, u ko`zlangan manzilga osongina yetib borgandek tuyuladi. Aslida bu juda murakkab jarayon. Internet orqali ma'lumot uzatganingizda kompyuterlar internet bo`ylab ma'lumot uzatishda foyda- lanadigan TCP (Transmission Control Protocol – uzatishni boshqarish ) protokoli ma'lumotni avval kichikroq bo`laklar–paketlarga bo`lib chiqadi. Bu paketlarda boshqa foydali ma'lumotlar ham bo`ladiki, ular paketlarni internet bo`ylab to`g`ri yo`naltirishga yordam beradi. Sizning kompyuteringiz bu paketlarni sizning mahalliy kompyuter tarmog`ingizga, Internet xizmatlari provayderiga yoki onlayn xizmatni ko`rsatuvchi boshqa tashkilot kompyuteriga jo`natadi. Paketlar oxirgi manzilga yetib borguncha, turli tarmoqlardan, kompyuterlardan va aloqa kanal- laridan o`tadi. Bir qator apparat qurilmalari paketlarni qayta ishlaydi va to`g`ri
yo`nalishda yo`naltirib turadi. Bu qurilmalar tarmoqlar orasida ma'lumot uzatishga
xizmat qiladi va internetning yagona tarmoq sifatida faoliyat ko`rsatishiga olib keladi. Beshta eng asosiy qurilma: hub (tugun), bridge (ko`prik), gateway (dar- boza yoki shlyuz), repeater (tiklagich), router (marshrutizator yo`naltirgich) lar internet tarmog’ida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hub (hab deb o`qiladi) juda muhim ahamiyatga ega. Ular bir guruh kompyuterlarni bir-biri bilan bog`lab, kompyuterlarning mahalliy tarmog`ini (local area network yoki qisqacha LAN) yaratishga va kompyuterlarni birbiriga ulana olishiga xizmat qiladi. Ko`priklar mahalliy tarmoqlarni birbiri bilan bog`laydi. Ular mahalliy tarmoqqa yo`natiladigan ma'lumotlarni tarmoq ichida olib qoladi va boshqa mahalliy tarmoqdagi kompyuterga jo`natilishi kerak bo`lgan ma'lumotlarni tarmoqdan tashqariga chiqarib yuboradi.