Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlsh va h.k.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining arxitektura va qurilish sohasiga qo’shayotgan hissasi katta bo’lib, xususan zamonaviy texnologiyalarni yaratilishi va qo’llanilishi, shuningdek zamonaviy dasturlarni yaratilishi hamda qurilish soha- sida qo’llanilayotganligi barchamizga sir emas.
Hozirgi kunda qurulish sohasiga bevosita xizmat qilib kelayotgan quyidagi axborot texnologiyalarining bir nechtasini keltirib o’tish mumkin. Ularni texnik va dasturiy texnologiyalarga ajratish mumkin:
Dasturiy vositalarga - tizimli va amaliy dasturlar, bularning qatoriga multi- media dasturlarini, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari dasturlarini-CAD(Computer-Aided Design)-qurilish ob’ektlarini loyihalash va konstruktorlik yoki texnik hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy majmua, CAM(ComputerAidedManufacturing)-ishlab chiqarishda texnologik tayorgarlik masalalarini echish uchun, CAE (Computer Aided Engineering)-injenerlik hisob ishlarini bajarish, tahlil qilish va loyiha echimlarini tekshirish uchun xizmat qiladi,AAD (Autodesk Architectural Desktop)-arxitektura-qurilish loyihalarini bajarish uchun,ABS(AutodeskBuildingSystems)-ichki injenerlik tarmoqlarini loyihalash, AAS (Auto-desk Architectural Studio)-loyiha ma’lumotlarini multi- mediali qayta ishlash va konseptual loyihalash uskunasi, ArchiCAD –3D model- lashtirish muhitida ishlovchi Graphisoft kompaniyasining dasturi bo’lib arxitek- tura-qurilish sohasidagi eng yaxshi va qudratli loihalash dasturlar tizimi, (BuildingInformation Modeling-BIM)- qurilishni axborotli modellashtirish tizimi, ArCon"Arxitektura va dizayn" – arxitektorlar, dizaynerlar va ko’chmas mulk sohasi mutaxassislari uchun mo’ljallangan uylar, kvartiralar, imoratlarni professianal loyihalaovchi va rasmiylashtiruvchi dasturiy mahsulot, Allplandasturi-Nemetschek nemis firmasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilish loyihalari hayotiylik tsiklining barcha fazalarini echish uchun mo’ljallangan, Siste- ma CATIA(Computer Aided Threedimensional Interactive Application) tizimi- yuqori darajadagi juda ommalashgan ALT idan biri, DesignCAD3DMax- 2D/ 3D modellashtirish uchun qulay bo’lgan dastur, nоnoCAD- erkin tarqatuvchi bazali Rossiyaning ALT i, TurboCAD- CAD formatida professinonal loyihalov- chi yangi universal ilova, КОМПАС - Rossiyaning ASKON firmasi tamonidan ishlab chiqilgan ЕСКД ва СПДС standartlarida loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtiruvchi dastur, “Aqilli uy” texnologiyalarini ham keltirib o’tishimiz mumkin. Лира dasturiy kompleksi- zamonaviy dasturiy kompleks bo’lib, konstruktsiyalarning turg’unligi va mustahkamligini hisob-tadqiqot qilishda ishlatiladi, Monomax dasturiy kompleksi-ko’p qavatli karkasli binolarda temir- beton konstruksiyalarni avtomatlashtirilgan loyihalash uchun ishlatiladi,
Medusa4 – xususiy foydalanuvchilar uchun mo’ljallanshgan bepul lisenziyali avtomatlashgan loyihalash tizimi, MathCAD – matematik-injener-texnik va ilmiy masalalarni echish uchun mo’ljallangan integrallashgan tizim.