Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə29/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Dastlabki ma’lumotlarni GIS uchun tayyorlash. Kartani tuzishga kirishishdan avval, mutaxassis natija qanday bo’lishini aniq tassavur qilishi, kartaning masshtabi, unda qancha hudud aks ettirilishi, qaysi elementlar asosiy va qaysilari ikkinchi darajali, batafsillik darajasi qanday, jarayonlarni ko’rsatish qaysi materiallar asosida bajarilishi, hududning xususiyati va h.k. bilishi kerak, aks holda karta tuzishni tasavvur qilish qiyin.
Shuning uchun MapInfo dasturida karta tuzilayotganda, redaktor tomonidan katta tahririy tayyorgarlik ishlari bajariladi. Aynan u hamma yuqorida keltirilgan savollarni o’rganadi va karta dasturida yoki redaksion ko’rsatmalar hujjatlarida qayd etadi. Bunday hujjatlarning mazmuni, tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar
«Kartashunoslik, Umumgeografik kartalarni loyihalash va tuzish, Tabiiy kartalarni loyihalash va tuzish» va boshqa kurslarda batafsil bayon etilganligi sababli, uslubiy qo’llanmada redaktorlik ishlari jarayoni ko’rib chiqilmagan. Bundan tashqari, MapInfo dasturida GISni hosil qilishda zarur bo’lgan Kartografiya fanining nazariy asoslari va mavzuli kartalarni tuzishning "qog’ozli" texnologiyasi, talaba tomonidan yetarli darajada o’zlashtirilgan va qaytarishning hojati yo’q, deb o’ylaymiz.
GIS-texnologiyasida kartalarni tuzishda ma’lumotlar raqamli ko’rinishga keltiriladi. Raqamlash 2 xil usulda - maxsus moslamalar yordamida kartografik materiallarni skanirlash va digitalizasiya qilish, so’ngra vektorli ko’rinishga keltirish, yoki rastrli ma’lumotlarni vektorlash yo’li bilan amalga oshadi.

Nazorat savollari


  1. Ma’lumot tushunchasini izohlab bering?

  2. Ma’lumotlarni ko’rinishiga qarab qanday turlarga ajratish mumkin?

  3. Ma’lumotlar tuzilishi bo’yicha qanday turlarga ajratilishi mumkin?

  4. Ma’lumotlar qachon axborotga aylanadi?

  5. Axborot tushunchasini izohlab bering?

  6. Axborot mazmuni deganda nimani tushunasiz?

  7. Axborot makoni deganda nimani tushunasiz?

  8. Axborot manbai deganda nimani tushunasiz?

  9. Axborot resursi deganda nimani tushunasiz?

  10. Axborot resurslarining mulkdori deganda nimani tushunasiz?

  11. Axborot ob’ekti deganda nimani tushunasiz?

  12. Axborot mahsulotlari nima?

  13. Axborot va ma’lumotlarning tavsifi.

  14. Axborotning turlari, o’lchov birliklari.

  15. Axborot mahsuloti va xizmatlarini qanday turlarga ajratish mumkin?

  16. Axborot texnologiyalarining alternativ ta’riflarini keltiring?

  17. Axborot texnologiyalarini sxematik tashkil etuvchilariga nimalar kiradi?

  18. Axborot texnologiyalari qanday vazifalarni bajaradi?

  19. Axborot texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalariga nimalar kiradi?

  20. Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining sxematik ko’rinishi.

  21. Axborot texnologiyalarini axborotlarga ishlob berish darajasiga ko’ra qanday klassifikasiyalashimiz mumkin?

  22. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar nimalarni o’z ichiga oladi?

  23. Arxitektura va qurilish sohasida qo’llaniladigan qanday dasturiy vositalar mav- jud?

  24. Qurilishda axborot texnologiyasi va kommunikatsiya texnologiyalarining roli.

  1. Yüklə 3,26 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin