Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə37/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor xotiradan keladi. Buyruqlar baytlar ko`rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir
baytga joylashtiriladi, lekin shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch va undan ortiq baytlar kerak bo`ladi. Ko`pchilik zamonaviy protsessorlar 32 raz- ryadli buyruq shinalarga ega.
Tizimli blokdagi shinalar faqat protsessor bilan bog`lanish uchungina ishla- tilmaydi. Tizimli blokning barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga unga ulangan qurilmalar bir - birlari bilan o`zaro shinalar yordamida bog`langan.

Tashqi xotira va tashqi xotira qurilmalari.


Tashqi xotira shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan tizim platasiga o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilan birga, tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi xoti- ra qurilmalari kompyuter tizimli blokida joylashishi bilan birga uning alohida korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni o`zida jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi – bu axborotni o`zi- da saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma deb qa- rash mumkin. Axborot tashuvchilar uch xil bo`ladi: lentali, diskli va mikrosxemali. Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli, magni- tooptik va optik bo`ladi, mikrosxemalilari esa chipsetli raqamli bo’ladi.
Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo`linadi: qattiq disklar, egiluvchan disklar va la- zerli (optik) disklar.
Qattiq disk (HDD–Hard Disk Driver). Qattiq magnit disk kompyuterda ishla- nadigan dasturlar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p hollarda qattiq disklar vinchester nomi bilan yuritiladi. Vinchester tashqi ko`rini- shidan silliq germetik yopiq qutiga o`xshash bo`lib, uning ichida umumiy o`qqa ega bo`lgan aylana shaklidagi bir nechta qattiq alyumin yoki shishali plastinkalar joylashgan. Uning ichidagi disklar soni o`ntagacha bo`lishi mumkin. Ularning yu- qori qismi aylana shaklida ajratilgan bo`lib, ular yo`laklar (track) deb ataladi. Har
bir yo`lak o`z raqamiga ega. Bir xil raqamli yo`laklar disklarda ustma – ust joy- lashgan holda tsilindr shaklini hosil qiladi. Diksdagi yo`lakalr sektorlarga ajra- tilgan. Sector 571 bayt joy egallaydi. Sektorlar va yo`laklar diskni formatlash vaq- tida hosil bo`ladi. Foydalanuvchi formatlashni maxsus dasturlar orqali amalga oshiradi. Formatlanmagan diskga hech qanday axborot yozib bo`lmaydi. Qattiq diskni bir necha logik disklarga bo`lish mumkin. Bu kompyuterda ishlashda foyda- lanuvchining ishini engillashtiradi.
Monitor–bu chiqarish qurilmasi bo`lib, kompyuterda matnli va grafikli ma’lumotlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Foydalanuvchilarning nuqtayi nazariga ko`ra, monitorlarning asosiy xarakteristi- kalari quyidagilar hisoblanadi:

  • diagonal bo`yicha o`lchami;

  • tasvirlash joylashishi;

  • regeneratsiya chastotasi.


Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin