Ko`pfunksionalliklaviatura.Bunday klaviaturalar eng qimmat klavia- turalardan biri bo`lib, telekommunikatsiya tizimlarini boshqaruvchi tugmachalar bilan jihozlangan va professional foydalanuvchilarga mo`ljallangan.
O`z vazifalariga ko`ra klavishlar besh guruhga bo`linadi:
Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar.
Funksional yoki amal klavishlari.
Boshqaruvga oid klavishlar.
Kursorni boshqaradigan klavishlar.
Qo`shimcha panel klavishlari.
Eng katta guruh – harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar guruhi bo`lib, ular yordamida kirill va lotin alifbosining katta–kichik harflari, sonlar, maxsus bel- gilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo`lmagan klavishning nomi Spacerbar (probel) deb ataladi va bo`shliq belgisini kiritishga mo`ljallangan. Har bir klavishlar ikki rejimda (registrda) ish- lashi mumkin va mos ravishda bir necha belgilarni kiritish uchun xizmat qiladi. Pastki registrda kichik, yuqori registrda esa katta simvollar kiritiladi. Ikki holatning biridan ikkinchisiga o`tishni Shiftyoki CapsLockklavishlari orqali amalga oshiriladi.
Funksional klavishlar guruhiga 12 ta klavishlar kirib, ular F1 dan F12 gacha nomlangan va ular klaviaturaning yuqori qismida joylashgan. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Ba’zi hollarda ular- ning funksiyasi operatsion tizimga ham bog`liq bo`ladi. Ular 12 ta bo`lishiga qaramasdan, ko`pincha F1 dan F10 gachasi ishlatiladi.
Boshqaruvga oid klavishlarhar xil boshqarish vazifalarini bajarish maq- sadida ishlatilib, registrni o`zgartirish, o`rnatish rejimlari, har xil klavishlar kombi-
natsiyasini o`rnatish va boshqalarni bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan, Caps