Modemlar. Modem – bu mo(modulyatsiya) va dem(demodulyatsiya) so`zla- ridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lu- motlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signallarga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommu- nikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofa- larga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`la- di. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
Aloqa va kommunikatsiya vositalari. Mobil texnologiyalar
Алоқа ва коммуникация воситалари ахборотларни узатиш, қабул қилиш, кодлаштириш ва қайта кодлаштиришда муҳим аҳамият касб этади. Ахборотларни узатиш ва қабул қилишда қуйидаги алоқа ва коммуникация воситалари муҳим аҳамият касб этади. Уларга телефон, телеграф, факслар, модемлар, маршрутловчи қурилмалар, концентраторлар ва мобил алоқа қурилмалари киради. Бу қурилмалар ахборотларни узатиш ва қабул қилишда симли ва симсиз алоқа воситаларидан фойдаланилади.
Алоқа ва коммуникация воситаларининг фаолият жараёнидан наъмуна.
Modem - telefon tarmog‘i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashish imkoniyatini beradi.
Konsentrator (Hub) - tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinu- vini ta’minlovchi maxsus qurilma.
Axborotni uzatish kabellari – tarmoqda axborotni bir kompyuterdan bosh- qasiga uzatishga xizmat qiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – (ingl: information andcommunication technologies(ICT)-rus:информационно-коммуникационная тех-нология(IKT)) – bu : Xususiy, umumiy va ishlab chiqarish kommunikatsiyasida axborotlar tayyorlash, qayta ishlash va yetkazish bilan bog’liq bo’lgan ob’ektlar, harakatlar va qoidalar, shuningdek barcha texnologiyalar hamda sanab o’tilgan jarayonlarni birlashgan ravishda ta’minlovchi sohalar majmuasi. AKT tushunchasiga mikro elektronika, kompyuter va dasturiy ta’minot, telekommunikatsiyalar ishlab chiqish hamda ishlab chiqarish, Internetdan foydalanishni ta’minlash, Internetning axborot resurslarini ta’minlash, shuningdek sanab o’tilgan sohalar bilan bog’liq bo’lgan turli xil hodisalar va bu faoliyat sohalarini tartibga soluvchi qoidalar (rasmiylari kabi norasmiylari ham) kiradi.
Axborotni yaratish, uzatish, boshqarish va unga ishlov berish bilan bog’liq bo’lgan texnologiyalar.
Xohlagan kommunikatsiya qurilmasi yoki qo’llanmaga nisbatan ishlatiluvchi umumiy atama, jumladan: radio, televidenie, mobil telefonlar, kompyuterlar va tarmoq uskunalari va dasturiy ta’minot, yo’ldosh tizimlari va h.k., shuningdek turli xizmatlar va ularga tegishli dasturlar, masalan, video anjuman va masofaviy ta’lim. AKT, shuningdek, torroq ma’noda ham ishlatiladi, masalan, AKT ta’limda, tibbiyotda, kutubxonada va h.k. Yevropa Komissiyasi fikricha, AKT muhimligi texnologiyaning o’zida emas, balki AKTning aholi orasida ko’proq axborot va kommunikatsiyasidan foydalanish qobiliyatidadir. Dunyoning ko’p mamlakatlari AKT rivojlanishi uchun tashkilotlar yaratgan, chunki rivojlangan mamlakatlarning texnologiya jihatidan kamroq rivojlangan mamlakatlarga nisbatan ustunligi texnologiyalar bor va texnologiyalar yo’q hududlar o’rtasidagi iqtisodiy ajralishni keskinlashtirishi mumkin. Jahon
miqyosida BMT raqamli tabaqalanishga qarshi vosita sifatida “AKT rivojlanish uchun” dasturini aktiv ravishda olg’a surmoqda.
Алоқа воситалари ва мобил алоқа технологиялариni quyidagicha tartibda o’rganib chiqamiz:
Мобил телефон ва мобил алоқа муҳити;
Мобил алоқа хизмати операторлари;
Мобил алоқа ҳизматлари: сўзлашув, мобил интернет ва почта;
Мобил алоқа воситалари: Smartphone, iphone ва планшетлар;
Мобил алоқа воситалари ёрдамида ахборот алмашиш: Bluetooth, SMS ва MMS;
Мобил телефонлардан фойдаланиш ва ахборот алмашиш маданияти.