Salom Do’stlar



Yüklə 3,26 Mb.
səhifə44/133
tarix12.09.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#142775
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133
Қурилишда AT Ma\'ruzalar matni

Skanerlar. Skaner – matn, grafik, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avto- matlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Kompyuterga biror mavjud bo`lgan matnni yoki grafik tasvirlarni kiritib, ularni keyinchalik qayta ishlash kerak bo`l- ganda skanerdan foydalaniladi. Agar bunday axborotlarni standart kiritish qurilma-
lari yordamida kiritsak juda ko`p vaqt talab qilinadi. Skaner qilingan axborotlar maxsus dasturlar yordamida qayta ishlanadi va matnli yoki grafikli fayllar ko`rini- shida saqlanadi.
Skanerlar rangli va rangsiz bo`ladi. U hozirda, asosan rangli ko`rinishda chiqarilayapti. Uning andazasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqa- radigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan.
Uning asosiy xarakteristikasi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo`lgan rang- da (xususan, oq – qora rangli) ko`rinishda chiqarish joylashtirishdir. Ushbu tas- virlash joylashishi gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni or- qali belgilanadi. Odatda, bu xarakteristika misol uchun 300x600, 600x1200 ko`ri- nishda bo`ladi. Bu degani gorizantal chiziqlar bo`yicha piksellar soni 300 (600), vertikal bo`yicha piksellar soni 600 (1200) ekanligini bildiradi.
Nuqtalar soni qancha ko`p bo`lsa, ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo`ladi. Shuni aytish lozimki, dastur vositalari yordamida skanerning tasvirlash joylashishi ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko`rilganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi dasturlardan foydalanish zarur.
Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ba’zi skanerlar maxsus kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo`lib, ular orqali ula- nadi. Bunda plata kompyuterning asosiy platasining (sistema platasi) maxsus joyiga ulanadi. Ba’zi skanerlar parallel portga to`g`ridan – to`g`ri ulanadi. Hozirda, asosan, SCSI–3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andaza kompyuterga ko`plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan, skanerni ulash imkonini beradi. Skaner dastur bosh- qaruvida ishlaydi. Matnlarni yaxshi tanish uchun maxsus obrazlarni tanuvchi das- tur vositalaridan foydalaniladi. Bunday dasturlar hatto qo`lyozmalarni ham tanib olish xususiyatiga ega. Shunday dasturlar Fine Reader va Cunei Form nomlari bilan ataladi.
Tasvirlar (rasm, grafik) bilan ishlash uchun Adobe PhotoShop dasturi ishla- tiladi. Uning yordamida tasvirlar ustida turli tahrir qilish ishlari olib boriladi.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin