mаsаlаlаr pаnеli («Пуск» tugmаchаsi bilаn bоshlаnаdigаn qаtоr) - оdаtdа ekrаnning quyi qismidа jоylаshаdi.
Kompyuterda ishni tugаtgаch, sichqоnchаni «Пуск» tugmаchаsidа bоsib «Вы- ключить компьютер» (Kompyuterni o‘chirish) bo‘limini tаnlаsh kеrаk, hоsil bo‘lgаn sаvоl-jаvоb оynаsidаn «Выключение» (O‘chirish) buyrug‘i tаnlаnadi.
Kompyuterni o‘chirishdаn аvvаl hаmishа bаrchа оchilgаn ilоvаlаr yopilishikerak. Windowsni o’rnatish uchun texnik talablari:
Har qanday dasturni kompyuteringizga o’rnatishdan oldin uning texnik talab- lari bilan tanishib chiqishingizni maslahat bergan bo’lardik. Bu ayniqsa OT o’rnatguncha muhim ahamiyatga ega. Windows OT ni to’liq talablari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Qisqacha (odatdagi)talablar: x32 yoki x64 razryadli protsessor. Ish chas- totasi 1 Gigagers (1Gghz) yoki undan yuqori; 1GB (x32 uchun) yoki 2 GB (x64 uchun) operativ xotira (OZU); 16 GB (x32 uchun) yoki 20 GB (x64 uchun) vin- chesterda bo’sh joy; Videokarta DirectX 9 WDDM 1.0 versiyasi bilan yoki undan yuqori.
Bugungi kunda eng ko’p tarqalgan zamonaviy mobil operatsion tizimlari:
Anroid-Linux;
Windows Mobile;
Symbian OS; 4.Palm OS;
iPhone OS;
Black Berry;
Bada.
SymbianOS.Ta’sischisi - Nokia firmasi. Grafik interfeys va yadrosi bir- biridan ajratilgan. Bu uni turli mobil qurilmalarga engil moslashish imkonini beradi.
Noqulayligi – har bir versiya uchun o’z ilovalarini yaratish kerakligi.