Пуск→Все программы→Microsoft Office
amallar ketma-ketligini bajarishimiz kifoya. Shunda ekranimizda qo’shimcha muloqot oynasi paydo bo’ladi. Bu oynada:
ma’lumotlar bazai bilan ishlovchi dastur;
jadvallar yaratish, formulalar hosil qilish uchun mo’ljallangan dastur;
anketalarni joylashtirish (kadrlar bo’limi) uchun yaratilgan dastur;
internet tizimi orqali kiruvchi xatlarni o’qish imkoniyatiga va xat yuborish imkoniyatiga ega dastur;
slaydlar yaratish, ularga chiqish animatsiyalarini qo’yish imkonini beruvchi dastur;
matn ma’lumotlari bilan ishlas imkoniyatini yaratadi.
Bu dasturiy majmua ma’lumotlar bilan ishlashda, ularni kiritishda, chop etishda eng ko’p foydalaniladigan dastur.
Microsoft Office dasturiy majmuasi ilk bor Windows 95 operatsion tizimi uchun 1995-yilda Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan. Microsoft Office 95 paketida asosan Excel, Word, PowerPoint dasturlari joy olgan edi. Keyinchalik 1998-yilda Microsoft yangi Office dasturini Microsoft Office 98 deb nomlanuvchi paketni ishlab chiqdi. Bu paketga qo’shimcha qilib, Outlook va Access dasturlari kiritildi. 2000, 2003, 2007, 2010, 2013 va 2016 yilda yaratilgan Office paketidagi dasturlar soni yil sayin ko’payib takomillashib kelmoqda. Hozirgi kunda eng ko’p foydalaniladigan turi bu Microsoft Office 2010 va undan keyingi versiyadagi das- turlardir. Bu dastur nafaqat mutaxassislar balki yangi ishlovchilar uchun ham bir muncha qulay.
Microsoft Office versiyasi
|
Tarkibidagi
dasturlar soni
|
Ishlab chiqarilgan yili
|
Microsoft Office 95
|
3
|
1995
|
Microsoft Office 97
|
4
|
1997
|
Microsoft Office 2000
|
5
|
2000
|
Microsoft Office XP
|
5
|
2001
|
Microsoft Office 2003
|
7
|
2003
|
Microsoft Office 2007
|
9
|
2006
|
Microsoft Office 2010
|
9
|
2009
|
Microsoft Office 2013
|
12
|
2012
|
Microsoft Office 2016
|
12
|
2015
|
Microsoft Office paketi Microsoft Office 2003 gacha imkoniyatlari ortib, tarkibiga yangi dasturlar qo’shilib borsada o’z ko’rinishini o’zgartirmagan edi. Ammo 2006-yil sotuvga chiqarilgan Microsoft Office 2007 paketi o’zidan avvalgi avlodlarning barcha buyruqlari va imkoniyatlarini saqlab qolgan bo’lsada, ko’ri- nishi oldingi versiyalardan tubdan farq qilardi.
WORD matn muharriri Microsoft firmasining mahsulotidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo’yilgan talablarga asosan tayyor- lash, manzillarga jo’natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko’zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.
Axborotlarni biz bir nechta turlarga ajratgan edik, ya’ni matnli, sonli, grafikli, tovushli, belgili, signalli va boshqalar. Axborotlarni yana saqlanayotgan manbalariga qarab ham shartli ravishda elektron shakldagi va elektron bo’lmagan axborotlarga ajratishimiz mumkin. Elektron bo’lmagan axborotlarga ishlov berish uchun ham bir qator texnologiyalar mavjud bo’lib ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin; qalam, ruchka, qog’oz, daftar, kitob, elektron yozuv mashinkalari, ksero- kslar, tikish vositalari, qirqish vositalari, lominatorlar, shtampalovchi vositalar, bosma tsexlar va boshqalar.
Elektron shakldagi axborotlar ustida turli jarayonlarni amalga oshirish mumkin. Ular quyidagilardir:
ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish;
elektron shakldagi axborotlarni uzatish;
axborotlarni boshqa manbalardan qabul qilib olish;
axborotlarga ishlav berish, tahrirlash;
axborotlarni saqlash, arxivlash;
axborotlarni o’chirish, ko’chirish.
Axborotlarga ishlov berish uchun maxsus texnik va dasturiy vositalardan foydalanamiz. Texnik ishlov berish vositalari bilan biz oldingi mavzularda tanishib
o’tgan edik. Endi dasturiy vositalar bilan tanishamiz. Bularga asosan amaliy das- turlar majmuasini keltirishimiz mumkin. Ular quyidagilardir;
elektron blaknotlar;
matn redaktorlari;
matn protsessorlari;
kichik nashriyot tizimlari;
elektron jadvallar;
ma’lumotlar bazalarini yaratish va ishlov berish redaktorlari;
grafik redaktorlar;
taqdimot redaktorlari;
animatsiyali Veb sahifalar yaratish redaktorlari;
elektron tarjimonlar va lingvistik korrektorlar;
avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
ekspert tizimlari va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |