Matn protsessorlari yordamida murakkab, rasmiy va elektron hujjatlarni shakllantirish
Kompyuterlarda ishlovchi har bir foydalanuvchi(mutaxassis) o’z ish faoliyatida matnli ma’lumotlar bilan ishlashga to’g’ri kelishi mumkin. Bunday vaziyatda u kompyuterlarda mavjud bo’lgan zamonaviy matn muharrirlaridan birida ishlashni bilishi lozim. Matnli hujjatlar dunyosi faqat kitob, jurnal va gazetalardan iborat bo’lmay, balkim qog’ozga chop qilingan ixtiyoriy hujjatlar, ya’ni taklifnomalar, e’lonlar, reklamalar, hisobotlar, bibliotekadagi kataloglar va boshqa-boshqalardan ham iborat bo’lishi mumkin.
Matn protsessori bilan ishlayotgan har bir foydalanuvchi asosan quyidagilarni bilishini taqozo qiladi:
Matnni kompyuter ekraniga kiritish.
Kiritilgan matnni diskda fayl ko’rinishida saqlash hamda diskda saqlangan fayldan foydalanish zaruriyati tug’ilganda, uni xotiradan ekranga chaqirish.
Matnni tahrir qilish.
Matnli faylni printerda kerakli nusxada chop qilish.
Matn protsessorlari matnli hujjatlarni yaratish va ularga ishlov berish uchun mo’ljallangan amaliy dasturlar majmuasidir. Matn redaktorlari matnlar bilan oddiy amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Bunday dasturlarga misol sifatida LaTex, PageMaker, Windows operatsion tizimi tarkibiga kiruvchi standart dasturlardan WordPad, Blaknot dasturlarini keltirishimiz mumkin.
Bloknot-bu uncha murakkab bo’lmagan matnli redaktor bo’lib, oddiy tuzil- mali hujjatlarni yaratish uchun qo’llaniladi. Bloknot dasturini ko’pgina hollarda foydalanuvchilar Veb sahifalar tuzish uchun oddiy instrument sifatida qo’llaydilar. Bu dastur yordamida eng sodda matnli (txt va wri kengeytmali) fayllarni yarati- shimiz va tahrirlashimiz mumkin. Bu dasturda hamma matn bitta harflar shrifti (shakli) bilan va bitta o’lchamda (kattalikda) yoziladi, rasm va jadvallar bilan ish- lash imkoniyatlar yo’q.
Standart dasturlarning yana biri bu - WordPad dasturidir. Uning yordamida esa murakkabroq (doc, txt, wri, rtf kengaytmali) matnli fayllarni yaratishimiz mumkin. Bu dasturda matn har xil harflar shrift (shakli), har xil o’lchamda (kattalikda) va har xil ko’rinishida yoziladi, rasmlar bilan ishlash imkoniyat bor. Lekin jadvallar bilan ishlash imkoniyati yo’q.
Bulardan eng universal va ommabopi bu MS Office dasturlari tarkibiga kiruvchi MS Word dasturidir. Word yordamida ixtiyoriy ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatda tayyorlash mumkin. Word, Microsoft Office tarkibiga kiruvchi boshqa dasturlar kabi ko’p oynali dastur hisoblanadi. Foydalanuvchi bir vaqtda bir nechta oynada alohidi-alohida matnli hujjatlarni tayyorlashi, ularni qo’shish, bipidan ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirish, matn yoniga tasvir tushirish, harflarni istalgan shaklda etarlicha katta formatda chop etish mumkin. Lekin, MS Word - ayrim "kamchiliklar" dan ham xoli emas. Masalan: matematik ifodalar va kimyoviy formulalarni kiritishda qiyinchiliklar mavjud. Bundan tashqari, juda murakkab strukturali poligrafik (atlaslar, albomlar va jurnal muqo- valari) materiallarini tayyorlashda noqulaylik yuzaga keladi.
Shunday qilib, Word matn protsessori ko’magida rus, o’zbek, ingliz va bosh- qa tillarda har xil hujjatlar, xat, hisobot, maqola, tijorat xabarlari kabi bir turkum matnli ma’lumotlarni zudlik bilan tayyorlash va chop qilish mumkin. Bu matn protsessori yordamida o’zbek shriftida (kirill alifbosiga q, g’, h, o’ harflarini qo’shish nazarda tutilmoqda) va lotin alifbosi asosida, o’zbek tilida har xil ma’lu- motlarni ham osonlik bilan tayyorlash mumkin.
Ushbu protsessor yordamida uning buyruqlari va uskunalaridan foydalanib turli darajadagi oddiy va murakkab hujjatlarni tayyorlashimiz mumkin. Uni elek- tron ko’rinishda shakllantirish uchun xotiraga yoki ma’lumot tashuvchiga saqla- shimiz kerak bo’ladi. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: hujjatni fayl ko’rinishida saqlash uchun Office tugmachasini ochib Сохранить yoki Сохра- нить как… buyruqlari yordamida biror manbaga saqlaymiz. Agarda biz hujjati- mizni parollab qo’yadigan bo’lsak yana Office tugmachasini ochib, Зашифро- вать документ buyrug’ini ishga tushiramiz va parolni tayinlaymiz (kiritamiz) va uni saqlaymiz.
Dostları ilə paylaş: |