rasm. Ustun katakchalarining enini o‘zgartirish jarayoni.
Katakchalar eni quyidagicha o‘zgartiriladi: Ustun sarlavhasi o‘ng tarafidagi chiziqqa ko‘rsatkichni keltirib va ikki taraflama strelka ko‘rsatilgandan keyin sich- qoncha chap tugmasini bosgan holda keraklicha ustun katakchalarining eni o‘zgar- tiriladi yoki menyu satridan «Формат» - «столбец» - «ширина» buyrug‘ini tanlab, katakcha eni son bilan ko‘rsatiladi. Bunda butun ustun eniga o‘zgaradi. Agar bir nechta ustunlar bir xil bo‘lishi kerak bo‘lsa, ular avval ustunlar sarlavhasi orqali belgilab olinadi va ixtiyoriy bittasi eni o‘zgartiriladi.
Katakchalar bo‘yiga quyidagicha o‘zgartiriladi: satr sarlavhasi tagidagi chiziqqa ko‘rsatkichni keltirib, tepaga-pastga strelka ko‘rsatilgandan keyin sichqoncha chap tugmasini bosgan holda harakatlantiriladi yoki menyu satridan «Формат» - «строка»
«высота» buyrug‘ini tanlab, katakcha bo‘yi son bilan ko‘rsatiladi. Bunda butun satr- dagi katakchalar bo‘yiga o‘zgaradi.
Agar bir nechta satr boyini bir xilda o‘zgartirish kerak bo‘lsa, bu satrlar belgilab olinadi.
Katakchalar ish varag‘iga quyidagicha qo‘shiladi: menyu satridan «Вставка»-
«ячейки» buyrug‘ini tanlagandan keyin «Добавить ячейки» oynasi paydo bo‘ladi, undan tanlash yo‘li bilan katakcha, satr yoki ustun qo‘shish kerakligini ko‘rsatiladi. Satr yoki ustun qo‘shish uchun menyu satridan mos ravishda «Вставка» – «строка»
yoki «столбец» buyrug‘ini tanlash mumkin. Joriy kitobga yangi ish varag‘ini qo‘- shish uchun menyu satridan «Вставка» –«Лист» buyrug‘i ishga tushiriladi.
Katakchalar ish varag‘idan quyidagicha o‘chiriladi (olib tashlanadi): menyu satridan «Правка»–«удалить» buyrug‘ini tanlash yo‘li bilan yoki kontekst menyudan
«Удалить» buyrug‘ini tanlash yo‘li bilan. Bu ikkala holda «Удаление ячеек» oynasi ochiladi, undan tanlash yo‘li bilan katakcha, satr yoki ustun o‘chirish kerakligi ko‘r- satiladi. Joriy kitobdan ish varag‘ini olib tashlash (o‘chirish) uchun menyu satridan
«Правка» - «Удалить листь» buyrug‘i ishga tushiriladi va so‘rovlarga mos ravishda javob beriladi.
Katakcha formati quyidagicha o‘zgartiriladi: menyu satridan «Формат» -
«Ячейки» buyrug‘i yoki kontekst menyudan «Формат ячеек» buyrug‘i ishga tushi- riladi. «Формат ячеек» oynasida quyidagilar o‘zgartiriladi: sonlarning formati, katak- chadagi yozuv joylashish o‘rni, harf turi va ko‘rinishi, chegarasi chiziqlari, ko‘rinishi, rangi va himoya o‘lchamlari.