Elektronraqamliimzo. Elektron raqamli imzo O’zbekiston Respub- likasining “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi Qonuniga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axbo- rotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o’zgar- tirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yorda- mida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Elektron raqamli imzo- xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining haqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladigan va shaxs imzosini to’laligicha o’rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot –kommunikasiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo’llaniladi.
Matn protsessori yordamida web hujjatlar yaratish
MS Word dasturida Web hujjatlar yaratishdan asosiy maqsad - bu turli hajmdagi web sahifalarni bir-biriga giper murojaatlar orqali birlashtirish demakdir. Web hujjatlar asosan electron resurslarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi va bu esa o’z navbatida masofaviy ta’limning asosini tashkil etadi.
Turli umumiy va mutaxassislik fanlarini, shu jumladan gumanitar fanlarni o'qitishda o'qituvchilar so'nggi yillarda kompyuter va Internet texnologiyalarining yutuqlaridan tobora ko'proq foydalanishni boshladilar. Agar elektron manbalardan foydalanish tarixi bir necha o'n yilliklarga borib taqalsa, raqamli manbalar esa yaqin 20 yillikda yaratildi hamda etarli sig'imli va arzon saqlash vositalarini ixtiro qilgan holda ishlatila boshlandi.
Raqamli ta'lim resurslari (RTR) - raqamli taqdim etilgan fotosuratlar, videokliplar va video darsliklar, statik va dinamik modellar, virtual haqiqat va interfaol modellashtirish ob'ektlari, grafik va kartografik materiallar, ovoz yozuvlari, audio kitoblar, turli xil ramziy ob'yektlar va biznes grafika, matnli qog'ozlar va boshqalar o'quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo'lgan o'quv materiallarining majmuasidan tashkil topadi.
Agar elektron ta'lim resurslarini tasniflash haqida gapiradigan bo'lsak, ularning eng oddiylari matnli bo’lib, ular bir xil kitoblar, darsliklar, entsiklopediyalar, faqat matnlar va rasmlarni taqdim etish uslubi bilan ajralib turadi va material qog'ozda emas, balki kompyuter monitorida taqdim etiladi. Ularning qulayligi shundan iboratki, printerni ishlatib, qog'ozga hozirgi vaqtda kerakli fakt yoki rasmni osongina topshirishingiz mumkin bo’ladi.
MS Word dasturida Web sahifa yaratish uchun dastlab dasturni ishga yuklaymiz. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligini bajaramiz: