Personalni markazlashtirilgan holda boshqarish alohida funktsiya hisoblanib, alohida bo’limlar tomonidan bajariladi.
Personalni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo’linmalar (bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’’balar) rahbarlari faoliyatidir.
Davlateng avvalo, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan bozor xo’jaligi ish yuritishi to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.
Kredit beruvchilar jumladan, kredit ajratuvchi banklardir. Ular ajratayotgan kreditlari uchun iloji boricha ko’proq foiz olishdan manfaatdorlar.
Zarur tovarlarni etkazib beruvchilar firma bilan uzoqmuddatli va manfaatli aloqalar o’rnatishga, iloji boricha kamroq xarajat qilib, ko’proq daromad oladigan shartnomalarga erishishga harakat qiladilar.
Korxona menejerlari mustaqil guruh sifatida faqat menejerlar tashkilotida ahamiyat kasb etadilar. Ular prinsip jihatidan o’zlari manfaatlarini himoya qiladigan aksiyadorlarning manfaatlarini qondirish istagidalar. Menejerlar ishlab chiqarish manfaatlari b.ilan bir qatorda o’z manfaatlarini (mustaqillik, hokimiyat, e’tirof, kar’era) ham ko’zlaydilar.
Sarmoya egalarikorxona mulkdorlari hisoblanadilar. Ular, bir tomondan, korxonaga qo’yilgan sarmoyani saqlash va ko’paytirishdan, ikkinchi tomondan foyda (dividend) olishdan manfaatdorlar.
Personal (yollanma ishchilar) o’z ish joyi muqim bo’lishi, iloji boricha yuqori ish haqi olish, ijtimoiy kafolatlar, yaxshi mehnat sharoiti hamdao’z korxonasining nufuzidan manfaatdor.
Mijozlar(mehnat faoliyati natijasi, iste’molchilari) ular uchun zarur bo’lgan sifatli va arzon mahsulotlarni o’zlari uchun manfaatli shartlar bilan olishni xohlaydilar..
Jamoatchilik (masalan, ommaviy axborot vositalari, partiyalar, birlashmalar, fuqaro yig’inlari va hokazolar) guruhlararo manfaatlar himoyachilari sifatida maydonga chiqadilar.
Personalni boshqarish va ishlab chiqarishning o’zaro aloqadorligi Bugungi kunda barcha korxonalar bozor munosabatlari va raqobat muhitiga moslashishga majburdir. Shuning uchun bozorda muvaffaqiyat qozonishni ta’minlaydigan omillar ayni paytda korxona muvaffaqiyatini belgilovchi omillar hisoblanadi. Bu omillarning hammasi korxona xodimlari, ya’ni personal mehnat faoliyati bilan bog’liqdir.
Personalni boshqarish jarayonida rahbarlar, boshqaruv xizmati (kadrlar boshqarmasi yoki bo’limi), xodimlar, shuningdek, korxona kengashi (aksiyadorlik jamiyatida aksiyadorlar kengashi) ushbu jarayon ishtirokchilari hisoblanadilar. Ularning har biri yoki boshqaruv sub’ekti, yoki boshqaruv ob’ekti sifatida, ba’zi hollarda esa ham boshqaruvning sub’ekti, ham ob’ekti sifatida personalni boshqarishga o’z ulushini qo’shadi. Ularning har biri ham ishlab chiqarish sohasida, ham o’zaro munosabatlar sohasida muayyan vazifalarni, demak personalni boshqarish vazifalarini ham bajaradi.
Personalni boshqarish va ishlab chiqarish vazifalarining o’zaro aloqadorligi quyida aks etgan:
Personalni boshqarish bilan ishlab chiqarish vazifalarining aloqadorligi mehnat sharoitlarida ham namoyon bo’ladi. Xodim mehnat faoliyati uchun qulay, juda bo’lmaganda eng zarur mehnat shart-sharoitlariga ega bo’lmas ekan, o’ziga yuklatilgan xizmat vazifa-larini muvaffaqiyatli hal etishi mushkullashadi. Aksincha, mehnat faoliyati uchun eng qulay shart-sharoitlarda xodimning ish unumi g’oyat yuqori bo’ladi. Personal samaraliroq va unumliroq mehnat qilar ekan, mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarishni, xizmat ko’rsatishni ko’paytirish uchun imkoniyatlarni ko’paytiradi. Bu esa xodim o’zining korxonada iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik va ma’naviy jihatdan yaxshi his etishini ta’minlaydi. Xodim, yoki har bir inson farovonligining oshishi esa jamiyat farovonligi yaxshilanishining negizidir.