2. TASVIRNI BUTUN SIFATIDA O’YLAB KO’RING Muammoni hal qilish sizning zimmangizda ekanligi sababli, ularni hal etish davomida ba’zida juda chuqurlashib ketish mumkin. Bunda bir qadam ortga tashlab, muammoning ildizini topish kerak bo’ladi. Jiddiyroq muammo — har doim ham yolg’iz o’zingiz hal qila olishingiz mumkin bo’lgan narsa emas. Sizga guruh yordami kerak bo’lishi mumkin va bu yerda sizning lider rolingiz qo’l keladi.
3. FAOL BO’LING Agar chuqurroq savollarga oid fikrlaringiz bo’lsa, natijada qanday muammolar yuzaga kelishi mumkinligini oldindan ko’ra olishingiz mumkin. Muammolarni kutish o’rniga, ularni oldini olish uchun choralar ko’ring. Agar ularga to’sqinlik qila olmasangiz, hech bo’lmaganda ularni kutib olishga tayyor bo’lasiz. Bu lider va menedjer o’rtasidagi asosiy farq. Yaxshi menedjer ko’p vaziyatlarga yaxshi reaktsiya qiladi. Yaxshi lider vaziyatni oldini ola biladi va u yuzaga kelmasidan oldin samarali choralar ko’radi.
4. QARORLAR QABUL QILING VA OQIBATLARI UCHUN JAVOBGARLIKNI O’Z ZIMMANGIZGA OLING Katta muammolarni hal qilish va ta’sir o’tkaza olish uchun sizga qaror qabul qilish vakolatlari kerak bo’ladi va bu qarorlar ushbu vakolatlarni bergan odamlarga ta’sir qiladi. Bu hurmat kabi mas’uliyatdir. Siz nafaqat o’rinli qarorlarni qabul qilishingiz, balki ular uchun javobgarlikni olishga tayyor bo’lishingiz kerak. Agar biron narsa reja bo’yicha ketmasa, odamlar bu sizning aybingiz (garchi shunday bo’lmasa ham) deb hisoblaydi.
O’zingizni kemaning kapitani sifatida tasavvur qiling. Kemaning taqdiri va barchani to’g’ri yo’nalishda olib ketish sizning qo’llaringizda.
Qaror qabul qilishda donolikka amal qiling: eng yaxshisiga umid qiling, lekin eng yomoniga tayyor turing.
Agar qarorlaringiz uchun javobgarlik olishga tayyor bo’lmasangiz, ikkilansangiz va o’zingizdan shubha qilsangiz, ehtimol o’z o’rningizni tark etishingiz kerak. O’ziga ishonmagan lider ko’pincha zolim bo’lib qoladi.
5. FIKRLARINGIZ BILAN BO’LISHING Rahbar sifatida, bir tomondan siz katta muammolarni ko’rishingiz mumkin, shuningdek, noxush shartlarni bartaraf etsangiz, hammasi qanchalik yaxshi tomonga o’zgarishini ham. Odamlarni o’zgarishlar kiritishingizga yordam berishlari uchun ular bilan ijobiy fikrlaringizni bo’lishing. Ularni rag’batlantiring. Ularga yo’l ko’rsating. Ularning amallari barchasini bu orzuga qanchalik yaqinashtirishini ko’rsating.
Jon Gardner shunday degan edi: «Eng muhimi, liderlar odamlarni kichik tashvishlaridan chalg’itib, maqsadlariga erishish yo’lida ularni birlashtiradigan maqsadlarni tasavvur etishi va shakllantirishi mumkin».