LIDERLIK QILISH UCHUN MASLAHATLAR Har doim va’z qilayotganingizni bajaring. Ishonchni yo’qotishning liderning ikkiyuzlamachiligidanda yaxshiroq usuli yo’q.
«Agar sizning harakatlaringiz boshqalarni ko’proq orzu qilishga, ko’proq o’rganishga va o’z ustida ishlashga ilhomlantirsa, u holda siz lidersiz». Jon Kuinsi Adams.
Xarizma, albatta, foydalidir, lekin majburiy emas. Insoniyat tarixida unchalik do’stona bo’lmagan ko’pdan-ko’p hurmatga sazovor liderlar bor. Lekin, eng muhimi odamlar ularga ishonishgan. O’z fikringizni aniq ifodalashingiz uchun sizga muloqot qobiliyatlari (nutq, yozish, hatto san’at orqali) kerak bo’ladi.
Boshqaruvda motivatsiya va uning turlari Zamonaviy motivatsiya nazariyasini ikki turga ajratish mumkin, Bular: mazmunli va jarayonli nazariyalar. Extiyoj tushunchasi moxiyatini ochish uchun moyil tushunchasini keltirish zarur. Inson juda ko’p narsalarga ega bo’lishga moyil bo’ladi. Boshqacha, maylni xoxish, istak kabi ifodalash mumkin. Ammo kishilar mayllariga ayni vaktda erisha olmasliklarini o’zlari xam yaxshi bilishadi. Shunday kilib, extiyojlar, bu – insonga ayni damda fiziologik va psixologik jixatdan nimaningdir yetmasligidir. Mazmunli motivatsiya nazariyasi umuminsoniy extiyojlarni turkumlashga xarakat kildi, ammo shuni aytish kerakki, barcha extiyojlarni aniq turkumlash mumkin emas. Xozirgi kunda ko’pgina psixologlar ikki xil extiyojlar turkumi mavjudligini tan olishgan. Bular birlamchi va ikkilamchi extiyojlar.
Mukofotlar – bu odamzot o’zi uchun qadrli deb xisoblagan barcha narsalar. Xar bir odam uchun qimmatli narsa har xil bo’ladi, demak mukofotga bo’lgan qarash xam turli xil. Raxbar ikkita asosiy mukofot turlari bilan ishlaydi: ichki va tashki. Ichki mukofot – bu ishning moxiyatidir. Masalan, natijaga erishish, o’zini xurmat qilish xissiyoti va muvaffakiyat zavki. Ish jarayonida vujudga keladigan munosabat va dustlik xam ichki konikishga misol bula oladi. Ichki konikishni vujudga keltirishning eng oddiy usuli – bu ish joyida kerakli sharoitni yaratish va aniq vazifani kuyish.