DIGITAL TECHNOLOGIES IN HIGHER EDUCATION - AS AN
EFFECTIVE MECHANISM OF INNOVATIVE TRANSFORMATION
OF TRADITIONAL DIDACTICS
Abdurahmonov Zafar Batirovich,
Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti, katta o‘qituvchi.
Annotation: The article deals with the issues of wide implementation
of information and communication technologies in the system of higher
education in the information society and the implementation, through it, a
large-scale digitalization. At the same time, the problems observed in this
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
152
Education and innovative research 2022 y. №8
sphere have been identified, and a number of proposals for their elimination
have been substantiated.
Key words: information society, information and communication
technologies, digital technologies, education, digitalization of the education
system, educational process, traditional didactics, innovative changes,
development of higher education, information culture, e-education.
Kirish: Axborotlashgan jamiyat sharoitida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar (AKT)ning jadallik bilan rivojlanib borishi,
ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni innovatsion shakl asosida
boshqarish imkonini yaratib bermoqda. Shu bilan birga ta’limga o‘ziga xos
jozibadorlik va zamonaviylik jihatlarini bag‘ishlamoqda.
Asosiy qism: Axborot texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishning
qisqacha tarixini ko‘radigan bo‘lsak (texnik ta’lim vositalari misolida),
dastlab o‘quv materiallarni taqdim etish imkoniyatini beruvchi kodoskop
yoki epidiyaskopdan foydalanilgan, keyingi bosqichda kompyuterlarni
qo‘llash, PowerPointda yaratilgan vizual materiallarni namoyish etish
imkonini beradigan elektron proektor, elektron doska, elektron pochta,
internet, vebinar, telekonferensiyalar va masofaviy ta’lim texnologiyalarni
ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
Raqamli ta’lim so‘nggi asrlarda keng tarqalgan ta’lim jarayonini tashkil
etishning an’anaviy yondashuvidan farqliroq texnologik ta’lim konsepsiyasiga
asoslanishi kerak. Zamonaviy innovatsion-kommunikatsiya ta’lim
texnologiyalari asosan yigirmanchi asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlangan
falsafiy va psixologik tushunchalarga asoslangan. Bularga pragmatizm va
instrumentalizm, kognitivizm, konstruksionizm, konnektivizm kiradi[1].
Oliy ta’lim muassasasini axborot vositalari va texnologiyalari bilan
boyitilish talabaning tez o‘zgaruvchan raqamli dunyoga moslashishiga,
uning axborot madaniyatining shakllanishiga xizmat qiladi[2].
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kiritilishi
qo‘yidagi afzaliklarni yaratadi:
- ta’lim-tarbiya jarayonini yanada zamonaviy, xilma-xil, boyitilgan
ko‘rinishga olib keladi;
- ta’lim va tarbiyaviy axborotni taqdim etishi imkoniyatlarini sezilarli
darajada kengaytiradi;
- inson xotirasining turli ko‘rinishlariga, idrok etishning turli kanallariga
ta’sir o‘tkazgan holda katta hajmli axborotlar bilan ishlashga imkon beradi;
- talabalar uchun ta’lim-tarbiya jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishini,
motivatsiyasini oshirishga imkon yaratadi;
- talaba va pedagoglarni zamonaviy axborot makoniga moslashishi va
axborot madaniyatini shakllantirishga yordam beradi;
- ta’lim jarayonini diagnostika qilish va monitoring qilish tizimini yanada
samarali amalga oshirish imkonini beradi;
- pedagogik mehnat sifatini va samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Oxirgi yillarda pedagogiga nazariyasi va amaliyotida o‘qituvchi va
talabalarning interaktiv hamkorligiga asoslangan ta’limning yangi paradigmasi
ustuvor pozitsiyalarni egallavoganligini e’tirof etishimiz mumkin. Uning
maqsad va vazifalari aktiv faoliyatga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘qitishning
natijadorligini oshirishga, talabalarda intellektual (analitik, tanqidiy, ijodiy,
Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
153
http://interscience.uz
moslashuvchan), kommunikativ (jamoalarda ishlash qobiliyati, shu jumladan
xalqaro, kasblararo), axborotli (kerakli ma’lumotlarni qidirish, axborotni tahlil
qilish va qayta ishlash, umumlashtirish, tizimlashtirish va axborot almashish)
kompetentsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar yaratadi.
Ta’lim
jarayonini
raqamlashtirish
uning
ishtirokchilari
uchunkommunikatsiya chegaralarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
Interaktiv-muloqot ataxborot almashish jarayonida ilmiy-bahslarni
yo‘lga qo‘yilishi, kommunikativ madaniyat, axborot-kommunikatsiya
kompetensiyalarini rivojlanishiga, psixologik aloqalarni shakllanishiga,
jamoaviy ishlash muhitiga yangi imkoniyatlar ochib beradi[3].
Bir qator tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra fakat o‘quv-tarbiya jarayonida
ko‘llanilaetgan xar bir axborot kommunikatsion texnologiyalar bir biri bilan
o‘zaro bog‘langan va yagona maqsad(konsepsiya)ga yo‘naltirilgan tizim
ko‘rinishida shakllanganda hamda muntazam ravishda uning samaradorligi
monitoring qilinganda oliy ta’lim muassasasini sifat jihatidan yangi
bosqichga olib chiqadi. Ushbu muammoni hal qilish o‘quv jarayonining turli
yo‘nalishlarini faollashtirish uchun imkoniyatlar yaratadi[4].
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida zamonaviy oliy ta’lim
muassasasida ta’lim-tarbiya jarayonlarini sezilarli darajada modernizatsiya
qilish imkonini beradigan yagona axborot maydoni quyidagilarni o‘z ichiga
olishi kerak:
- me’yoriy-huquqiy ma’lumotlarni va uslubiy-didaktik ishlanmalarni o‘z
ichiga olgan axborot resurslarni;
- axborot oqimini tartibga soluvchi jarayonlarni ta’minlaydigan virtual
makonning ishlashi va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv
vositalari va tashkiliy markazni;
- metodik resurslarni;
- dasturiy-texnik ta’minot (telekommunikatsiya resurslari, texnik va
dasturiy vositalar to‘plami)ni;
- axborotni tezkor uzatish va muloqot qilish imkonini yaratuvchi aloqa
vositalarni[5].
Ta’lim va tarbiya jarayonlarida har qanday innovatsiyalar singari, raqamli
texnologiyalarni o‘quv jarayoniga faol tadbiq etish bir qator to‘siqlarga
duch kelmoqda. Empirik tadqiqotlar davomida pedagoglar tomonidan
ushbu texnologiyalarni o‘zlarining pedagogik faoliyatida qabul qilish va
foydalanishga yordam beradigan omillarni aniqlashning imkoniyatipaydo
bo‘ldi. Bular qo‘yidagilar:
- raqamli texnologiyalarning o‘zi bilan bog‘liq omillar (o‘ziga xoslik
va yangilik, ishonchlilik, foydalilik va soddalik, fikrlash jarayonlarini
soddalashtirish va rejalashtirish, vaqtni tejashni ta’minlash);
- raqamli texnologiyalarni qo‘llashni tashkil etish bilan bog‘liq
omillar (ta’lim muasasasi tomonidan g‘oyani qo‘llab-quvvatlash va ushbu
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ularning hamkasblari tomonidan
qo‘llanilishi, texnik qo‘llab-quvvatlash, axborot-kommunikatsiya vositalari
bilan ishlash bo‘yicha to‘liq o‘quv dasturlari yaratish);
- raqamli texnologiyalarni joriy etuvchi pedagoglar bilan bog‘liq omillar
(resurslardan foydalanish qobiliyati va ta’lim sifatini yaxshilashga bo‘lgan
ishonch, ushbu o‘qituvchining raqamli ta’lim falsafasiga muvofiqligi);
- ishlab chiqilgan elektron ta’lim resurslarini pedagogik ekspertizadan
Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 8)
ISSN 2181-1709 (P)
154
Education and innovative research 2022 y. №8
o‘tkazishning aniq ilmiy asoslangan tartib-qoidalarning yo‘qligi (ta’lim
faoliyati, dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish doirasida dasturiy
vositalarning uzluksizligi) bilan bog‘liq omillar;
- elektron ta’lim resurslarini an’anaviy ta’lim va tarbiya muhitiga
(maqsadlar, kontent, shakllar va usullar bo‘yicha) yo‘naltirish. Elektron
ta’lim resurslarining potensial imkoniyatlaridan (vizualizatsiya, nazoratni
avtomatlashtirish, namunaviy xususiyatlar) foydalanishga yo‘naltirish bilan
bog‘liq omillar;
- vaqtinchalik omillar (sifatli ta’lim resurslarini yaratish va sinovdan
o‘tkazish ko‘p vaqt talab qiladi).
Raqamli ta’lim didaktikasi bilan bir qatorda ma’no jihatidan yaqin bo‘lgan
“ta’limning raqamli o‘zgarishi”, “ta’limni raqamlashtirish”, “o‘qitishni
raqamlashtirish” va shunga o‘xshash tushunchalar paydo bo‘ldi[6].
Har qanday texnologik innovatsiyalar ularning rivojlanish bosqichlarining
amalga oshirilishi va kutilgan natijalar, shuningdek, mutaxassislar va jamiyat
tomonidan qiziqish darajasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |