Dastur bo`limlari uchun soat sonini tartibga soluvchi reja. Ushbu rejani aniqlash uchun siz bolalarning imkoniyatlarini va mashg`ulot o`tkazish sharoitlarini tahlil qilishingiz, ularni dasturiy talablar bilan taqqoslashingiz kerak. Joriy yil dasturning har bir bo`limining materiallarini o`rganish uchun ajratilgan soat sonini belgilagan holda, soatlar taqsimoti jadvali tuziladi. Dasturda nazarda tutilgan o`quv me`yorini dasturning bo`limlarini rejalashtirish uchun taqsimlash tahminiy hisoblanadi. Muayyan sharoitlarga qarab, mutaxassis maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbariyati bilan kelishilgan holda dasturning turli bo`limlarini o`zlashtirish uchun tavsiya etilgan vaqt miqdorini o`zgartirishi mumkin (jadval 10). Yillik reja-jadval. Har bir yosh guruhini hisobga olib rejalashtirilgan. (jadval. 11).
Jismoniy tarbiya mashg`ulotlari uchun tahminiy vaqtni taqsimlash (haftada ikki marta mashg`ulot o`tiladi.) 10-jadval