Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Virtual reallik (virtual reality, VR)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə15/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Virtual reallik (virtual reality, VR) va qo’shimcha virtual reallik (augmented reality, AR) texnologiyalarining rivojlanishi ham kelajak trendlaridan biri bo’lib, ularning ishlab chiqarishga bo’lgan ta’siri borgan sari salmoqli bo’lib bormoqda. Bunday texnologiyalar ishchi va xizmatchilarga mashina va mexanizmlarning ichki tuzilishini ko’rish hamda ularning faoliyatini kuzatish imkonini beradilar. Masalan, Gigi Capital kompaniyasining baholashicha, ARbozorining hajmi 2016 yilda 1 mlrd dollar bo’lgan bo’lsa, 2020 yilga kelib 90 mlrd ga etishi mumkin ekan. Goldman Sakchs ning bashoratlariga ko’ra esa virtual reallik dasturiy ta’minotining sotuv hajmi 2025 yilga kelib 9 mlrd dollarga yetar ekan. Raqamli iqtisod moliyaviy boshqaruv va moliyalashtirish sohasida ham bir qancha ajoyib imkoniytalar yaratdiki, ularsiz zamonaviy iqtisodiyotning barcha yangi usul va uslubiyatlarini ishlatish, raqobatli bozorda muvaffaqiyatga erishish va zamonaviy moliyaviy boshqaruv usullaridan samarali foydalanish mumkin bo’lmay qoldi. Masalan, quyidagi savollarga javob berish zamonaviy moliyaviy boshqaruvda hal qiluvchi faktorlardan biri bo’lib qolishi mumkin: internet moliyaviy boshqaruvda qanday ahamiyat kasb etadi, qanday qilib omma (crowd) effektiga erishish mumkin, kraudsorserlarning motivlari nimalardan iborat va ularni qanday qilib qiziqtirish mumkin, nega hilma-xillik yaxshiroq natija beradi va boshqalar. Shunday va shunga o’xshash bir qancha sabablarga ko’ra, moliyachilar oldida kraudsorsing hamda kraudfondingning mohiyati va uning iqtisodiy ma’nosini o’rganish, kraud-loyihaning mexanizmi va amalga oshirilishini tushunish, investitsion rejaning byudjetini aniqlash, tarmoq kraudsorsingining hususiyatlarini ochib berish va ushbu moliyaviy texnologiyani mamlakatimiz korxonalari amaliyotiga tadbiq etish masalasi paydo bo’ldi. Hozirgi paytda kraudsorsong atamasining bir qancha aniqlanuvlari bo’lib, ulardan biri quyidagicha - jamoa uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni ko’ngillilar kuchi vositasida hal qilish yoki bir qancha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan amallarni aniq bo’lmagan shaxslar jamoasiga topshirish. Lekin kraudsorsingning ushbu aniqlanuvida bir qancha kamchiliklar bo’lib, ularni to’g’ri hal qilish uchun, shu jumladan, kraudsorsing mehnizmini real biznesga tadbiq qilish imkoniyatiga ega bo’lish uchun kraudsorsingning quyidagi keng ma’nodagi al’ternativ aniqlanuvi ham taklif etiladi: Kraudsorsing platformasi vositasida mahsulot yoki hizmatga qo’shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish hamda loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yohud yangi mahsulot yaratish asosida insonlarni jalb qilish keng ma’nodagi kraudsorsing deb ataladi. Chegaralangan ma’noda esa kraudsorsingni sinergetik effektga olib keluvchi kollektiv bilim va hatti-harakatlarni masofaviy usulda dunyoning turli nuqtalaridan turib, internet orqali 24/7/364 rejimida ishlatihsga asoslangan yangi interfaol ishlab chiqarish mexanizmi sifatida ham tushunish mumkin. Biz tadqiqotimizni huddi shu aniqlanuv asosida amalga oshiramiz. Bunda milliy, irqiy, bilim darajasi, professional mahorat kabilar bo’yicha insonlar bir-biridan farq qilinmaydilar. Ko’pchilik insonlarni bunday usulda qandaydir ishlarni bajarishga jalb qilish faqatgina internet texnologiyalar asosidagina amalga oshirilishi mumkin, albatta. Sinergetik samaraga esa kraud-loyihalarga jalb qilingan insonlarning turli-tumanligi asosida erishiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin