1977 yil: RSA (abbreviaturasi Ronald Rayvest, Adi Shamir va Leonard Adleman nomlaridan olingan kompaniya. Bu insonlar birinchi bo‘lib ochiq kalitli kriptosistemani ixtiro qilganlar) shifrlash tizimining birinchi tavsifi yaratilgan va unda konfidensial ma’lumotlarni shifrlash uchun ochiq kalit ishlatilgan hamda ularni deshifrlash uchun esa yopiq kalitdan foydalanilgan.
1979 yil: Ralf Merkle (AQShlik kriptograf va nanotexnologiya bo‘yicha mutaxassis, 1974 yilda u Merkli deb nomlangan ochiq kalitli boshqotirma yaratgan) «Merkle daraxti» ning qisqartirish mexanizmini ixtiro qilgan. Bu mexanizm katta hajmli ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ularni tekshirish uchun foydalaniladi. Undan tashqari, bu mexanizm bitkoin protokolida ham blokda joylashgan barcha operatsiyalarning Merkle ildizini hisoblash uchun ishlatiladi.
1990 yil: amerikalik matematik Devid Shaum markazlashgan va shaxsiy elektron valyuta DigiCash ni kriptografik protokollar asosida ixtiro qildi.
1992 yil: Skott Vanstoun (Certicom) kichikroq kalitlardan foydalanadigan va imzo qo’yish hamda shifrlash operatsiyalarini RSA algoritmiga nisbatan tezroq bajaruvchi ECDSA (Elliptic curve digital signature algorithm) nomli algoritmini taklif qildi.
1994 yil: Nik Sabo smart-kontrakt yoki aqlli shartnoma g’oyasini olg’a surdi.1996 yilning 18 iyuni: NSA «Qanday qilib valyuta ishlab chiqarish mumkin: anonim elektron pullar» deb nomlangan ma’ruza nashr qildi.
1997yil: Adam Bek g’oya asosida ish bajarilishini tasdiqlash tizimi HashCash ni ixtiro qildi (Pricing via Processing or Combatting Junk Mail). Keyinchalik esa Adam Bek bitkoin ixtirochisi Satosi Nakamotoning birinchi hamkori bo‘lib tanilgan.
1998 yil: Digi Cashning bankrot bo’lishi. Vey Dan «The Cypherpunkts» tarqatuv vedomosti asosida ishlaydigan raqamli pullar g’oyasini ilgari surdi.