Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə21/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

1-bosqich: Ikki ishtirokchi tranzaksiya shartlarini kelishib oladilar (masalan, pulni uzatish jarayoni, aktivlar, moliyaviy xujjatlar va xokazolar).
2-bosqich: Jurnal tarmoq a’zolari tomonidan «skaner»lanadi. Ushbu jurnalning xronologiyasini taxlil qilish asosida tarmoq a’zolari sotuvchining haqiqatan ham e’lon qilingan aktivlarga yoki fondlarga ega ekanligiga ishonch xosil qiladilar.
3-bosqich: Agar barcha ishlar joyida bo‘lsa, u xolda tranzaksiyalar tasdiqlanadi va blok zanjirining oxiriga qo‘shiladi.
4-bosqich: Jurnal barcha tarmoq ishtirokchilariga tarqatiladi. Uning tarqoq xolatdaligi himoyasini ta’minlab beradi. Istalgan tranzaksiyani falsifikatsiya qilish uchun tarmoq (tugun)lari a’zolarining jurnallarini ham o‘zgartirish talab etiladi. Bu esa tabiiyki, mumkin emas.Muhokamaga oydinlik kiritish uchun quyidagi ta’kidlovni keltiramiz: «Bitkoinning blokcheyni birinchi marta bloklar zanjiri sifatida aniqlangan edi. Unda har bir tranzaksiya bloklardan biri bo‘lishi uchun shifrovka qilinadi. Keyingi tranzaksiya ham o‘z navbatida undan oldingi blok asosida shifrlanadi va xokazo – xuddi shu amallar ketma-ketligi bloklar zanjiri tushunchasiga yoki boshqa so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn tushunchasiga olib keldi».Shunday qilib, ishonchli degan statusni olish uchun har bir kelishuv (yoki operatsiya) asimmetrik kriptografiya (ochiq yoki yopiq kalit) yordamida imzolanishi lozim. Shunday qilib, bitkoin turidagi blokcheynda tranzaksiyani amalga oshirish uchun uch xil ma’lumot kerak bo‘ladi:
 Debet adresining shaxsiy kaliti
 Kredit adresining umumiy kaliti
 Tranzaksiyaning summasi
Bitkoin adres ABSM (ASCII - American Standard Code for Information Interchange) yoki ma’lumot almashinish uchun ishlatiladigan amerika standart kodi formatida ifodalangan. Bu kodlashtirish tizimida 58 ta alfavit raqamli simvollar mavjud. Ular raqamlar, katta va kichik harflar bo‘lib, bitkoinni yaratishda Satoshi Nakomoto I, i, O va o larni chiqarib tashlagan, chunki bir qancha shriftlarda ularning ko‘rinishi bir xil ekan. Ilk bora yaratilgan adres esa quyidagicha bo‘lgan:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin