Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə29/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

CoinMarketCap.com sayti kriptovalyutalar bozorini kuzatib turishga va ulardagi kapitalizatsiya miqdorini bilishga imkon beradi.
Shvetsiyada ham dunyodagi eng qadimiy Markaziy bank (Riksbank) raqamli valyutalarning imkoniyatlarini chamalash va ular hosil qilishi mumkin bo’lgan muammolarni aniqlash uchun e-krona deb nomlangan raqamli pullarni chiqarishga yo’naltirilgan loyihani amalga oshirmoqda. Bankning rahbarlaridan biri S.Skinsli Financial Timesga bergan intervyusida quyidagilarni aytib o’tdi: “Bunimen 300 yildan avvalroq vujudga kelgan qog’oz pullar singari inqilobiy o’zgarishlardan biri deb bilaman. Biz ushbu loyiha yordamida raqamli valyutalar mexanizmining pul-kredit siyosatiga va moliyaviy barqarorlikka ta’siri qanday bo’lishini va bu ish amaliyotda qanday amalga oshirilishini o’rganib chiqmoqchimiz”. Dunyodagi ko’pchilik Markaziy banklar raqamli valyutalar, shu jumladan, bitkoinning ham hayotga tadbiq qilinishi qanday potentsial imkoniyatlar yaratishi va qanday muammolar paydo qilishi mumkinligini sinchiklab o’rganmoqdalar. Shvetsiyadagi mutaxassislar e-krona deb atalgan raqamli valyutaning ishga tushirilishi “naqd pullarsiz jamiyat” ning paydo bo’lishiga olib keladi deb hisoblashmoqda. Shuning uchun ham Shvetsiya Markaziy banki mutaxassislari raqamli valyutalarning jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, texnologik, ekologik, huquqiy, makro ekonomik ta’sirini har tomonlama o’rganishga kirishishgan. Markaziy bankning izlanishlaridan shu ma’lum bo’ldiki, shvedlarning faqatgina 15% qismi naqd pullardan foydalanishadi. Naqd pullar bo’yicha to’lovlar Shvetsiya YaMD sining 2% foizinigina tashkil qiladi. Shvetsiyadagi bir qancha firma va tashkilotlar esa naqd pullarni qabul ham qilmaydilar. Mutaxassislarning bashoratlariga ko’ra, 2030 yilga kelib, Shvetsiya naqd pulsiz jamiyatiga aylanishi, Riksbank esa o’z virtual valyutasini chiqargan dunyodagi birinchi Markaziy bank bo’lib qolishi mumkin. Ma’lumot sifatida hozirgi davrdagi turli xil kriptovalyuta tizimlari orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatishimiz mumkin:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin