Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Qiymatlar buxgalteriya hisobining amalga oshirilishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə37/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Qiymatlar buxgalteriya hisobining amalga oshirilishi. Buxgalteriya hisobi – iqtisodiy jarayonlar qatnashchilari haqidagi moliyaviy axborotni o‘lchash, qayta ishlash va uzatishdir. Ko‘p milliardlab mablag’lar aylanadigan ushbu tarmoqni to‘rtta audit gigantic, ya’ni,Deloitte Touche Tohmatsu, PricewaterhouseCoopers, Ernst & Young va KPMGkompaniyalari nazorat qiladi. An’anaviy buxgalteriya hisobi amaliyotchilarizamonaviy moliyani tezligi va murakkabligi tufayli unchalik yaxshi boshqara olmayaptilar. Blokcheyn taqsimlangan registrini qo‘llaydigan yangi usullar ea audit va moliyaviy hisobotlarni shaffof qiladi va ularni real vaqt rejimida faol olib borishga imkon beradi. Shuningdek, utartibga soluvchi organlar va boshqa manfaatdor shaxslarning korporatsiya ichidagi moliyaviy faollikni kuzatib boorish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.Blokcheyn shuningdek, davlatning moliya hizmatlari sohasini nazorat qilishdagi roli haqidagi munozaralarni ancha jonlantirib yubordi. Agar ularni so‘zning keng ma’nosida kommunal hizmatlar sifatida qabul qiladigan bo‘lsak, odatda davlat tomonidan qattiq tartibga solinadigan xomashyo monopoliyalariga o‘xshatish mumkin bo’ladi. Biroq, blokcheyn texnologiyasi risklarni pasaytirish hamda shaffoflik va tezkorlikni oshirishni va’da qilishi sababli, texnologiyaning o‘zi tartibga solish funksiyalarini bajaradi3. Biroq, agar tartibga soluvchi organlar banklar va bozorlarda ichki jarayonlarga yo‘l topish imkoniga ega bo‘lsa, unda ayrim qonunlarni soddalashtirish, boshqalarini esa umuman bekor qilish mumkindir? Bu savolga javob berish ancha qiyin masala. Bir tomondan, tartibga soluvchi organlar innovatsiyalar ulkan tezligini hisobga olgan holda o‘zining nazorat funksiyasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi. Boshqa tomondan, banklar davlat nazoratidan chetda qolib ketgan holatda bir necha marta halollikni ham yodidan chiqarib qo‘yishgan.Tadbirkorlar uchun investorlar izlab topish – jiddiy o‘zgarishlar kutib turganmoliya hizmatlari industriyaining sakkizta funksiyasidan biridir. Qimmatli qog‘ozlarni qisman joylashtirish, aksiyalar va xususiy investitsiyalarni tijorat kapitaliga birlamchi va ikkilamchi joylashtirish (PIPE) orqali aksiyadorlik kapitali to‘plash jarayoni 1930-yillardan buyon jiddiy o‘zgarishlarga uchramadi. Endilikda esa, barchamizga ma’lum va mashhur bo’lgan kraudfanding platformalari kichik biznesning internet orqali kapitalga yo‘l topishi mumkinligini ko’rsatdi. Horijiy mamlakatlarda qo’llaniladiganOculus Rift va Pebble Watchplatformalari – ushbu modelning birinchi qadamlari desak ham bo’ladi. Lekin avvlagidek, qatnashchilar kapitalni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qila omlaydilar.AQSHda startaplarga ko‘maklashish haqida yangi qonun maydainvestorlargabevosita kraudfanding kampaniyalari orqali mablag‘ kiritishga imkon beradi, lekin investorlar va tadbirkorlarga buning uchun avvalgidek Kickstarter yoki Indiegogo kabi vositachilar hamdaan’anaviy to‘lov usuli, odatda
3www.ifrasia.com/blockchain-will-make-dodd-frank-obsolete-bankers-say/ 21216014.article. bank kartalari PayPal zarur. Vositachi bu ishlarning hakami hisoblanadi, jumladan, kimga nima tegishli ekanligini u hal qiladi.Blokcheynda aksiyadorlashtirish (bu bir variant) ushbu konsepsiyani yanada rivojlantiradi. Endi kompaniyalar «blokcheynda» moliyaviy mablag’lar to‘plashi, kompaniyaning moddiy qiymatlariga mos keladigan tokenlar yoki virtual qimmatli qog‘ozlar chiqarishi mumkin. Ular aksiyalar, obligatsiyalar yoki boshqalar bilan bog‘liq holatda bo‘lgani kabi, tokenlarning egalariga kompaniya qaysi bashorat bozorlarini ochishini hal qilish huquqini bergan holda,raqamli platformada kotirovka qiladigan bozor qatnashchilari pozitsiyalarini aks ettirishi mumkin. Ethereum oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha o‘z tokeni, ethersotish uchun tamomila yangi blokcheyn tizimi rivojlantirishni moliyalashtirib, yanada katta muvaffaqiyatga erishdi. Hozirda Ethereum –uzunligi bo‘yicha ikkinchi va rivojlanish sur’ati bo‘yicha birinchi o‘rinda turadigan ommaviy blokcheyn tizimi hisoblanadi. Augur kraudfandingida investitsiyalarning o‘rtacha summasi 750 dollarni tashkil qiladi, lekin 1 dollar yoki hatto 10 sentlik minimal obunalarni tasavvur qilish ham unchalik qiyin emas. Dunyoda istalgan kishi – hatto aholining eng qashshoq qatlamlari va eng uzoq mintaqalar aholisi ham – fond bozorinig investoriga aylanishi mumkin.Augurrahbarlar jamoasining hisoblashicha, bashorat bozorlarining yagona amaliy chegarasi - tasavvurdir. Augurga istalgan shaxs yakuniy sanasi aniq bo‘lgan ma’lum bir bashorat e’lon qilishi mumkin.Augur kelajakdagi hodisalar – sport musobaqalari, saylovlar, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, mashhur kishilarning farzandlari kelajagini aniq bashorat qilish uchun foydalanuvchilarni mukofotlaydigan bozorlarni bashorat qilish uchun mo’ljallangan nomarkazlashgan raqamli platforma yaratadi. U qanday faoliyat ko‘rsatadi? Augur foydalanuvchilari qiymati u yoki bu natija ehtimoli bilan belgilanadigan bo‘lg‘usi hodisa natijasi aksiyalarini sotishi yoki sotib olishi mumkin. Agar ehtimol 50 ga 50 ni tashkil qiladigan bo‘lsa, aksiyalar xarid qiymati 50 sentni tashkil qiladi.Augur «ommadonishmandligi»ga – hodisaning natijasini ko‘p sonli odamlar guruhi bitta yoki bir nechta ekspertdan ko‘ra aniqroq aytib berishi mumkin deb hisoblaydigan ilmiy tamoyilga tayanadi. Boshqacha qilib aytganda, Augur bashoratlar aniqligini oshirish uchun bozor mexanizmidan foydalanadi. Avvalroq Hollywood Stock Exchange, Intrade va HedgeStreet (endi Nadex) kabi markazlashtirilgan bashorat bozorlari tashkil qilishga urinishlar ham bo‘lgan, lekin ularning katta qismi yopilib ketgan yoki yuridik va tartibga solish bilan bog‘liq muammolar tufayli umuman ishga tushirilmagan.Blokcheyn texnologiyasidan foydalanish bunday tizimni nisbatan chidamli, aniqroq, xatlar, majburlashlar va likvidlik muammosiga nisbatan barqaror qiladi. Augur platformasida hakamlar «referi» deb ataladi, ularning qonuniyligi esa ularning nufuzi bilan belgilanadi. «To‘g‘ri xulq-atvor uchun» - ya’ni ro‘y bergan voqea, saylov yoki o‘yin natijasi uchun – ko‘proq nufuz ochkosi yoziladi. Tizimda axloqiy me’yorlarga rioya qilish boshqa moddiy foydaga ham olib keladi: foydalanuvchida qanchalik ko‘p nufuz ochkosi bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bozorlar tashkil qilishi va ko‘proq pul ishlab topishi mumkin. Augur ta’kidlashicha, «bizning bashorat bozorlarimiz boshqa tomon bilan, markazlashtirilgan serverlar bilan bog‘liq risklarni bartaraf qiladi hamda kriptovalyutalar, jumladan, blokcheyn, ether va barqaror kriptovalyutalarni qo‘llagan holda global bozorni shakllantiradi. Barcha mablag‘lar smart-shartnomalarda saqlanadi, pullarni o‘g‘irlab bo‘lmaydi». Augur huquqbuzarliklarga nisbatan nolga teng bo‘lgan sabr-toqatni joriy qilib, noaxloqiy shartnomalar muammosini ham hal qiladi.Bashorat bozorlari yakuniy hodisalarga stavkalardan manfaatdor bo‘lgan investorlar uchun foydali, masalan: «IBM daromadi bu chorak hech bo‘lmasa 10 sentga o‘sadimi?» Hozir korporativ foydaning dastlabki bahosi – bir nechta ekspert tahlilchilar bashoratlarining o‘rtacha yoki mediana qiymati, xolos. «Omma donishmandligi»dan foydalanib, biz kelajak uchun realistik bashorat qilamiz, bu esa bozorlarni yanada samarali qiladi. Bashorat bozorlarianomal hodisalar va global noaniqlikka qarshi xedjirlash uchun hizmat qilishi ham mumkin. Bashorat bozorlari butun dunyo bo‘ylab investorlarni ertaroq xabardor qilish tizimi sifatida xolisona ishlashi ham mumkin.Bashorat qilish bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi.Albatta, bashorat bozori hamma joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan barcha turlari va funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq, piring qarorlari taklif qiladigan va ishonchli, shaffof, funktsiyalari bir-biriga kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga joy topa oladimi, yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasining bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy moliyaning mustahkam o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan to‘xtagan infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi landshaftini o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat industrial davrning pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish taklifi bilan jalb qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv dasturlari yaratish muammosi ustida ishlamoqda. Google dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va bu masalani tadqiq etishga kompaniya juda ko‘p mablag’ va inson resurslarini sarflaganiga ajablanmasa ham bo‘ladi.Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor. Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib, ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - anonim) yoki soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq savollar (ha/yo‘q) berishni o‘rganishi lozim: «Siz odammisiz?», «Amaliy matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++ dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?» Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar taqdim etish shartlarini tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi. Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas, majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish mumkin bo‘ladi, guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmaydi. Shubha va ishonmaslik yangi odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan. Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatadi. Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga ochilish va o‘z sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Consensys (kelishuv), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida ham turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin, chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi blokcheynda bajariladi. Smart-shartnomalar haqida tushuncha Moliya-kredit tizimidagi o‘zgarishlar sur’ati smart-shartnomalar paydo bo‘lishiga va uning tobora ko‘proq ishlatilishiga hizmat qilmoqda. Hozir ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda. Blokcheynga asoslangan smart-shartnomalarda tranzaksiyalarni qayd qilish masalasiga keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha qog‘oz shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf Nik Sabo aytib o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (xususan, til bilan bog‘liq bo‘lmagan sensorik axborot) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega hisoblanadi ham. Smart-shartnomalar axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarni esaavtomatik tarzda qabul qilishi ham mumkin. Sabo ta’rif berishicha, «raqamli intellektual media hisob-kitoblarni amalga oshirishi, bevosita mashinalarni boshqarishi va ayrim mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq bajarishi mumkin». Ushbu muhokamada biz smart-shartnoma deganda, odamlar va tashkilotlar o‘rtasida qayd qilingan bitimlarni kafolatlaydigan, nimalarnidir bajarishga ruxsat etadigan va ularni ijro etadigan intellectual kompyuter dasturlarini tushunamiz. Shunday qilib, smart-shartnomalar ushbu bitimlrani muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu atamani 1994 yil, birinchi web-brauzer, Netscape bozorga chiqqan vaqtda taklif etgan edi.Smart-shartnoma–shartnoma shartlarini ijroga keltiradigan kompyuterlashtirilgan aqlli tranzaksiya protokolidir. Smart-shartnomalar sxemasining asosiy maqsadlari–umumiy muayyan shartlarni qondirish (masalan, to‘lov shartlarini, garov huquqlarini, mahfiylikni, hatto sanksiyalar kabi shartlarni ham), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli vositachilarga ehtiyojni pasaytirishdan iborat. Bunday kontraktlar o’zaro bog‘langan iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi, firibgarlik tufayli yo‘qotishlarni minimallashtiradi, arbitraj va majburiyatlarni majburiy ijro etish harajatlari va boshqa tranzaksiya harajatlarini pasaytirishni o‘z ichiga oladi.Smart-shartnoma g‘oyasi tajribaga asoslanmagan, sinalmagan bo‘lib ko‘ringan bir paytda hech qaysi mavjud texnologiyalar uni Sabo tavsiflaganidek amalga oshirishga imkon bermagan bo‘lardi. Strukturalangan axborotni sotuvchilar va xaridorlar kompyuterlari orasida uzatish uchun standartlarni ta’minlaydigan elektron ma’lumot almashinish (EDI Elektronic Data Interfeys) kabi kompyuter tizimlari bo‘lgan, lekin hech qanday raqamli texnologiya bungacha qadar real to‘lovlar bilan ishlash tashabbusi bilan chiqmagan va bevosita pul mablag’lari almashinishni amalga oshira olmagan.Bitkoyn va blokcheyn tizimi bun xolatni tubdan o’zgartirib yubordi. Endi tomonlar o’zaro bir tomonlama yoki ikki-uch tomonlama bitimlar tuzishi va bitim shartlari bajarilgandagina bitkoinlarni avtomatik ravishda sotishi mumkin. Oddiy misol: agar siz akangiz billan xokkey o‘yini natijasi borasida garov boylashgan bo‘lsangiz, u to‘lovdan qochib qola olmaydi. Murakkabroq misol: agar siz aksiyalar xarid qiladigan bo‘lsangiz, bitim darhol tartibga solinadi va aksiyalar shu ondayoq sizga o‘tkaziladi. Yanada murakkab bir misol: pudratchi tadbirkorga mos keladigan daturiy kod jo‘natishi bilan u avtomtik ravishda to‘lov oladi. Cheklangan smart-shartnomalarni amalga oshirishning texnologik vositalari hozirda mavjud va bir qancha platformalarda ishlab ham turibdi. Demak, bunday smart-shartnomalar –uni amalga oshirishning qonuniy yo‘li bilan avtomatik ravishda ta’minlanadigan, shartnoma shartlarini intellectual ravishda avtomatik holda bajara oladigan, blokchyn tarmoqlarida mavjud bo’lgan hamda dastlabki muhokama va sinovdan o‘tgan virtual qiymatlar almashinishiningaqlli elektron texnologiyasidir, desak yanglishmaymiz. 2.4. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan ochiq tarmoq korxonalari tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish imkonini beradigan biznes-arxitekturalar yaratishi mumkin.Blokcheyn texnologiyasi «Vikinomika» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznes-modellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smart-shartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib chiqamiz. Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar –mahsuldorlik bo‘yicha hattoki eng yirik va yaxshi moliyalashtiriladigan korxonalardan ham ustnlik qiladigan innovatsion loyihalar, ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot va «Vikipediya» tavsif bergan turli joylarda tarqoq holda joylashgan minglab ko‘ngillilardir. Jamiyat a’zolari ularda xobbi sifatida, muloqot qilish yoki o‘z qadriyatlarini ifodalash uchun yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishtirok etadilar. Nufuz tizimlari vaboshqa stimullar mavjudligi tufayli, blokcheyn texnologiyasi ularning samaradorlikni oshirishi va yaratilayotgan qiymati uchun kimlarnidir mukofotlashga qodir bo’ladi.Bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyatlari, Garvard professori Yoxay Benklerning iborasiga ko‘ra, «umumiy axborot makonidan foydalangan holda birgalikda bir rangdgi ishlab chiqarish» taqdim etishlari mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataladigan bu tizim (bu hamBenkler atamasi) shuni ko‘zda tutadiki, mahsulotlar va hizmatlar iqtisodiyotning xususiy sektori doirasidan tashqarida yaratiladi va ular bironta korporatsiya yoki shaxsga tegishli bo‘lmaydi. Ko‘p sonli misollar orasida - Linux operatsion tizimini (hech kimga tegishli emas, lekin hozirda dunyoda eng yaxshi operatsion tizim hisoblanadi), «Vikipediya» ni (Wikimedia Foundation ga tegishli) va Firefox web-brauzerini (Mozilla Foundationga tegishli) keltirish mumkin. Bir rangdagi ishlab chiqarish shuningdek, qatnashchilar nimanidir jamoaviy ravishda ishlab chiqarishi uchun ijtimoiy o‘zaro aloqa qiladigan, lekin ularning mehnat natijasi jamoat korxonasiga tegishli bo‘lmagan xususiy sektordagi faoliyatni ham tavsiflashi mumkin.Bir rangdagi ishlab chiqarish biznes-model sifatida ikkita sababga ko‘ra muhimdir. Birinchidan, ba’zida bir rangdagi qatnashchilar ko‘ngilli ravishda tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha jamoaviy faoliyat bilan shug‘ullanadilar, korporatsiya esa bu ishda kurator funksiyalarini bajaradi va tijorat foydasini qo‘lgakiritadi. Masalan, o‘quvchilar Reddit munozaralar platformasi kontentini yaratadilar, lekin unga egalik qilma olmaydilar. Reddit –AQSHda trafik hajmi bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadigan web-sayt. Ikkinchidan, bunda kompaniyalartashqi mehnat resurslarining keng fondlariga murojaat qiladi. IBM kompaniyasi Linux tarafdoriga aylandi va Linux hamjamiyatiga yuzlab million dollar turadigan dasturiy ta’minot hadya qildi. Natijada, IBM o‘z tizimlarini ishlab chiqish uchun yiliga 900 million dollar tejab qoldi, hamda dasturiy ta’minot va hizmatlar ko‘p milliardlik biznesini yo‘lga qo‘ygan platforma yaratdi.Blokcheyn texnologiyasiqatnashchilarga hamjamiyatga samarali hissa qo‘shish uchun rasmiy nufuz tizimi ishlab chiqish imkonini beradi. Odobsiz xulq-atvorga to‘sqinlik qilish uchun qatnashchilardan umumiy fondga kichik miqdorda kirish badali talab qilinishi mumkin. Badal miqdori jamiyat faoliyati qo‘shilgan hissadan kelib chiqib, o‘sishi yoki kamayishi mumkin. Korporativ hamjamiyatlarda qatnashchilarular yaratadigan qiymatda ishtirok etishi va qo‘shgan hissasi uchun to‘lov olishi mumkin, smart-shartnomalar esa bunda tranzaksiya harajatlarini pasaytiradi va firma chegaralarini ochadi.Umuman olganda,birgalikda bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyat qiymat yaratish va yangi tarmoq modellari markazidan o‘rin topadi. Aksariyat tarmoqlarda innovatsiya yakuniy mahsulot yaratish uchun muntazam birlashadigan intellektual mulk va yirik mutaxassislar fondi hamda korporativ va xususiy qatnashchilar tarmoqlariga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lmoqda. IBMLinuxni qo‘llab-quvvatlagani kabi, firmalarbirgalikda yoki jamoaviy mehnat bilan qiymat yaratish uchun ochiq boshlang‘ich kod tashkil qiladigan tarmoqlarga ham kirishlari mumkin. Internetning birinchi avlodida ko‘plab intellektual mulk yaratuvchilaro’z ishlari uchuntegishli mukofotlar olmaganlar. Musiqachilar va dramaturglar, jurnalistlar va fotograflar, rassomlar, modelerlar, olimlar, me’morlar, muhandislar, ovoz yozish kompaniyalari, nashriyotlar, galereyalar, kinostudiyalar ko’pchilik hollarda universitetlar va yirik korporatsiyalarga bog‘langan bo‘lib, ularmualliflardan intellektual mulk huquqlarini o‘zining intellektual mulkida tobora kichik qiymat ulushi evaziga o‘z huquqlarini berishni talab qilgan.Blokcheyn texnologiyasiintellektual mulkyaratuvchilarga uning uchun qiymat olishga imkon beradigan yangi platforma taklif qiladi. Haqiqiylik, holat va mulk sertifikatlarini o‘z ichiga oladigan san’at asarlari raqamli reestrini tasavvur qiling. Ascribeyangi startapi rassomlarga mustaqil ravishda raqamli asarlarni tarmoqqa yuklash, yakuniy versiyani qayd etish va ularni shu tariqa uzatishga imkon beradiki, ular bitkoin kabi bir to‘plamdan boshqasiga o‘tib turadi. Bu shubhasiz, mualliflik huquqlari uchun ulkan o‘sishdir. Yangi texnologiya intellektual mulkuchun tegishli bo‘lgan muammoni raqamli huquqlarni boshqarishning mavjud tizimlaridan foydalangan holda yaxshiroq hal qilishga imkon beradi va natijada rassomintellektual mulkini qaerda va qachon e’lon qilishni o‘zi hal qilishi mumkin bo‘ladi.Blokcheyn asosidagi ishonch protokolishirkatlar – umumiy maqsadlarni ko‘zlaydigan qatnashchilar jamoasi tomonidan tashkil qilinadigan va nazorat qilinadigan mustaqil uyushmalar tashkil bo’lishiga turtki beradi.«Uberni birgalikdagi iste’mol iqtisodiyoti kompaniyasi deb atash – bema’nilikdir, - deydi Garvard professori Benkler. –Uberiste’molchilar uchun tashuvlar qiymatini pasaytiradigan biznes yaratish uchun mobil texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalandi. Bu uning yagona va yiriq yutug‘idir». Devid Tikollning izoh berishicha: «Birgalikda foydalanish deganda, biz odatda moliyaviy tranzaksiyalar emas, balki pulsiz almashinishni tushunamiz. Bu xuddi bolalar o‘yinchoqlarini almashganidek bir amaldir. Afsuski, bu hozir asta-sekinlik bilan yo‘qotilmoqda». Uning fikriga ko‘ra, «nimanidir birgalikda foydalanish bu – odamlar va boshqa turlar vakillari millionlab yillar davomida, homilador bo‘lishdan boshlab, ne’matlar almashinishi uchun ishlatilib kelingan asosiy usuldir. Garchi ayrim internet-kompaniyalarto‘liq ma’noda moddiy va ma’naviy ne’matlardan birgalikda foydalanishni haqiqatda qo‘llab-quvvatlasada, boshqalari birgalikda foydalanish iqtisodiyoti atamalari va ijtimoiy munosabatlarni tijoratlashtirishni o‘zlashtirib olgan, xolos».Birgalikda foydalanish iqtisodiyoti kompaniyalarining aksariyati aslida agregatorlar deb hisoblanadilar. Ular ta’minotchilarning bo‘sh zahiralarini (avtomobil, asbob-uskunalar, bo‘sh xonalar, ta’mirlash uskunalari) markazlashtirilgan platforma orqali sotish istagini agregatsiyalaydi, so‘ngra ularni qayta sotadi, bu vaqt mobaynida esa keligusda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun qimmatli axborot to‘playdi.Uberturidagi kompaniyalarhizmatlarni keng ko‘lamli agregatsiyalash va distributsiyalash uchun o’ziga hos yechim topgan. Airbnbmehmonxonalar bilan, LyftvaUber – taksi va limuzinlar ijarasi bilan, Zipcar (to uniAvis xarid qilgunga qadar) – an’anaviy avtomobillar ijarasi bilan raqobat qilgan.Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi kichik mehmonxonalar, taksi va ustalar hizmati kabi mayda, an’anaviy mahalliy hizmatlar tarqalishini globallashtirdi. Raqamli texnologiyalar yordamida ular ko‘chmas mulk (kvartiralaradgi xonalar), yo’lovchilar tashish (taksi) va odamlar to’liq bo’lmagan shakldagi ishga joylasjtirish (pensionerlar va doimiy ishga ega bo‘lmagan, lekin ishga layoqatli kishilar) kabi vaqtinchalik foydalanilmayotgan resurslarga ulanadi.Ehtimol, blokcheyn texnologiyasibizni birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotidan bo‘sh turgan quvvatlarni ijaraga berish va ulardan foydalanishni o‘lchash mumkin bo‘lgan o‘lchash iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin. Masalan, uy egalari elektr uskunalar, mayda qishloq xo‘jalik texnikasi, baliqchilik anjomlari, duragdorlik asboblari, garaj yoki avtomobillar qo‘yiladigan joyni umumiy foydalanishga rozilik bildiradigan birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotini amalga oshirish usuli yuzaga kelar.Ushbu sohalardagi muammolaridan biri, uzoq vaqt davomida shundan iborat ediki, bunday resurslar sohiblari jamoat uchun ko‘plab tashvishlar tug‘dirar edi. «AQSHda 80 million drel (parmalash uskunasi) bor va ularning har biridan shuncha vaqt ichida o‘rtacha 13 daqiqa foydalaniladi, –deb yozadi «Nyu-York tayms» da Airbnbbosh direktori Brayan Cheski. –Shunday ekan, har bir kishi uyiga drel sotib olishi uchun ehtiyoj bormikan?»Biroq blokcheyn texnologiyasi amalda nolga teng bo‘lgan harakatlar talab qiladigan ortiqcha resurslarni – simsiz ulanish nuqtalarini, kompyuterlarning hisoblash quvvatlarini yoki qattiq diskdagi bo‘sh joylarni, uyali aloqa telefoni orqali puli to‘lab qo‘yilgan ortiqcha daqiqalarni, hattoki o‘zining professional ko‘nikmalarini ijaraga berishga imkon yaratadi– yana shunisi ham borki, bularning barchasi uchun hattoki barmoqni qimirlashtish ham talab etilmaydi, qaergadir begona odamning oldiga borish va keyin qaytib kelish haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. Siz sayohat qilayotgan payt Wi-Finuqtasini ijaraga berib, undan foydalanilgan har bir soniya uchun arzimagan chaqa olishingiz mumkin. Bunda sizni faqat o’zingizning tasavvuringiz (istiqbolda esa - qonunchilik ham) chegaralaydi, xolos. Sizning obunalaringiz, jismoniy makon, energiya manbalari qismlab boshqa tomonga berilgan va undan mikroto‘lovlar shaklida pul olgan holda daromad manbaiga aylanishi mumkin. Sizdan faqat tomonlar o‘zaro tranzaksiyalarni havfsiz va ishonchli amalga oshirish uchun nomarkazlashgan uzatish protokoli talab qilinadi, xolos. Bu platformalar istalgan aktivlarga «litsenziyalash» huquqini beradi. Sizdan faqat boshqalarga ulanish va foydalanish huquqini berish, qay darajada istagingizni hal qilish – hatto boshqalarga sizning aktivlaringizdan foydalanishga ruhsat bermalsik huquqi ham beriladi va buning uchun qandaydir narx belgilash so‘raladi, holos.Korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik infratuzilmasini yangi biznes va qiymat yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamiyatlar yoki tashqi foydalanuvchilarga ochib bergandagina qandaydir platformalar yaratadilar. Bunda mumkin bo’lgan variantlardan yana biri–ishlabchiqaruvchi iste’molchilardir. Mijozlar innovatsiyasi dinamik dunyosidaishlab chiqaruvchi-iste’molchilar yangi avlodi o‘zining «buzib kirish huquqi»ni bor narsa deb qabul qiladilar. Blokcheyn texnologiyasi «ishlab chiqarish-iste’molchi» biznes modelini yaratishga imkon beradi. Nikekrossovkalari taqsimlangan registrda axborot hosil qilishi va saqlashi, o‘z navbatida, uni Nikeva oyoq kiyimini kiyib yurgan shaxs smart-shartnomaga muvofiq pulga aylantirishi mumkin. Agar foydalanuvchi krossovkadagi smart-tarkibiy qismlarni ishga tushirish yoki ularni puls o‘lchagich va qondagi glyukoza darajasini o‘lchash kalkulyatori yoki Nike uchun qimmatli bo‘lgan har qanday axborot to‘plash vositasi kabi boshqa qurilmalar bilan sinxronlashtirishga rozilik beradigan bo‘lsa, Nikeu sotadigan har bir juft oyoq kiyimidan aksiyalarning juda kichik bir ulushini taklif qilishi mumkin.Ayrim platformalarkompaniya mijozlari bilan birgalikda mahsulotlar yaratishga qaror qiladigan iste’mol hamjamiyatlaridan farq qiladi. Ochiq platformalarkompaniyalarga yangi biznes yaratish yoki platformaga qiymat qo‘shish uchun kengroq imkoniyatlar taklif qilishga imkon beradi.Blokcheyn standart umumiy shartnomalar va standart umumiy ma’lumotlar to‘plami (ochiq interfeyslar) taqdim etishni eng yaxshi tarzda ta’minlaydi. Blokcheyn platformalar yaratishni soddalashtirishi va arzonlashtirishi mumkin. Bu hali jarayonning boshlanishi, holos. Eng yaxshisi, blokcheynning umumiy ma’lumotlar to‘plamiaxborot shaffofligi va mobilligini ta’minlash uchunhizmat qiladi, ya’ni, iste’molchilar va ta’minotchilar eng yaxshi shartlarni o’zlari tanlab olishlari mumkin. Shuningdek, elektron ijorat kompaniyalari an’anaviy kompaniyalarning resurslaridan foydalanish o‘rniga o‘z platformalarini yaratib, blokcheynda teng huquqlar bilan ishlashlari ham mumkin.Kelajak avtomobilini tasavvur qiling. U barcha axborotlar oqimlari bilan ishlay olishi, avtomobilning aqlli qismlari esa – tranzaksiyalarni amalga oshira olishi va bunda pul o‘tkazishi mumkin bo‘lgan blokcheyn asosida ishlashi kerak bo‘ladi. Bunday ochiq platformada minglab dasturchilar va korxonalar sizning avtomobilingiz uchun shaxsiy ilova va dasturlar yaratadilar. Tez orada bunday platformalar butun boshli tarmoqlarni - masalan, moliyaviy hizmatlar sektorini - turli moliyaviy tranzaksiyalar va qiymatlar almashinishni blokcheyn yordamida tartibga solgan holda tubdan o‘zgartirib yuborishlari mumkin. Jahondagi eng yirik banklar va konsorsiumlar allaqachon bu g‘oya ustida ishlashni boshlab yuborishgan. Obrazli qilib aytganda, raqamli elektron platformalar – sizning omad kemalaringizni yuqoriga ko‘taradigan havo oqimidir.O‘ziga xos va murakkab vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislarni izlayotganlar ularni topish uchun o‘zlarining talablari haqida registrga xabar berishlari mumkin. Endi InnoCentive o‘rniga nafaqat foydalanuvchilarning mobil elektron shaxsni, balki potentsial yo’llovchilar haqida ularga mos keladigan va tog‘ri bo’lgan qo‘shimcha axborotlardan iborat bo‘lgan mobil rezyumeni ham shakllantiradigan blokcheynnitasavvur qilib ko‘ring. Hech kimga tegishli bo‘lmagan va shu bilan bir paytda barchaniki sanalgan ko‘nikmalar taqsimlangan ro‘yxatini tasavvur qiling.Endilikda blokcheyn texnologiyasi va ochiq boshlang‘ich kodlar kutubxonasi birgalikda har qanday kompaniya uchun yangi biznes qiymatlari yaratish, innovatsiyalar va bir qancha vazifalarni hal qilish uchun makon taqdim etishi mumkin.Blokcheyn va dasturiy ta’minot omborlari blokcheynlar asosida bunday faoliyatni oziqlantiradi. Kompaniyalar endi to‘lov tizimlari sifatida ularga kiritilganEthereum blokcheynikabi yangi va kuchli platformalar hamda dasturlash tillardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.Turli tarmoqlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratgan holda moddiy ob’ektlar tayyorlash, ularning loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun global ekotizimlarning rivojlanishini rag‘batlantirishi va shu tariqa birgalikda bir rangdagi ishlab chiqarishning yangi bosqichini yaratish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin. Bu yerda asosiy masala va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga oshirishdan iboratdir. Zamonaviy samolyotlar «saf bo‘lib uchadigan mustaqil elementlar jamlanmasi» deb atalishi kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlardaajralish va hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish etadilar. Individual buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadidahuddi blokcheyn kabi, 3D-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari inson hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi metama’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab chiqarish chegaralarini misli ko’rilmagan darajada kengaytiradi.Bu texnologiyalar tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (va boshqa tana a’zolariga) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori-darmonlar berilmagan, ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydilar. Hech kim har bir molning biografiyasini yozib o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan bifshteks pishiramiz, lekin uning «ishonchli» ekanligini tekshirish uchun esa qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab bifshtekslar sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati blokcheynda nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda jonivorning DNKga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch o‘lchamli qidirish imkoniyatlari foydalanuvchiga jonivor tarixini bilish va parrandalarni to‘liq miqyosda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni DNK asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan murakkab (lekin qo‘llash oson bo‘lgan) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi. Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha o‘zgartirib yuboradi. Facebook_at_Work'>Jive, IBM Connections, Microsoft Yammer, Google Apps for Work va Facebook at Work kabi mahsulotlar innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va unumdorlikni oshirish uchun qo‘llaniladi. Ijtimoiy dasturiy ta’minot tez orada mahsulot ishlab chiqishdan tortib, kadrlar siyosati, marketing, servis va sotuvgacha bo‘lgan biznes-operatsiyalarning har bir elementi uchun hayotiy muhhim vositaga –ma’lum ma’nodayigirma birinchi asr tashkiloti uchun yangi operatsion tizimga aylanadi.Biroq hozirdagi texnik va dasturiy vositalar to‘plami aniq cheklovlarga ega, blokcheyn esa bu texnologiyalarni yangi sifat darajasiga ko‘taradi. Blokcheynda korporativ ijtimoiy tarmoq qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkinligi masalasini ko’rib chiqamiz. Korporativ Facebookni (yoki boshqa istalgan ijtimoiy tarmoqni) tasavvur qiling. Aytish mumkinki, mobil profil – sizning hisob qaydingiz yoki ejektron shaxsdir. Facebook hisob qaydidan farqli ravishda, hamyon bir qator funksiyalarga ega bo‘lib, turli xildagi shaxsiy va professional axborotlarni, shuningdek, boyliklar, shu jumladan, pulni saqlaydi. Bundan tashqari, unga faqat siz ulanish imkoniga ega bo‘lasiz va o‘zingiz istagan axborotni ochib berishingiz mumkin bo‘ladi.Albatta, bu yerda reklama –uchinchi tomonlar yoki sizning HR-bo‘limining ijtimoiy paket tarkibidagi ochiq to‘plamyoki o‘zgartirilish haqida e’lonlar bo‘ladi, lekin siz ularni ko‘rib chiqqaningiz tufayli, daromad yoki boshqa bir mukofot olasiz. Bu ko’pchilik tomonidan «e’tibor bozori» deb ataladi. Siz reklamani tomosha qilish yoki u bilan aloqa qilish uchun,yangi reklama kampaniyasida ishtirok etish uchun, robot emaslgingizni tasdiqlash yoki skaner qilingan hujjatlarni kiritish uchun mikrokompensatsiya olasiz. Yangiliklar oqimi, nashrlar tizimi vae’tiborbozori o‘xshashib ketadi, lekin ularda to‘lovlar turlicha usulda amalga oshiriladi.Tajribaning ko‘rsatishicha, raqamli davrda g‘alaba oxir-oqibat qiymat (boylik) ortida qoladi. Taqsimlangan foydaning afzalliklari foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun bir talay. Ijtimoiy media kompaniyalari resurslarning juda katta ekanligiga qaramay, ularda ochiq muhitda ishlab chiqish mumkin bo‘lgan funksionallik xilma-xilligining cheki yo‘q. Yopiq formatli operatsion tizimlar bilan Linux muvaffaqiyatlari va kuchini taqqoslang. Blokcheyn texnologiyalari havfsizlikni ham ta’minlaydi. Sizning hayotingiz siz istagan darajada maxfiy bo‘ladi. Hech qanday ijtimoiy tarmoqsizning axborotingizni sizning ruxsatingizsiz davlatga sota olmaydi yoki uning chiqib ketishiga yo‘l qo‘yishi mumkin emas. Agar siztotalitar davlatda dissident bo‘lsangiz, sizning tarmoqda yozayotgan yoki o‘qiyotgan narsalaringizni hech kim kuzata olmaydi. Siz o‘z axborotingizga ega ekanligingiz sababli, e’tiboringiz va harakatlaringiz bilan birga uni monetizatsiya qilishingiz ham mumkin bo’ladi. Kompaniyalar ham o‘z xodimlarinng bunday platformalardan biznes uchun foydalanishini rag‘batlantirishi lozim. Qimmatli kadrlarni jalb qilish uchun kompaniya xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari va havfsizlikka hurmatini va korporativ odob-axloqni namoyish etishi lozim. Yana ham muhimi, tarmoq tuzilmasiga ega bo‘lish va tashqaridan mutaxassislar jalb qilish bilan birga, har bir firma hamkorlar ularga ishonadigan bir nechta korxonalar birgalikda ishlashi uchun platformalar taklif qilishi ham mumkin. Bularni qanday tarzda amalga oshishini esa albatta barcha narsaga qodir bo’lgan vaqt ko‘rsatadi. Umuman, tarmoq tuzilmasiga ega bo‘lganochiq kompaniyalar innovatsiyalarni rag‘batlantirish hamda aksiyadorlar, mijozlar va butun jamiyat uchun sifatli boylik yaratish imkoniyatlaridan foydalanish uchun katta va radikal salohiyatga ega bo‘ladi.Texnologiya bozordagi harajatlarni pasaytirishda davom etadi, bas shunday ekan, korporatsiya doirasida kamida faqat dasturiy ta’minot va kapital qolishini tasavvur qilish mumkin.Birinchidan, «qidirish» harajatlari pasayishda davom etadi, yangi agentlarmavjud yoki qachonlardir mavjud bo‘lgan barcha tijorat axborotlarini Global Registr bo‘yicha uch o‘lchamli qidirishni amalga oshirishi mumkin. Shu sababli korporativ arxivlar, axborot bo‘yicha mutaxassislar, personal tanlash bo‘yicha mutaxassislar va biznes uchun zarur axborot xarid qilish bilan shug‘ullanadigan boshqa mutaxassislarga zarurat qolmaydi.Ikkinchidan, smart-shartnomalarshartnoma tuzish harajatlarini, shartnomalar bajarilishini va to‘lovlar o‘tkazilishi ustidan nazoratni sezilarli darajada pasaytiradi. Qog‘oz shaklidagi hujjatlarga ehtiyoj sezmaydigan bu dasturlar shablonlar tizimi orqali shartlarni ifodalaydi, tashqi manbalardan to‘plangan keng axborotlar va qoidalar to‘plami asosida axborotni muhokama qiladi, qabul qiladi yoki inkor etadi, ish natijalarini bajarishga va tranzaksiyalar amalga oshirishga talablarnibelgilaydi.Uchinchidan,

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin