Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva tashkilot doirasidan tashqarida bu resurslarning barchasini muvofiqlashtirish harajatlari sof nominal bo‘ladi –korxona dasturiy ta’minoti bajariladigan serverlarda ishlashiga elektrenergiyasi uchun to‘lovlar kerak bo’ladi, xolos. Korxona yollagan odamlar, tashkilotlar va zavodlarni boshqarish uchun byurokratiya tizimi talab etilmaydi. Yangi platforma yordamida mijozlar uchun qiymat va mulkdorlar uchun boylik yaratishga an’anaviy menejment yoki ierarxiya umuman yoki deyarli talab qilinmaydigan yangi tashkilotlarni tasavvur qilish unchalik qiyin emas. Va nihoyat, ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish harajatlarni nolga yaqinlashtiradi. Ishonch tashkilotga emas, blokcheyn ishini ta’minlaydigan ko‘plab odamlarning birgalikdagi ommaviy ishlariga, dasturiy kodni tekshirish va havfsizlik hamda funksionallikka bog‘liq bo‘lib qoladi. Taqsimlangan mustaqil korxonani qanday tashkil qilish mumkin? Bunday kompaniyakeng funksionalga–oldindan belgilangan reglament asosida ma’lum doiradagi vazifalarni yoki kengroq biznes-funksiyalarni bajaradigan agentlarga ega bo‘lishi lozim. Individual shaxslar, potensial aksiyadorlar yoki foydalanuvchilarning jamoalari yoki tashkilotlar quyidagi ko‘rsatkichlarni belgilagan holda bunday korxonalar ochishlari mumkin: 1. qiymatga yo‘naltiriganlik: dunyoni o’zgartirish va qiymat yaratish yoki uni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tushunish. 2. bajarishi lozim bo‘lgan vazifa: tashkilot mavjudligidan qanday ma’no kutiladi? Bu korxonani nima uchun tashkil qilyapmiz? 3. konstitutsiya: tashkilotning umumiy maqsadlari va u qiymat yaratadigan qoidalarni tavsiflash lozim. 4. ish usullari: masalan, tashkilot qiymat yaratishda o‘zini qanday tutishi, u qanday moliyalashtirilishi (kraudfanding orqali, ilk bosqichda an’anaviy investitsiyalar orqali, foyda hisobidan), resurslarni qanday xarid qilish zarur. 5. mehnatning odamlar va mashinalar o‘rtasida taqsimlanishi: yaqin istiqbolda, aftidan, yaratilayotgan tizimda odamlar rahbarlik qilishi lozim. 6. dastur funksiyalari: korxona tashqi shartlar o‘zgarishini qanday aniqlaydi va ularga qanday javob qaytaradi.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 7. odob-axloq kodeksi: bu yerda «yovuzlik qilma»Googletamoyili bilan cheklnaib bo‘lmaydi. Taqsimlangan mustaqil korxonaga maqbul keladigan xulq-atvor aniq va ravshan ta’riflanishi kerak bo‘ladi. Ehtimol, yaqin kelajakdataqsimlangan mustaqil korxonalar hali-zamon paydo bo‘lmaydi, lekin ular ortida turgan kontseptsiya biznes-strategiyaga ta’sir etishi mumkin. Global pirring platformalari rivojlanishi bilanshaxsni tasdiqlash, ishonch asosida munosabatlar o‘rnatish, nufuz shakllantirish va tranzaksiyalar o‘tkazish uchun ko‘pchilikning muvaffaqiyatga erishishiga hizmat qilishi lozim bo‘lgan yangi firma tuzilmalarini yaratish mumkin. Yuqoridagilarni diqqat bilan o’qib chiqqan bo’lsangiz, siz boylikni demokratik ruhda taqsimlashni ta’minlaydigan va tarmoqni muvozanatdan olib chiqishga yordam beradigan yangi biznes-modellar haqida ancha narsalarni bilib oldingiz.Umuman olganda, uzoqni ko‘zlab ish yuritadigan kompaniyalarblokcheyn iqtisodiyotida ishtirok etishga harakat qiladilar. Rivojlanayotgan dunyoda qiymat yaratishni (tadbirkorlik tufayli) va qiymatda ishtirok etishni (kompaniyadagi taqsimlangan mulkchilik mexanizmi orqali) taqsimlash mexanizmi muvaffaqiyatga erishish paradoksini hal qilishga qodir deb o’ylaymiz.Alohida shaxslar yoki markazlashtirilgan vositachi-ilovalar emas, piring tarmoqlari qatnashchilari tomonidan jarayonlarni modernizatsiya qilish va avtomatlashtirish yuqorida qayd qilingan qator ustunliklar keltirishga qodir bo’ladi, shu jumladan: • tezlik o’sishi (boshdan-oxir avtomatlashtirish); • harajatlarning kamayishi (amalda bu cheksiz ma’lumotlar hajmini qayta ishlash markazlariga yetkazish bilan bog‘liq vabunda qimmatga tushadigan vositachilar istisno qilinadi); • foyda, natijaviylik va yoki unumdorlikni oshirish (ortiqcha resurslarni ulardan takroriy foydalanish uchun bo‘shatish); • samaradorlikni oshirish (kiritilgan nazorat reglamentlari va inson omilining ta’sirini pasaytiradigan boshqa protokollar); • axloqiylik va havfsizlikni oshirish (shaxsiy ishonch talab qilinmaydi, chunki ishonch tarmoq arxitekturasiga kiritilgan bo‘ladi);