Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə40/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki ulardan umuman voz kechish zarur. 3-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTNING ASOSIY TARKIBIY ELEMENTLARITAVSIFI 3.1. Maynerlar va ularning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyati Maynerlar, ya’ni kriptoiqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi (emissiya qiluvchi) sub’ektlar 2015–2018 yillarda bitkoin kursining o‘sishi hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018 yillarda keskin pasayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga qaramay,kriptovalyutalar yordamida potensial foyda olish imkoniyati borligi tufayli, ko’pchilik insonlar va kompaniyalar o’zlarning kompyuter resurslarini mayning sohasiga jalb qilishni hali ham davom ettirmoqdalar. Harajatlar, ayniqsa, elektr energiyasi harajatlari o‘sishi foyda olishni tobora qiyin vazifaga aylantirishiga qaramay, mayningdakompyuter quvvatlarining hayratlanarli tarzda o‘sishi kuzilmoqda. Bitkoin jamiyatining ayrim a’zolari mayningni – o’zlari uchun farovon hayot timsolideb hisoblanadilar va bunga ishonadigan kishilar yetarli darajada ko’p. Shunday qilib, mayning ayni damda «qurollanish poygasi» yoki «xeshreytlar urushi» bosqichida turibdi. Maynerlar bitkoin matematik masalalarini yechishda g‘olib chiqish uchun tobora yuqori natija beradigan superkompyuterlardan va algoritmlardan foydalanmoqdalar.Nazariy jihatdan blokcheyn faqat bitta bo‘lishi lozim va u asta-sekinlik bilan barcha tasdiqlangan tranzaksiyalarning uzluksiz, monolit qaydini yaratadigan xesh-aloqalar asosida shakllanadi. Vaqti-vaqti bilan blokcheynda ikkilanishlar paydo bo‘ladi: tashlangan – tugallanmagan yoki tasdiqlanmagan tranzaksiyalar bloki vujudga keladi. Boshqa maynerlar uni verifikatsiya qilishga urinadilar, lekin ba’zidauning qonuniyligi va unga o‘z bloklarini qo‘shib olish immkoniyatiga ishonchlari komil bo‘lmaydi. Biroqumumiy rozilikka asosan tashkil qilingan bitkoin tizimi zo‘r mahorat bilan ishlangani shundaki, bunday ikkilanishlar uzoq vaqt davom etmaydi. Axir maynerlar guruhlari eng uzun blokcheyn tarmog‘i qonuniy hisoblanadi degan taxmindan kelib chiqib, harakat qiladilar. Maynerlarning aksariyati, muayyan
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
blokcheyn tarmog‘i ustida birgalikda ishlab, uning qonuniyligini tasdiqlaydilar. Chunki ular ko‘pchilik maynerlar tomonidan tan olinmaydigan zanjirning kichik tarmog‘ini xato ravishda (yoki firibgarlik maqsadlarida) davom ettishga harakat qilib, ushbu kichik qismi ega bo‘lgan hisoblash resurslariga ega bo‘ladilar. Kattaroq hisoblash resursi shuni anglatadiki, unga ega bo‘lgan maynerlarning ko‘pchiligiko‘proq sonli kriptotangalar yutadilar va vaqt o‘tishi bilan uzunroq blokcheyn zanjirini quradilar. Bu holatni o‘z bloklarini bloklar raqamlari pastroq bo‘lgan va zanjirlari qisqaroq tarmoqlariga ulaydigan kompyuterlar darhol sezib qoladilar. Bu «adashgan» maynerlarkeyinroq zanjirning uzunroq tarmog‘iga o‘tib oladilar. Bloklar va tranzaksiyalarularni maynerlarning ko‘chiligi shunday hisoblagan holdagina qonuniy hisoblanadilar. Agarda alohida olingan bir mayner o‘z qo‘lida tarmoq hisoblash resursining 50%dan ortig‘ini mujassam etadigan bo‘lsa, muammo yuzaga kelishi mumkin. Shunday qilib, ochiq kodli dasturlar bilan ishlaydigan dasturchilar guruhi hozirgi paytda «egoistik mayning» va «51% hujum»dan himoya qilishning qo‘shimcha choralarini qidirish bilan mashg‘ullar. To‘g‘risini aytganda, bitkoin yaratilgan paytdan beri bunday turdagi hech qanday muttahamlik sodir bo‘lmagan. Satoshi Nakamoto yozganidek, «…agar qaysidir serg‘ayrat firibgar barcha maynerlarning hammasidan ko‘proq hisoblash resurslari to‘plashning uddasidan chiqadigan bo‘lsa, u tanlov oldida qoladi: o‘z bitkoinlaridan takroran foydalanish yoki uning yordamida yangi tangalar hosil qilish asnosida undan firibgarlik maqsadlarida foydalanish. Ehtimol, u qoidalar bo‘yicha o‘ynash foydaliroq deb qaror qilishi mumkin: bu unga barcha nayranglardan ko‘ra ko‘proq tanga keltiradi, nayranglar butun tizimni barbod qilishi va uning farovonligini yakson qilishi mumkin».Farovonlik darajasidagi farqning katta ekanligi Uoll-Stritlik «semiz mushuklar» nazorati ostidan chiqishga va «xalq valyutasi» sifatida vujudga kelgan kriptovalyutalar imidjiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tor doiradagi tanlanganlarga mansub bo‘lgan hukumat va moddiy farovonlik aslo jamoatchilikda ishonch uyg‘otmaydi. Albatta, dollar, evro va iena iqtisodiyotiham moliya va hukumatning markazlashuv darajasi kattaligi bilan ajralib turadi, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq esa 1930-yillar darajasiga

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin