Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə41/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yetdi. Biroq bu an’anaviy valyutalarjamoatchilikni o‘z tomoniga jalb qilishga muhtojlik sezmaydi. Kriptovalyutalar esa bu masalalar, halq va davlat orasidagi munosabat masalasining qandaydiryechimini taklif qilishi lozim, aks holda ularning kelajagi bo‘lmaydi. Ayrimlar mavjud infratuzilmaga tayanadi va unga kengroq aholi guruhlari ulanishi uchun imkoniyatni ta’minlash usullarini izlaydi. Ular kriptovalyutalarni aholining eng bebahra qatlamlari imkoniyatlarini kengaytirish uchun bir vosita sifatida ilgari suradilar. Kriptovalyutalar sohasida bunday loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqadigan hisoblash texnikasi bo‘yicha muhandislar ehtimol, bitkoin texnologiyasi kelajagini belgilashda ham yetakchi rol o‘ynaydilar. Chamasi, aynan ularning g‘oyalari ajoyib kunlarning bir kunida kriptovalyuta pul tizimining rivojlanishiga turtki beradilar va u shundagina kriptoiqtisodiyot texnologiyasi kelajakni harakatga keltiradigan asosiy kuchga aylanadi. Bitkoin kamchiliklarini muqobil kriptovalyutalar yordamida, masalan, turli ko’rinishdagi altkoinlar yordamida bartaraf etishga harakat qilinadi. Hozirgi paytda bunday bitkoin imitatorlarining bir necha yuzlab turlari mavjud. Ularning ko‘pchiligining kelajagi yo‘q, chunki ular tez boyib ketish niyatida yoki hazil tariqasida joriy qilingan. Biroq shundaylari ham borki, ular foydalanuvchilar guruhlarida kriptovalyutalarni taqsimlash sohasida o‘yin qoidalarini o‘zgartirishning ilg‘or yo‘llarini taklif qiladilar. Ularning asoschilari o‘z loyihalarini adolatliroq va yanada barqaror g’oya sifatida reklama qiladilar. Ular bitkoindan markazlashmagan tuzilmaning eng yaxshi xususiyatlarini olishadi, lekin bunda uning kamchiliklaridan, shu jumladan, «qurollanish poygasi», ortiqcha elektr energiyasi iste’moli, hisoblash resurslarini sanoat usulida markazlashtirishga intilishdan xalos bo‘lish imkoniyatlarini axtaradilar. Kriptovalyutalar raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangi o‘yinchilar bilan taqqoslaganda, asos soluvchi katta ustunlikka ega, shu sababli, ko‘pchilik ishlab chiquvchilartamomila yangi to‘lov tizimlari ishlab chiqish bilan shug‘ullangandan ko‘ra kriptovalyutalarning kamchiliklarini bartaraf qilgan ma’qul deb hisoblaydilar. Lekin shunga qaramay, muqobil kriptovalyutalarning eng yaxshi namunalari bitkoinga nisbatan kuchli va
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
potensial konstruktiv raqobatbardoshlikka ega, bu esa umuman kriptovalyutalarning yanada rivojlanishiga hizmat qiladi.Hozirgi kunda barcha muqobil kriptovalyutalar orasida Charli Li tomonidan ixtiro qilingan laytkoin eng muvaffaqiyatlilaridan biri sifatida tanilgan. Laytkoin muvaffaqiyatining siri maynerlar tomonidan tranzaksiyalarni bitkoinga kiritish uchun foydalaniladigan xeshirlash jarayonining boshqaroq amalga oshirilishdan iborat. Bundan tashqari, Li tizimi maynerlar orasidagi raqobatni ko‘rib chiqadi, lekin uning algoritm sifatida ma’lum bo‘lgan xeshlashtirish usuli maynerlarga bitkoin bilan taqqoslaganda, xeshing maqsadlariga erishishni biroz yengillashtiradi.Laytkoinning asosiy kamchligi - agar tarmoqda bir vaqtning o‘zida yetarli sondagi maynerlar bo‘lsmasa, «51%hujum» riskiortishi mumkin. Ayrim mutaxassislarni esa bu algoritm asosidagi valyuta mayningi kamroq himoya qilinganligi, «ishning isbotlari» unchalik ishonchli emasligi va nazariy jihatdan bu blokcheynga noto‘g‘ri tasdiqlangan soxta tranzaksiyalar kirishi ehtimoliga yo‘l qo‘yishi imkoniyatlari mavjudligi xavotirga soladi. Biroq hozirgi paytgacha laytkoin yirik omadsizliklardan qochib qolishga erishgan. Vaqt o‘tishi bilan u ekologik jihatdan havfsizroq bo’lishi va bitkoinning demokratik raqobatchisiga aylanishi mumkin.Algoritm asosidagi mayning bu – «51% hujum»ning oldini olish va bitkoin mayningini nomarkazlashtirish uchun yagona yechim emas. Ayrim muqobil kriptovalyutalar, jumladan, nextkoin va pirkoinlar resurslar sig‘imi va harajatlar katta bo‘lishini talab qiladigan «ish isbotlari – Proof of Work - PoW»ning o‘rniga «ulush isboti – Proof of Steak - PoS»dan foydalanadilar. Shunday qilib, maynerning avtomatlashtirilgan tarzda mukofot olishga imkoniyati ordadi. Agar «ulush isboti»ga to‘liq asoslanadigan nextkoin haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda tangalar topilmaydi, balki komissiyalar tufaylikriptovalyutalar «ishlab olinadi». Nextkoin iqtisodiyotidahar kungi tranzaksiyalarda foydalaniladigan kiptotangalar soni chegaralanadi. Ular oxirgi blokni chiqargan tugunga o‘tkaziladigan tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun komission to‘lovlar hosil qiladilar. Bitkoin bilan bog‘liq bo‘lgan holatdagi kabi, tranzaksiyalar blokini «muhrlash» uchun to‘g‘ri xesh tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi, biroq

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin